siyosatdeganda sinf va davlat manfaatlari ni ro’yobga chiqarish uchun qilingan ijtimoiy faoliyattushunilar ekan, nega aynan shunday harakatning ibtidoiy, ilk shakli va mazmunining mavjudligi yo tan olinmaydi yoki bu xaqda gap yuritilmaydi. Bizningcha, insonning borliqqa munosabatida, ijtimoiy ruhiyotida tabiiy bio-fiziologik va moddiy ehtiyojlaridan ijtimoiy manfaat tushunchasining ajrab chiqish jarayoni juz’iy siyosatning (siyosatning!) paydo bo’lishiga olib keladi.Ijtimoiy aloqadagi “uchlik” o’lchovi (uch kishi bor joyda jamiyat bor) siyosiy munosabat va siyosiy jarayon shakllanishining dastlabki nuqtasidir.
Ijtimoiy voqelik hisoblangan siyosat jamiyat rivojiga bog’liq holda taraqqiy etib boradi. Sinflarning paydo bo’lishi bilan sinfiy siyosat,davlatlarning vujudga kelishi bilan davlat siyosatishakllanadi. TSivilizatsiya yo’lidagi maqsadlar mushtarakligi asosida umumbashariy qadriyatlar ustuvorligini anglab, ma’rifatparvarlashib borish davomida dunyo siyosati tushunchasi maydonga keladi.
Siyosat tushunchasi tarixini “xususiylikdan umumiylikka”, “oddiylikdan murrakkablikka” o’lchovida tahlil qilishni bugungi real hayotning o’zi kun tartibiga ko’ndalang qilib qo’ymoqda. Demokratiyalashtirishning chuqurlashuvi jarayoni uning pirovard maqsadi mazmunidan kelib chikuvchi ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyoti jamiyatni boshqarishda manfaatlarga tayanish kerakligini ko’rsatmokda. Xalq manfaati, fuqarolar manfaati, davlat manfaati inson manfaatini tan olishlikdan boshlanishi, bugungi kunimizda aniq va ravshan bo’lib qoldi. Islom Karimov mamlakatimizning shu kundagi ichki siyosatiga xos rivojlanishni ta’kidlab deydi: “Insonga munosib hayot sharoiti, uning o’zini namoyon qila olishi uchun imkoniyatlar yaratish - iqtisodiyotimizni va butun jamiyatni rivojlantirishning oliy maksadidir”.1 Jamiyatda namoyon bo’ladigan manfaatlar siyosat bilan bog’liq holda shakllanadi va rivojlanadi. Siyosiy hayot, siyosiy soha, siyosiy tizim, siyosiy tashkilotlar kabi siyosatshunoslik tushunchalarining zaminida ham inson manfaati, guruh manfaati, sinf manfaati, davlat manfaati yotadi. Siyosiy hayotning tushuncha ko’lamiga monand holda manfaat turlari alohida hamda ayni paytda mushtaraklikda yashaydi va harakat qiladi. XX asr oxiri XXI asr boshida ijtimoiy amaliyotda qadriyatlar mazmunida, qadr-qimmat ko’lami va mohiyati maqomida tub o’zgarishlar yuz bermoqda. Ehtiyoj va manfaatlar mundarijasida sifat va salmoq o’lchovlarining o’zgarishi qonuniy tarzda qadriyatlar tabiatiga ham ta’sir ko’rsatadi. Iqtisodiy rivojlanish va moddiy farovonlikka bog’liq bo’lgan qadriyatlar huqmronligidan hayot sifati va shaxs erki qadriyatlari ustivorligiga o’tish tobora aniq sezilib bormokda. To’g’ri, qadriyatlar uzoq o’n yillar, hatto asrlar davomida shakllanganligi, jamiyat hayotiga, kishilar turmush tarziga ehtiyoj va manfaatlarning joriy harakati tufayli muhim o’rnashib borganligi bois tubdan o’zgarishi qiyin. Ammo asta-sekin, lekin izchillik bilan qadriyatlar mazmunida burilish yuz berayotganligi real holatki, bu dunyo madaniy ikdimining o’zgarishiga ham olib kelmoqda. Bunday holat siyosat va manfaatlar muammosining xalqaro maydonda ham dolzarb ilmiy amaliy masala sifatida yaqqol ko’zga tashlanayotganligini ko’rsatadi.