8. Mavzu: intellekt va kreativlik reja


Intellektual xatti-harakatlar



Yüklə 0,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix02.11.2022
ölçüsü0,49 Mb.
#67191
1   2   3   4
8.MAVZU

Intellektual xatti-harakatlartashqi muhit va nutqqa suyangan holda 
idrokning ichki rejalarida bajariladigan xatti-harakat.


Intellektual rivojlanish mezoni (ong IQ – aqliy yosh (AYO) va xronologik 
yosh (XYO) orasidagi munosabatni bildiruvchi mezon: IQ = AYO/XYO x 100. 
Intellektning biror bir yosh shkalasiga suyangan holda test natijalari orqali 
rivojlanishini aniqlash mumkin.
Tafakkur - inson aqliy faoliyatining yuksak shakli. Sezgi idrok va tasavvurlar 
orqali bevosita bilib bo‘lmaydigan narsa va hodisalar T.da ongli ravishda aks etadi. 
T. jarayonida fikr vujudga keladi, bu fikrlar inson ongida hukm, tushuncha, xulosa 
shakllarida yuzaga keladi.
Klassifikatsiya - tevarak-atrofdagi olamni o‘rganishda birgina narsa bilan 
emas, balki ko‘p va xilma narsalar bilan ish ko‘rishga to‘g‘ri keladi, ya’ni 
narsalarni o‘rganish maqsadida guruhlarga, sinflarga ajratishdir. 
Assotsiativ psixologiya - XVII-XIX asrlarda maydonga kelgan psixologiya 
fani yo‘nalishi bo‘lib, ko‘proq Angliyada tarqalgandir, ya’ni psixik hodisalarning 
o‘zaro bog‘lanishi bo‘lib, ma’lum qonunlar bo‘yicha tarkib topishdir. 
Analiz-tahlil - murakkab ob`ektni turli tarkibiy qismlarga ajratish yoki 
tavsifnoma berishdan iborat fikralsh operatsiyasidir. 
Kreativlik – bu shaxsning yangi g‘oyalarni yaratishi, tafakkurning an’anaviy 
sxemasidan chetga chiqib, o‘ziga xos, original qarorlar qabul qilishga qodirligi. 
Mazkur atamaga ilk bora 1922 yilda D.Simpson tafakkurning nostandart usuli, deb 
ta’rif bergan. 
Kreativlikni o‘rganish bo‘yicha Rossiyada A.M.Matyushkin, A.V.Petrovskiy, 
M.G.Yaroshevskiy, V.N. Drujinin kabi olimlar ish olib borganlar. 
Psixologiyada intellekt va kreativlikni aloqasini tushuntiruvchi 3 ta nazariya 
mavjud.
D.Veksler, G.Ayzenk, L.Termen, R.Stenberg va boshqalar intellekt va 
kreativlikni oliy darajadagi insoniy qobiliyatlarning birligi deb bilishadi. Intellekt 
kretivlikning yuqori bosqichidir . Bu degani nafaqat ular birlikda, balki ijodkorlik 
intellektning hosilasidir. YUqori darajadagi inttellekt- yuqori darajadagi 
qobiliyatning asosisi hisoblanadi. Quyi intellekt- quyi darajadagi intellektni yuzaga 
keltiradi. Gans Ayzenk kreativlikni qobiliyatning o‘ziga xos ko‘rinishi deb 
hisoblagan. Kreativlik intellektning yuqori bo‘lishi bilan belgilangan.
Intellekt bu inson va hayvonlarni yangi muhitga moslashishi hisoblanadi. 
V.Shterni, J.Piaje, D.Veksler va boshqa avtorlar ham ntellektni insonlarni yangi 
hayotiy sharoitlarga moslashashtiruvchi umumiy qobiliyat sifatida qarashgan. Ular 
o‘z tadqiqotlarida amerikalik minglab maktab o‘quvchilarini logityud metodi orqali 
tadqiq etishgan. Tadqiqot jarayonida , dastlab ularni IQ (intellekt koefitsenti) aniqlab 
olindi. O‘quvchilarni IQ koeffitsentiga qarab gruhlarga ajratildilar va 30, 40 , 50,60 
yil oralig‘ida kuzatishgan. Yillar davomida intellekt koeffitsenti yuqori bo‘lgan 
sinaluvchilar hayotda, faoliyatda yuqori ko‘rsatkichlarni ko‘rsatishgan. IQ 


koeffitsenti pastroq bo‘lgan sinaluvchilar ulardan farqli o‘laroq 30 marta kam 
yutuqlarga erishishgan.
Lekin intellekt va kreativlikning bir biriga bog‘liq emasligini boshqa 
tadqiqotlarda tadqiq etilgan. Kreativlik- bu insonni hayotga moslashishi emas, balki 
uni o‘zgartirishidir. Kreativlikning asosiy omili bu insonning dezadaptatsiyasi, ya’ni 
uni atrof olam va ijtimoiy muhitga moslasha olmasligida deb qaralan nazariyalar 
ham mavjud. Ba’zi olimlar shaxsning kreativlik xususiyatini tashqi olam va 
insonllardan yolg‘izlanish deya ta’rif berishgan. Aynan real olamga nisbatan 
dezadaptatsiyasi mavjud bo‘lgan, moslasha olmagan inson o‘zidagi yolg‘izlikni 
engib o‘tish uchun ijod qilish va yangilik yaratishni boshlar ekan. A.Adlerning 
fikricha, insondagi kreativlik o‘zida mavjud bo‘lgan noto‘liqlik kompleksini 
to‘ldirish vositasi deb bilgan. Empirik tadqiqotlarda ko‘rsatilishicha, ijodkor 
qobiliyatli bolalar shaxsiy va emotsional sohada jiddiy muammolarga duch 
kelishadi. Tadqiqotlarda bunday bolalarning maktabda erishayotgan natijalari 
ularning imkoniyatlaridan past chiqanini kuzatishimiz mumkin.
Kreativlik va intellektni qarama-qarshi qo‘ygan olimlardan yana biri Dj. 
Gilvord bo‘lib, u o‘z nazariyasini ikki xil tafakkur asosida quradi. YA’ni konvergent 
va divergent tafakkur. Konvergent tafakkur masalani echishda mavjud barcha 
vositalarni tahlil qilib, ulardan yagona maqbulini tanlashdir. Konvergent tafakkur 
intellekt asosida quriladi. Divergent tafakkur- masalani echishning turli variantlarini 
yaratishdan iborat tafakkur turidir. Divergent tafakkur- kreativlik asosida quriladi.
Demak intellekt va kreativlik umumiy ko‘rinishdagi ikki xil qobiliyatlar 
bo‘lib, ularni ma’lumotlarni qayta ishlash jarayoni bilan bog‘lash mumkin. 
Kreativlik insonda mavjud ma’lumotlarni qayta ishlab chiqarish va ularning cheksiz 
yangi modelini yaratishga javob beradi. Intellekt esa o‘sha ma’lumotni real 
amaliyotda qo‘llashga va atrof muhitga moslashishga javob beradi.
Uchinichi nuqtai nazar egalari intellekt va kreativlik o‘zaro uzviy 
bog‘langan ikki xil faktordeb qarashadi. SHaxsni orientirlashtirgan bu psixologiya 
vakillari A.Maslau va boshqalar ijodiy qobiliyatni tan olishmagan. Ijodiy faollik 
shaxsda qobiliyatga qaraganda, ba’zi shaxsiy xususiyatlarni (qiziqish, 
tavakkalchilik ) shakllantiradi. Lekin bu faollikning namoyon bo‘lishi uchun 
shaxsda yuqori darajadagi intellektual qobiliyat mavjud bo‘lishi kerak . Ularning 
fikricha, quyi intellektga ega bo‘lgan kishi hech qanday kreativlikka ega bo‘lmaydi. 
O‘rta intellekt sohiblari o‘rtacha kreativlik, IQ koeffitsenti 120 dan ortiq bo‘lgan 
kishilar a’lo darajadagi kreativlikka ega bo‘lishishadi.
Evolyusiya nuqtai nazaridan intellekt va kreativlikning o‘zaro bog‘liqligini 
tahlil qilib ko‘raylik. 
Intellektni go‘yo qolipga solingan, buyuk kashfiyotlarni yaratmaydigan 
moslashuvchi qobiliyat sifatida ko‘ramiz. Intellektga faqat qaytarish xosdir. 


Psixologlarning fikricha bu g‘oya noto‘ridir . Sababi evolyusion rivojlanish 
nazariyasida insoniyatning antropogenez rivojlanishning asosiy omilini
intellektining rivojlanishidadir deb aytib o‘tilgan. Olovni o‘zlashtirish va qurollar 
yasash bunga misol bo‘la oladi.
Intellektni kreativlikdan yiroq qilish, shaxsdagi yaratuvchanlik , originallik 
kabi sifatlarni kreativlikka moslab qo‘ymoqda . Kim birinchi bo‘lib buyuk 
kashfiyotni, o‘q-yoylarni yaratgan, kim olovni o‘zlashtirish mumkinligini o‘ylab 
topgan? Intellektmi? yoki Kreativlikmi? Agar kreativlik bo‘lsa, unda intellekt 
qaerga ketdi. Demak, bunday mulohazalar intellektni insoniyatning texnik va ilmiy 
muvaffaqiyatlarini yaratishdagi o‘rnini pasaytirmoqda. 
You probably know some people with talents in science, others who excel at 
the humanities, and still others gifted in athletics, art, music, or dance. You may also 
know a talented artist who is dumbfounded by the simplest mathematical problems, 
or a brilliant math student with little aptitude for literary discussion. Are all of these 
people intelligent? Could you rate their intelligence on a single scale? Or would you 
need several different scales? 
Ma’lumki, ba’zi insonlar aniq fanlar yuzasidan ba’zi insonlar gumanitar 
fanlar yuzasidan qobiliyatga ega bo‘lishadi. YAna yuqori darajadagi talantga ega 
bo‘lagan rassomning oddiy matematik misollar oldida esankirab qolishini va ajoyib 
matematikni ozroq badiiy qobiliyatga ega bo‘lishini kuzatganmiz. Bunday 
insonlarni aqilli deb aytishimiz mumkinmi. 
1
Spirmenning fikricha, insonlarda umumiy intellekt mavjud. Uning fikricha 
insonlarni bir-biridan ajratib turuvchi o‘ziga xos qobiliyatlari bor.Spirmen faktorli 
analiz, statistik protsedurani ishlab chiqdi. U bog‘liq elementlarning muvaqqat 
bog‘lanishlarini tushuntirib bergan. Spirmenning fikricha malakaning umumiy 
yig‘indisi, bizning aqliy hulq-atvorimizga bog‘liqdir deb tushuntirgan. SHu 
kungacha Spirmenning umumiy intellekt nazariyasi, ya’ni intellektni bir taraflama 
baholash nazariyasi ko‘plab noroziliklarga sabab bo‘lgan. Spirmendan farqli o‘laroq 
Terstoun aqliy qobiliyatlarning 56 xil testlar, 7 ta klaster orqali baholashni joriy etdi. 
Terstoun insonlarni yagona shkala orqali baholamadi. U agar shaxs 7ta klasterdagi 
barcha masalani muvaffaqiyatli echsa, u qolgan barcha sohalarda ham xuddi 
shunday mavaffaqiyatga erishadi deb bilgan. Ular aqliy qobiliyatni jismoniy 
qobiliyat bilan taqqoslashgan. Uning fikricha, shtanga ko‘tarish bo‘yicha jahon 
chempioni yaxshigina figuristtik sport turi bilash ham shug‘ullanishi mumkin. 
CHunki undagi jismoniy tayyorgarlik shunga imkon beradi.
Satosi Kanadzava (2004 y.) umumiy intellektni intellektning bir turi sifatida 
ko‘radi. Umumiy intellekt bizga kundalik hayotda mavjud muammoalarni hal 
qilishda yordam beradi.
1
Psychology David G. Myers Hope College Holland, Michigan 409р 


Satoshi Kanazawa (2004) argues that general intelligence evolved as a form 
of intelligence that helps people solve novel problems—how to stop a fire from 
spreading, how to find food during a drought, how to reunite with one's band on the 
other side of a flooded river. More common problems—such as how to mate or how 
to read a stranger's face or how to find your way back to camp—require a different 
sort of intelligence. Kanazawa asserts that general intelligence scores do correlate 
with the ability to solve various novel problems (like those found in academic and 
many vocational situations) but do not much correlate with individuals' skills in 
evolutionarily familiar situations—such as marrying and parenting, forming close 
friendships, displaying social competence, and navigating without maps.
2
1980 yillarga kelib Spiremennig yagona intellekt nazariyasini va 
Terstounning akedemik qobiliyatlar nazariyalarini taqqoslash jarayoni kuzatilgan. 
Ularning fikricha, shaxs biror kognitiv sohada muvaffaqiyatga erishayotgan bo‘lsa, 
demak u boshqa sohalarda ham xuddi shunday zafarlarga erishadi. Hayotga 
moslashishning asosiy omili shaxsdagi umumiy intellekt emas, balki vaqt o‘tib, 
qobiliyatlar bir-biriga ta’sir eta boshlao‘idir. X.Gardner intellekntni bir necha 
qobiliyatlar yig‘indisi deb qaragan. U o‘z tadqiqotlarini past qobiliyatli odamlarda 
o‘tkazgan. Miyaning shikastlanishi bir qobiliyatni so‘ndirishi mumkin lekin qolgan 
qobiliyatlarni qoldirishi mumkin deb hisoblagan. 
Charles Spearman (1863-1945) believed we have one general intelligence 
(often shortened to g). He granted that people often have special abilities that stand 
out. Spearman had helped develop factor analysis, a statistical procedure that 
identifies clusters of related items. He had noted that those who score high in one 
area, such as verbal intelligence, typically score higher than average in other areas, 
such as spatial or reasoning ability. Spearman believed a common skill set, the g 
factor, underlies all of our intelligent behavior, from navigating the sea to excelling 
in school. 
This idea of a general mental capacity expressed by a single intelligence score 
was controversial in Spearman's day, and it remains so in our own. One of 
Spearman's early opponents was L. L. Thurstone (1887-1955). Thurstone gave 56 
different tests to people and mathematically identified seven clusters of primary 
mental abilities (word fluency, verbal comprehension, spatial ability, perceptual 
speed, numerical ability, inductive reasoning, and memory). Thurstone did not rank 
people on a single scale of general aptitude. But when other investigators studied the 
profiles of the people Thurstone had tested, they detected a persistent tendency: 
Those who excelled in one of the seven clusters generally scored well on the others. 
So, the investigators concluded, there was still some evidence of a g factor.
46 
Gardner o‘z tadqiqotini bosh miyasi ba’zi qismlari fiziologik jihatdan 
shikasitlangan sinaluvchilarda o‘tkazgan. Ular ko‘pincha intellekt testlaridan quyi 
2
Psychology David G. Myers Hope College Holland, Michigan 406р 


ballarni egallashgan. Bu sindrom vakillarining ba’zilarida nutq rivojlanmagan. 
Lekin qo‘shib ayirishni xuddi elektron hisoblagichday tezda hisoblay olish 
qobiliyatiga ega bo‘lishgan. Ba’zilari, biror tarixiy kun bilan bog‘liq sanalarni 
yoddan bilishgan. Bunday sindrom egalari hattoki baddiy ijodda ham 
muvaffaqiyatlarga erisha olishgan. YUqoridagi faktlardan foydalanib, Gardner 
shaxsda intellekt emas, balki bir necha xil ong mavjud degan fikrga kelgan. Umuman 
olganda shaxsda 8 xil ko‘rinishdagi qobiliyat borligini aytib o‘tadi. Agar shaxs biror 
sohada muvaffaqiyatga erishsa, demak u qolgan sohalarda ham yaxshi natijalarga 
erishadi deb aytib bo‘tgan.
Gardner 's Eight Intelligences Howard Gardner (1983, 2006) views 
intelligence as multiple abilities that come in packages. Gardner finds evidence for 
this view in studies of people with diminished or exceptional abilities. Brain damage, 
for example, may destroy one ability but leave others intact. And consider people 
with savant syndrome, who often score low on intelligence tests but have an island 
of brilliance (Treffert & Wallace, 2002). Some have virtually no language ability, 
yet are able to compute numbers as quickly and accurately as an electronic 
calculator, or identify almost instantly the day of the week that corresponds to any 
given date in history, or render incredible works of art or musical performances 
(Miller, 1999). About 4 in 5 people with savant syndrome are males, and many also 
have autism, a developmental disorder (see Chapter 5).
3
R. SHtenbegr, R.Vagner Gardnerning g‘oyasiga qo‘shilishgan Lekin shaxsda 
aqlni 3 xil faktori mavjudligini taxlil qilishgan: 
Masalani echishda akalemik malakaning mavjudligi. Bunday malakalarni 
aqliy testlardagi yagona to‘g‘ri javobni belgilash bilan baholanadi 
Amaliy intellekt kundalik hayotda atrof muhitga moslashish uchun 
muammolarning ko‘plab echimidan qulayini tanlashga yordam beradi. 
Ijodiy aql. Bun tip vakillari notanish vaziyatlarda o‘zining reaksiyasini 
ko‘rsatishi bilan ajralib turadi.
Mustaqil fikrlashning yuqori shakli bo’lmish ijodiylik muammosi chet el 
psixologiyasida juda chuqur o’rganilgan, bu asosan qobiliyatning kreativligi tarzida 
talqin qilingan. Biz bu ta’rifdan “ijodiy” deb foydalanmasligimizga sabab (“create” 
- inglizcha “ijod qilish” demakdir), ijodiylik - bu intellektual faollikning yuksak 
bosqichi, degan tasavvur paydo bo’lmasligi uchun “kreativlik” atamasidan 
foydalandik. Psixologiyada kreativlik muammosi 1950-yillardan boshlab izchil 
ravishda o’rganilmoqda. Lekin biz o’z tadqiqotimizda “kreativlik” atamasini o’zbek 
tilida shartli ravishda “aqliy ijodiylik” deb atadik va uni mustaqil fikrlashning 
psixologik asosi sifatida o’rganishni lozim topdik. SHunday qilib, bundan buyon 
aqliy ijodiylik haqida mulohaza yuritilganda fikrlashning nostandartligi, uning 
mustaqilligi va “kreativligi” nazarda tutiladi. 
3
Psychology David G. Myers Hope College Holland, Michigan 407р 


Kreativlikning ajratilishiga aqlning an’anaviy testlari va muammoni 
yechishning muvvafaqiyati o’rtasida bog’lanish yo’qligi haqidagi ma’lumot turtki 
bo’lgan. Bu sifat mohiyatan aql orqali berilgan ma’lumotlarni, qo’yilgan vazifalarni 
hal qilishda tezkor usul va har xil yo’sindan foydalanish qobiliyatiga bog’liqligini 
ifodalaydi. 
1962 yilda J.W.Getzels va P.W.Jackson [10] aqliy ijodiylikning 
ko’rsatkichlari orasida bog’liqlik yo’q, degan ma’lumotni matbuotda e’lon 
qilishgan. Ular ijodiylikni o’lchash uchun o’zlarining (Sr) koeffitsentini kiritishgan, 
xolos. Aqliy iste’dod esa bolaning guvohnomasidagi yoshiga nisbati qo’lga kiritgan 
muvaffaqiyatlarining miqdori bilan o’lchanib, IQ koeffitsenti bilan belgilanadi. IQ 
va Cr koeffitsentlarini ajratish qobiliyat bilan mantiqni aqliy ijodiylikka qarama-
qarshi qo’yishga omil bo’lgan. Xuddi shu bois ham XX asrning 60-yillariga kelib, 
ijodiylikning 60 dan ortiq ta’rifi ishlab chiqildi. Ijodiylik ta’riflarini tahlil qilish 
orqali ularni 6 turga ajratish mumkin: geshtaltik ta’rif (ijodiy jarayonni mavjud 
geshtaltlarni buzib, yaxshirog’ini tuzish sifatida ta’riflanadi), innovatsion (yangi) 
ta’rif (so’nggi natijaning yangiligi bo’yicha ijodiylikni baholashga yo’naltirilgan), 

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin