intellektual darajasi yuqori va ijodiylik darajasi past o’quvchilar maktabda
muvaffaqiyatga
intiladilar, lekin birovdan o’z sirlarini yashiradilar, o’zlarini
pasaytirib baholaydilar;
intellektual darajasi past va ijodiylik ko’rsatkichi yuqori o’quvchilar xavotirli,
e’tiborsiz, quyi ijtimoiy moslashuv bilan boshqalardan ajralib turadilar;
intellektual darajasi va ijodiylik ko’rsatkichi quyi o’quvchilar vaziyatga oson
moslashadilar, ijtimoiy intellektual darajasi yuqori, lekin sust sub’ektlar o’zlarini
to’g’ri baholaydilar.
SHunday qilib, ijodiylik jarayoni bilan intellekt darajasi o’rtasidagi
munosabat o’quvchilarning shaxsiy xislatlariga va ularning
moslashuv usullariga
ta’sir qiladi.
Stenberg va Gardnerlarning fikricha bir necha qobiliyat shaxsni omadli
bo‘lishiga olib kelishi mumkin.
Ijodiylik
mezonlaridan
biri
-
bu
nostandartlikdir.
E.P.Torrance
ta’kidlaganidek, noyob va original javoblar mohiyatan har doim ham mos
tushavermaydi. Ko’pincha tushunchalarning mazmunini asoslanmagan ravishda
aralashtirish holati ro’y beradi: ijodiy qobiliyat esa nostandartlik bilan bir xil deb
qaraladi, nostandartlik
originallik bilan, originallik esa sinaluvchilar guruhidagi
noyob javoblar bilan ayniy deb talqin etiladi. Nostandartlik originallik (o’ziga
xoslikka nisbatan kengroq tushunchadir [10].
Sternberg's Three Intelligences Robert Sternberg (1985, 1999, 2003) agrees
that there is more to success than traditional intelligence. And he agrees with Gard-
ner's idea of multiple intelligences. But he proposes a triarchic theory of three, not
eight, intelligences:
Analytical (academic problem-solving) intelligence is assessed by intelligence tests,
which present well-defined problems having a single right answer. Such tests predict
school grades reasonably well and vocational success more modestly.
Creative intelligence is demonstrated in reacting adaptively to novel situations and
generating novel ideas.
46
Ikkinchi mezon -
anglanganlikdir. Bu asnoda so’z
borganda sinaluvchi
tomonidan muammo yechimining anglanganligi nazarda tutiladi.
Intellektual testlar shaxsdan konvergent tafakkurni talab qiladi. Kreativ
testlar esa divergent tafakkurni talab etadi.
Kreativlik- bu birvaqtning o‘zida yangi va qadrli g‘oyalarni yaratuvchi
ijodkorlik qobiliyatidir.[410]
Sternberg va uning kasbdoshlari kreativlikning 5 komponentini ishlab
chiqishgan.
1. Shaxsdagi bilimning ko‘pqirraligi. Qo‘lga qiritgan bilimilarimiz
g‘oyalarimizning ko‘p bo‘lishining asosi hisoblandi.
Dunyoviy bilimilarimiz
qanchalik ko‘p bo‘lsa, psixikamizdagi bloklar ham shunchalik ko‘p bo‘ladi. Hayotda
muammolarni hal qilishda bilimlarimiz qanchalik ko‘p bo‘lsa, uni hal qilish
shunchalik oson bo‘ladi.
2. Tasavvuriy tafakkur narsa va hodisalarini yangidan ko‘rishga, ularni qayta
yaratishga va bog‘lashga imkon beradi. Muammoning asosiy elementini tasavvur
qilib uni o‘zlashtiramiz va uni yangi bosqichga olib o‘tamiz.
3. Tavakkalchilik- yangi ta’surotlarni qidirish. Buni ikki ma’noda ko‘rish
mumkin. Ya’ni birinchisi
tavakkal va muammoni engib o‘tishdagi
qat’iylikda deb
ko‘rish mumkin.bunday xususiyatga ega bo‘lgan shaxslar orqaga qaytishdan ko‘ra,
yangi tajribaga ega bo‘lishni avzal deb bilishadi.
4. Ichki motivatsiya majburlikdan ko‘ra shaxsda murakkab masalani
echishda qiziqiqish va qoniqish hissini yuzaga keltiradi. Ijodkor shaxs masalaning
muddatini, uning keltiruvchi daromadini va talabgorlari haqida o‘ylamaydi. Butin
e’tibori maslani echishdagi qonikish hisi va stimuli qaratadi. Isaak Nyutondan “Siz
bunday murakkab masalalarni qanday qilib hal qilagansiz” deb so‘rashganda, u
shunday javob bergan “Men bu muammo haqida tunu kun o‘ylab yurganman ” deb
javob bergan.
5. Ijodiy muhit shaxsdagi ijodiy g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlashga yordam
beradi. Hamkasblar bilan ijobiy munosabat va ularni ko‘magi shaxsdagi g‘oyalarni
kamol topishiga turtki bo‘ladi. Lekin shuni ta’qidlab o‘tish kerakki, ba’zi
tadqiqotlarda ijtimoiy muhitning shaxsga salbiy ta’siri holati ham kuzatilgan.
Masalan, amerikalik talabalarga insho yozish topshirig‘i berilgan.
Ular yozgan
inshoni uning kursdoshlari tomonidan tekshirilishi oldindan ogohlantirilgan. Boshqa
guruhga esa faqatgina insho yozishni aytishagan. Natijalar shuni ko‘rsatdiki,
ogohlantirilgan guruhning insholari yomon yozilgani ma’lum bo‘lgan. Bu holatda
biz ijtimoiy muhitning ijodkorlikka salbiy ta’sirini yaqqol ko‘rishimiz mumkin.
Dostları ilə paylaş: