muammolarni hal qilishda bilimlarimiz qanchalik ko‘p bo‘lsa, uni hal qilish
shunchalik oson bo‘ladi.
2. Tasavvuriy tafakkur narsa va hodisalarini yangidan ko‘rishga, ularni qayta
yaratishga va bog‘lashga imkon beradi. Muammoning asosiy elementini tasavvur
qilib uni o‘zlashtiramiz va uni yangi bosqichga olib o‘tamiz.
3. Tavakkalchilik- yangi ta’surotlarni qidirish. Buni ikki ma’noda ko‘rish
mumkin. Ya’ni birinchisi
tavakkal va muammoni engib o‘tishdagi
qat’iylikda deb
ko‘rish mumkin.bunday xususiyatga ega bo‘lgan shaxslar orqaga qaytishdan ko‘ra,
yangi tajribaga ega bo‘lishni avzal deb bilishadi.
4. Ichki motivatsiya majburlikdan ko‘ra shaxsda murakkab masalani
echishda qiziqiqish va qoniqish hissini yuzaga keltiradi. Ijodkor shaxs masalaning
muddatini, uning keltiruvchi daromadini va talabgorlari haqida o‘ylamaydi. Butin
e’tibori maslani echishdagi qonikish hisi va stimuli qaratadi. Isaak Nyutondan “Siz
bunday murakkab masalalarni qanday qilib hal qilagansiz” deb so‘rashganda, u
shunday javob bergan “Men bu muammo haqida tunu kun o‘ylab yurganman ” deb
javob bergan.
5. Ijodiy muhit shaxsdagi ijodiy g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlashga yordam
beradi. Hamkasblar bilan ijobiy munosabat va ularni ko‘magi shaxsdagi g‘oyalarni
kamol topishiga turtki bo‘ladi. Lekin shuni ta’qidlab o‘tish kerakki, ba’zi
tadqiqotlarda ijtimoiy muhitning shaxsga salbiy ta’siri holati ham kuzatilgan.
Masalan, amerikalik talabalarga insho yozish topshirig‘i berilgan. Ular yozgan
inshoni uning kursdoshlari tomonidan tekshirilishi oldindan ogohlantirilgan. Boshqa
guruhga esa faqatgina insho yozishni aytishagan. Natijalar shuni ko‘rsatdiki,
ogohlantirilgan guruhning insholari yomon yozilgani ma’lum bo‘lgan. Bu holatda
biz ijtimoiy muhitning ijodkorlikka salbiy ta’sirini yaqqol ko‘rishimiz mumkin.
Dostları ilə paylaş: