8-Mavzu: Inson psixikasining ontogenezda rivojlanishi Reja


Psixikaning ontogenezda rivojlanishi



Yüklə 25,04 Kb.
səhifə3/3
tarix24.12.2023
ölçüsü25,04 Kb.
#191368
1   2   3
8-Ma`ruza matni

Psixikaning ontogenezda rivojlanishi - inson tug‘ilgan vaqtidan boshlab voyaga yetgunga qadar murakkab psixik rivojlanish yoshidan o‘tadi. Agar bolaning tug'ilgan birinchi yilidagi psixikasini 5-6 yildan so‘nggi psixika bilan taqqoslasak, uning ma’lumot qabul qilishi nafaqat miqdorda, balki sifatida farq bo‘ladi.
Tashqi faoliyatni ichki faoliyatga ta’siri, aks etishi bu tashqi faoliyat oldindan mavjud bo‘lgan “rejalashtirilgan ong” ga ko‘chib o‘tishi degani emas; bu shunaqangi jarayonki unda o‘sha ichki plan (sistema) shakllanadi. Ong bu, bevosita subyektga ochiladigan olam manzarasidir, unda subyektning o‘zi ham, shuningdek, uning faoliyati va holati ham kiradi deb hisoblaydi Leontev.
Dastlab ong faqatgina subyektga atrofidagi olamni ochib beradigan psixologik ong va psixik rivojlanish sifatida qaraladi; keyingi bosqichlarda faoliyat ongning predmetiga aylanadi, bu bosqichda boshqa insonlarning harakatlarini, ulardan kelib chiqib esa subyekt o‘zining shaxsiy harakatlarini anglay boshlaydi. Natijada aql-idrokimizdagi, «rejalashtirilgan ong»dagi ichki harakatlar vujudga keladi
Ongning dastlabki xususiyatlari - bu idrok qilish va insonning bolalik vaqtidagi o‘zining shaxsiy harakatlari natijasida paydo bo‘lgan kechinmalaridir. Asta-sekin nafaqat harakat ta’siri, shuningdek, bolaning faoliyat jarayoni ham anglab yetiladi. Ongning o‘ziga xos rivojlanishida inson alohida harakatlarni bajarishidan, bir maqsadga qaratilgan, rejalashtirilgan faoliyatga o‘tadi. Shu holda, sergaklikning butun holati yaxlit “ong oqimi” yuzaga ke­ladi, bu bir faoliyatdan boshqa bir faoliyatga o‘tishini anglatadi.
Yüklə 25,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin