8-Mavzu: Jamiyat taraqqiyoti: manfaatlar va mafkura


Birinchisi, omma siyosiy ongining o’sishiga, ijtimoiy fikrning shakllanishiga yordam beradi. Ikkinchisi



Yüklə 72 Kb.
səhifə5/6
tarix04.11.2022
ölçüsü72 Kb.
#67397
1   2   3   4   5   6
Birinchisi, omma siyosiy ongining o’sishiga, ijtimoiy fikrning shakllanishiga yordam beradi. Ikkinchisi muayyan shaklda yuzaga kelgan ijtimoiy fikrni o’rganib, omma kayfiyatini kuzatishga va idora qilishga ko’maklashadi. Jamiyatdagi siyosiy munosabatlar shu kunga qadar yetakchi sinf (ishlab chikarish vositalariga asosan egadorlik qilayotgan sinf) manfaatlarini himoya qilgani holda, boshqa sinf va sotsial guruhlar manfaatini xisobga olishni va boshqarishni o’ziga vazifa qilib olgan, yetakchi sinf tub niyatini barchaning maqsadiga mos va monand deb tushuntirishga harakat qilgan. Bu me’yorni mafkura darajasiga olib chiqishda ommaviy axborot vositalari salmoqli o’rin egallab kelganini alohida aytish lozim.
Oshkoralik va so’z erkinligiga ega bo’lib, ularni haqiqiy qurol qilib olgandagina ommaviy axborot vositalari fuqarolar manfaati mushtarakligini ifodalaydi hamda haqiqiy demokratik siyosiy hayotni qurishga xizmat qiladi.
Siyosiy munosabatlar maydonida harakat qilib faoliyat ko’rsatayotgan siyosiy tashkilotlarning mavqei va maqomi muhim ahamiyatga ega. Ma’lum siyosiy maqsadlarni ko’zlab aniq tizimlarga, tarkibiy bo’limlarga ega bo’lgan, o’z siyosiy dasturini amalga oshirish borasida faoliyat qilayotgan tuzulmalar - siyosiy tashkilotlardir. Bu tashkilotlar yakka va jamoa shaklidagi a’zolik asosiga qurilgan bo’ladi. Siyosiy tashkilotlar turlariga ko’ra - siyosiy partiya va harakatlar, fuqarolarnint siyosiy yo’nalishidagi ittifoqlari, yoshlarning siyosiy tashkilotlariga bo’linadi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, siyosiy munosabatlarda ishtirok qilayotgan ijtimoiy tashkilotlarning hammasi ham siyosiy tashkilot maqomiga ega emas. Chunki kooperativ tashkilotlar, ijodiy uyushmalar ham muayyan siyosiy vazifalarni amalga oshirishda ishtirok etadi, qonun chiqaruvchi organlar faoliyatida, saylovlarda qatnashadi.
Jamiyatdagi siyosiy munosabatlarning rivojlanishi muayyan tarixiy vaziyatga bog’liq holda shakllangan, siyosiy hayotni idora qilishga qaratilgan siyosiy institutlar faoliyatiga ham uzviy bog’liq bo’ladi. Siyosiy institutlar partiyalar hamjihatligi, deputatlar korpusining hamkorligi, ijtimoiy o’zini-o’zi idora qilish tashkilotlarining birligi shaklida namoyon bo’ladi va faoliyat ko’rsatadi. Siyosiy institutlarning o’ziga xosligi - ularning qonuniy tarzda joriy qilinib, faoliyati yuridik aktlar, qonun va qarorlar bilan reglamentlashtirilganida seziladi.
Siyosiy munosabatlar sinf va sotsial guruhlaring davlat orqali namoyon bo’ladigan o’zaro aloqa usuli sifatida siyosatning ob’ekti va sub’ekti o’rtasidagi daxldorlikning muayyan ifodasidir. Tarixan bunday munosabatlar hokimlik va tobelik shaklida vujudga kelgan. Siyosiy munosabatlardagi bunday xususiyat sinfiy jamiyatlar tarixi bilan uzviy bog’liq tarzda hukmronlik va tobelik qarama-qarshi sinflarning jamiyatdagi munosabatlari in’ikosidir. Mulk egasi bo’lgan sinf hukmron sinf hisoblangan. Yo’qsillarga esa tobelikda yashashdan boshqa iloj qolmagan. Mulkiy munosabatlar sinfiy tengsizlik munosabatlarining asosini tashkil qilib, yo’qsillar sinfi mulkdor manfaatiga mos ravishda ishlab bersagina o’zini boqa olishi mumkin bo’lgan. Bunday holat hukmronlik va tobelikning iqtisodiy asosini tashkil qilar edi. Bir sinf qo’lida ishlab chiqarish qurollarining to’planish, ikkinchi sinf faqat ish kuchi bo’lib qolganligi sinfiy ziddiyatlar asosida qurilgan jamiyatlardagi qarama-qarshiliklar birligi va kurashi holatining yorqin ifodasi edi. Hukmron bilan tobe o’rtasidagi munosabatlar sinfiy qarama-qarshilikka asoslangan jamiyat taraqqiyoti tarixiga bog’liq holda o’sib, rivojlanib, murrakkablashib bordi.
Bu jarayonda sinfiy manfaatlar aniq ajrab, har bir ijtimoiy voqea zaminidagi manfaatlar to’qnashuvi sezilib bordi. Quldor hukmronlikni iqtisodiy va siyosiy jihatdan mustahkamlash yo’llarini izladi, topdi va joriy qildi. Qullar ham asta-sekin uyushib, mulkka munosabat tuyg’ulari ular ruhiyatida namoyon bo’la boshladi. O’z erki, ozodligini o’ylay boshlagan qul ibtidoiy iqtisodiy munosabatlarga qaytishni emas, quldorlik iqtisodiy-ijtimoiy munosabatlarini o’z sinfiy manfaatiga moslashtirishga harakat qila boshladi. Ma’lumki, ibtidoiy jamoa tuzumida inson kundalik ehtiyojlarini qondirishga yetarli moddiy ne’mat egasi bo’lish maqsadida harakat qilar edi. Kishilik tarixida katta burilish bo’lgan sinfiy jamiyatlarning paydo bo’lishi insonni o’z manfaati yo’lida faoliyat qilishi uchun zarur bo’lgan turtkini berdi. To’g’ri, u ibtidoiy o’lchovdagi tenglikni buzdi. Biroq minimal tekischilik sharoitidan shaxsiy manfaat yo’lida harakat qilish imkonini ijtimoiy amaliyot maydoniga olib chiqdi. Qulning sinfiy kurash jarayoniga tortilganligining o’zi ijtimoiy tarixdagi siyosiy munosabatlarning shakllanishida o’ziga xos nuqta bo’lgan.
Siyosiy munosabatlar mazmunida siyosiy harakat, siyosiy faoliyat tushunchasi ham o’ziga xos maqomga ega. Siyosiy faoliyat zamirida asosan tub iqtisodiy manfaatlar yotadi. Bu manfaatlarning moddiy va ma’naviy jihatdan asoslanishi va qaror topishi yo’lida olib borilgan harakat siyosiy faoliyatning ijtimoiy oqibatidir.
Manfaatlar mohiyatidan kelib chiqqan holda siyosiy faoliyat shakllari ham turlicha bo’ladi. Siyosiy faoliyat jamiyat taraqqiyotiga konstruktiv ta’sir ko’rsatish imkoniga ega. U taraqqiyotga xizmat qilishi ham mumkin, yoki taraqqiyotga to’siq bo’lishi ham mumkin. Shu bois, siyosiy faoliyat idora qilinishi, inson manfaatlari nuqtai nazaridan, xalq va davlat maqsadlari yo’lida rivojlantirilishi kerak. Bu demokratik jarayonning muhim talabidir. Siyosiy faoliyat ortida turgan sinfning jamiyatdagi tutgan o’rni va mavqeiga qarab siyosiy munosabatlar mundarijasi o’zgarib boradi.
Quldorlik tuzumining yemirilishi davrida sinflar tizimi o’zgara boshlaydi. Maydonga quldorlik jamiyatini ag’darib, yangi jamiyatni barpo qiluvchi kuchlar - dehqon va feodal sinflari keladi. Bu davrda feodallarning sinfiy manfaati siyosiy munosabatlarning mundarijasini belgilaydi. Feodallar bu bosqichda jamiyat taraqqiyotida ijobiy rol o’ynaydi. Ijtimoiy amaliyotda o’ziga davrdosh va tuzumdosh bo’lgan sotsial guruhlar va sinflar manfaatlari to’qnashgunga qadar hukmron sinflarning ijobiy roli saqlanib turadi. Sinfiy ziddiyatlarning keskin namoyon bo’lishi va avj olib borishi jarayonida hukmron sinf o’z ijtimoiy imkoniyatlari va siyosiy salohiyatini yo’qotib boradi. Shakllanib kelayotgan yangi ijtimoiy-siyosiy o’zgarishlarga u to’siq bo’lib, hatto o’z mavqeini saqlab qolish niyatida faol harakatlarni ham amalga oshira boshlaydi. Biroq, bu urinishlar ijtimoiy taraqqiyot manfaatiga zid bo’lib qolgan bo’ladiki, bir vaktlar ijobiy funksiyani bajargan sinf reaktsion kuchga aylanib qoladi. Bunday holat siyosiy munosabatlardagi sinfiy manfaatlar muammosiga bog’liq bo’lgan yangi ijtimoiy voqeylikning tug’ilishidir. Demak, bir ijtimoiy-iqtisodiy tuzum bag’rida muayyan sinf ikki xil, hatto bir-biriga to’g’ri kelmaydigan mavqe va maqomga ega bo’lishi mumkin.
Kishilik tarixida burjua ishlab chiqarish munosabatlarining yuzaga kelishi siyosiy munosabatlar taraqqiyotida yangi sahifa ochdi. Bu davr siyosatini belgilovchi mafkura feodal davlat tuzumi manfaatlari bilan jamiyat manfaatlari bir-biriga mos kelmay qolganligini tushuntira boshladi. Mamlakat xo’jalik hayotiga davlat tizimlarining aralashuvi inkor qilinib, shahar burjuaziyasi manfaatlari erkin ishbilarmonlik va tadbirkorlikni taqozo qilib qoldi. Ishlab chiqarish kuchlarining taraqqiyoti imkoni kuchaydi. Dastlab iqtisodiy, so’ng siyosiy jihatdan hokimiyat jilovini qo’lga olgan burjuaziya sinfining manfaati umumjamiyat manfaatiga aylanib bordi. Bu manfaatlar tarkibiga dehqonlar, hunarmandlar va boshqa tabaqalar manfaati ham kirar edi. Bu ijtimoiy iqtisodiy o’zgarishlar siyosiy munosabatlarda yangi kuchlarning sinfiy manfaatlari shakllanib va rivojlanib borishi bilan birga ular o’rtasidagi munosabatlar kengayib va ayni paytda ziddiyatlashib borayotganligini ko’rsatar edi.
Burjuaziya jamiyatining rivojlanishi yirik mashinalashgan ishlab chiqarishni, ijtimoiylashuvni keng avj oldira bordiki, ixtiyorsiz bunday ishlab chiqarish usuliga mos iqtisodiy asos ham kerak bo’lib qoldi. Bu bizga ma’lum - asosiy ishlab chiqarish vositalariga ijtimoiy mulkchillikning o’rnatilishi edi. Bu tarzdagi yangi siyosiy munosabatlarni proletariat sinfi yaratishi kerak edi.
Siyosiy munosabatlar ob’ekti va sub’ekti aloqasida antogonistik sinflar o’rtasida bo’ladigan konsensus (kelishuv) muhim ahamiyatga ega. Turli sinflarning siyosiy kelishuvi sifatida konsensus juda katta omilki, u jamiyatni iqtisodiy-ijtimoiy, siyosiy-ma’naviy barqarorlashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Iqtisodiy-ijtimoiy jihatdan o’xshash imkonlarga ega bo’lgan hukmron qatlam va hukmron sinflar o’rtasidagi konsensus qaysidir tomonlar bilan tabiiy bo’lsa, burjuaziya sinfi bilan mehnatkashlar orasidagi kelishuv siyosiy munosabatlar maydonidagi nisbatan yangi holat edi. Uning paydo bo’lishi ilmiy-texnika taraqqiyotida inson omilining o’sishi bilan uzviy bog’liqdir. Burjuaziya sinfi o’z manfaatlarining ro’yobga chiqishi ishchilar sinfi manfaatlari bilan muayyan ma’noda bog’liq ekanligini tushunib, tan olib borishi tufayli sinfiy kurashning kompromiss usullarini ham qo’llashga majbur bo’ladi.
Yüklə 72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin