8-Mavzu: intellekt va kreativlik режа



Yüklə 22,99 Kb.
səhifə3/4
tarix10.01.2023
ölçüsü22,99 Kb.
#78820
1   2   3   4
8-Mavzu intellekt va kreativlik режа

Intellektni o`lchash metod va metodikalari. Intellekt sohasidagi buzilishlar. Ko`pgina mumtoz testlar shaxsning intellekt darajasini aniqlashda muhim rol o`ynab kelmokda. Bular qatoriga Stenford-Bine shkalasini keltirib o`tish mumkin. Stenford-Bine shkalasi qiziqarli topshiriq va masalalardan tuzilgan bo`lib, ular tekshiriluvchilarning yoshiga qarab taqsimlangandir. Biz quyida ana shu intellekt test so`rovnomalaridan namunalar keltiramiz va ularni sharhlab berishga harakat qilamiz.
I. 4 yoshli bolalar uchun (har bir vazifani bajarish vaqti 2 oy):

    • har xil uzunlikda kesilgan shakllar va ishlarni taqqoslash,

    • turli tipdagi shakllar o`rtasidagi farqlarni aniqlash,

    • 4 ta tanga pulni sanab chiqish,

    • kvadrat chiz va uni izohla, tushuntir,

    • berilgan savollarga to`g`ri, aniq va tushunarli qilib javob qaytarish talab etiladi, tashqaridan yordam berish man qilinadi, to`rtta raqamni to`g`ri va teskari sanash, takrorlash talab qilinadi.

II. 9 yoshli bolalar uchun (bajarish muddati 2 oy davomida):

  • bugungi kun, hafta, oy, yil nomlarini aytib chiqish, tushuntirish,

  • 5 ta jism yoki predmetni guruhlarga ajratish (belgisiga karab),

  • xariddan keyin qaytim berilishini izohlash,

  • 4 ta raqamni teskarisiga takrorlash,

  • berilgan 3 ta so`zdan gap tuzish (bola, dars, koptok),

  • uchta har xil so`zga qofiya tanlash.

Ma`lumki, har kanday psixologik testning diagnostik ahamiyati uning bir qancha umumiy talablarni qoniqtirishga bog`liqdir, jumladan, standartlashtirish, ishonchlilik, validlik. Ana shu talablarga suyangan holda Stenford-Bine shkalasini ham tahlil qilib chiqamiz.
Ushbu shkala tadqiqotchilari uchun har tomonlama yaxshi, qulay va ixcham qilib tayyorlangan. U barcha uchun tushunarli bo`lgan instruksiyaga va miqdoriy jihatdan natijalarni ishlab chiqish, hisoblash ishlamasiga ega. Testlarning har birida uni o`tkazish yo`llari, vaktning taqsimlanishi, tekshiriluvchilarga beriladigan og`zaki instruksiya va tegishli ko`rsatmalar, savollarni izohlash usullari batafsil aytib o`tilgan.
Stenford-Bine testi kattalar hamda uncha yuqori bo`lmagan sinaluvchilar uchun ishonchlidir. Lekin bolalik davridan tortib to o`spirinlik yoshigacha o`zgarib boradi. Masalan, ikki yarim yoshdan besh yoshgacha ishonchlilik koeffitsientlari 0,33 (140-149 ball bo`lganligi uchun) dan 0,91 (60-69 ball yiqqanlar uchun) gacha; 6 yoshdan 13 yoshgacha bo`lgan bolalar va o`quvchilarda ishonchlilik koeffitsientlari 0,91 (140-149 gacha ball to`plaganligi uchun) dan 0,98 (60-69. ball olganligi uchun) gacha o`zgarib turadi. Shuni alohida ta`kidlab o`tish joizki, Stenford-Bine testiga kiritilgan har bir savol, topshiriq testning oldindan belgilangan maqsadini ochishga yo`naltirilgan bo`lib, pirovard natijada mazkur savollar oldindan ko`zlangan maqsadni darhaqiqat aniqlab beradi.
Inson intellektual taraqqiyotidagi tezkorlik kutilmagan hodisalari nafaqat moddiy negiz xossalari bilan izohdanadi, balki idrok maydonining paydo bo`lishi, "sun`iy" tizimining vujudga kelishi, fazoviy aloqalar, biologik va psixologik imkoniyatlardan to`laroq foydalanish evaziga moddiy asosning ikkilanuvchi "tabiiy va sun`iy" manbalar va bosh omil ekanligini ta`kidlab o`tish maqsadga muvofiq.

Yüklə 22,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin