8-Mavzu: Jamiyat taraqqiyoti: manfaatlar va mafkura


Siyosat va manfaatlar tushunchalarining o’zaro munosabatida manfaatlar birlamchidir



Yüklə 72 Kb.
səhifə4/6
tarix04.11.2022
ölçüsü72 Kb.
#67397
1   2   3   4   5   6
Siyosat va manfaatlar tushunchalarining o’zaro munosabatida manfaatlar birlamchidir. CHunki har qanday siyosat u yoki bu sub’ektlar manfaatlarining ifodasi bo’lib vujudga keladi. Manfaatlarsiz siyosat ham bo’lmaydi. Ijtimoiy hayotni harakatga keltiruvchi shaxs, oila, guruh, sinf, millat, davlat harakati va faoliyati asosida manfaatlar yotadi. Manfaatlar va siyosat muammosi tadqiqi muayyan davr nuqtai nazaridan olib borilayotgan bo’lsa, shu davr siyosati mazmunidagi manfaatlar o’rganiladi vau bunday izlanishlarning tub uslubiy usulida siyosat birlamchi bo’lib keladi. Ushbu muammo tarixiy tarzda hamda ijtimoiy taraqqiyot o’lchovida qaralsa, tabiiy va qonuniy ravishda manfaatlar va siyosat tartibida qurilishi kerak. Siyosiy manfaatlar mazmunidan kelib chikadigan siyosiy faoliyatga bog’liq holda qaralganda esa siyosat va manfaatlar, manfaatlar va siyosatlar uzviy bog’liq tarzda tahlil qilinishi lozim.
Manfaatlar va siyosat muammosini o’rganishda ijtimoiy amaliyotdagi siyosiy munosabatlar mundarijasini kuzatish kerak bo’ladi. Chunki, siyosiy munosabatlar jamiyatning ja’mi jabhalaridagi manfaatlarning ifodachisi bo’lgan sub’ektlarning barcha xatti-xarakatini, faoliyatini, o’zaro aloqasini qamrab olgandir.
Siyosat sotsial guruh va sinflarning davlat orqali hamda hukumat atrofida shakllanib xarakat qilayotgan faoliyat shakli va usuli bo’lib, siyosiy munosabatlarning negizini tashkil qiladi. Iqtisodiy munosabatlarning mazmunini ishlab chiqarish vositalariga bo’lgan mulkchilik mohiyati tashkil qiladi. Mafkuraviy munosabatlar asosida esa jamiyat holati va uning taraqqiyotini mushohada qilish yotadi. Siyosiy munosabatlar - davlat hokimiyatiga nisbatan siyosat sub’ektlari - shaxslar, oila, ijtimoiy guruhlar, sinflar, millatlar va xalqlarning munosabatidir. Siyosiy munosabatlarni to’g’ri va to’la anglamoq uchun siyosiy hayot tushunchasiga to’xtalib o’tish, uning mohiyatiga e’tibor berish kerak. Siyosiy hayot - ijtimoiy munosabatlar sohasi bo’lib, hokimlik va tobe’likni, davlat tashkilotlari va vazifalariga munosabatni, omma bilan yo’lboshchilar o’rtasidagi o’zaro bog’liqlik va aloqani firqalar va jamoat tashkilotlari munosabatlarini qamrab oladi. Siyosiy hayot ijtimoiy hodisa sifatida serqirra bo’lib, turli darajada va turli shaklda namoyon bo’ladi. Yashash joyidan, mehnat jamoasidan boshlab to davlatlar va xalqlar o’rtasidagi munosabatlargacha bo’lgan ijtimoiy jarayon siyosiy hayot ko’lamini tashkil qiladi.
Oddiy kundalik hayotda fuqarolarning siyosatdagi ishtiroki mahalliy va oliy davlat tashkilotlariga saylovlarda va jamoat yig’ilishlarida qatnashishida siyosiy yo’lboshchilar bilan uchrashuvlarida namoyon bo’ladi.
Siyosiy hayot sohalariga ko’ra ichki va tashqi bo’ladi. Ichki siyosiy hayot deganda - bir davlat ichidagi hokimiyat bilan fuqarolar o’rtasidagi hamda turli sotsial guruhlar, sinflar, millatlar va firqalar bilan hukumat orasidagi munosabatlar tushuniladi. Tashqi siyosiy hayot - bu davlatlarning bir-birlariga bo’lgan munosabatlari bo’lib, uning mazmunida turli iqtisodiy uyushmalar, harbiy-siyosiy bloklarning o’zaro aloqalari aks etadi. Tashqi siyosiy hayot, asosan ikki tomonlama va ko’ptomonlama munosabatlarda hamda davlat rahbarlarining oliy darajadagi uchrashuvlarida namoyon bo’ladi.
Siyosiy hayot jarayonida ommaviy axborot vositalarining hamda ilmiy-ijtimoiy tadqiqot va tahlil markazlarining o’rni benihoya katta.
Yüklə 72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin