8 mavzu maktabgacha ta'lim tashkilotsida qo`G‘irchoq teatri va jihozlarini yasash



Yüklə 21,94 Kb.
səhifə2/5
tarix02.01.2022
ölçüsü21,94 Kb.
#43373
1   2   3   4   5
8 mavzu

Soya teatri – qo`g‘irchoq teatrining o`ziga hos turlaridan hisoblanadi. Unda qo`g‘irchoqlar emas balki shakllardan iborat o`yinchoqlar o`ynaydi. Tomosha qiluvchilar saxna ro`parasida o`tirib, ekranda yorug‘lik orqali harakatlanaotgan soyalar: odamlar, hayvonlar va qushlar soyasini ko`rishi mumkin.

Soya teatr uchun odam va hayvon soyalarini bolalarning o`zlari chizib, qirqa oladilar. Bolalarga shakllarni boshlari dumlarini qimirlatadigan qilishni o`rgatish kerak, buning uchun tarbiyachi yordamida detallarni simlar bilan biriktirib, spiral holatda aylantirib qo`yiladi. Harakatlanuvchi qismlar qattiq simdan tayyorlanadi. Bunday o`yinchoqlarni shablon yordamida yoki o`zlari o`ylab, siluet chizadilar. Bolalar detallarni qirqib olganlaridan so`ng figuraga ko`zini qilish ker aqligi t aqlif etiladi. Tarbiyachi ko`z o`rnini o`tkir asbob bilan teshib beradi, bolalar qalam yoki mo`yqalam taoqchasi bilan teshikchani kengaytiradi va yaltiroq qog‘oz bilan ko`zini yelimlaydi. Bolalar yelimga qora bo`yoq aralashtirib ko`zini chizib qo`yishlari mumkin. Teatrni ko`rsatishlari uchun tarbiyachi ekranni yupqa matodan yoki kalka qog‘ozidan 2x1,5 metrli ramkaga sirib tayyorlanadi. 100 voltli lampa kerak. Chiroq quti ichiga joylashtiriladi, ichini qora rangga bo`yaladi. Tarang qilib sirilgan matoga qog‘ozdan dekoratsiya jihozini applikatsiya qilib qo`yish mumkin. Bolalar o`zlari tayyorlagan figuralarni ekranda ko`rib, shodliklari beqios bo`ladiki, ularning kichik shakllari mo`jiza bo`lib ko`rinadi. Soya teatrini bolalarga kattalar qo`yib beradilar. Avvalo karton yoki faner orqali ekran yasalib‚ ekranni yupqa oq doka surp bilan tortib mahkamlanadi. So`ngra har bir guruh yoshiga mos ravishda ertakni tanlab uning qahramonlarini kartonga tushirib, juda ehtiotkorlik bilan qirqiladi. Keyin uni qora guash bilan bo`yaladi va qirqiladi. So`ngra chiroq ya'ni yorug‘lik tushirib‚ sahnalashtirilgan ertak namoyish qilinadi. Stol teatri. Stol teatrining bir necha turi mavjud: birida pesa oddiy sahnada-pardasiz shirmada, boshqasi qutichaga o`xshash sahnada (karton teatr), uchinchisi yassi teatrda‚ sahna ikki bo`lak kartondan qilinadi. Bu teatrlardagi «artistlar» qo`l bilan‚ tagliklar, sim va magnit orqali turlicha harakat qiladi. Shakllarning tuzilishi ham turlichadir. Ish ertak yoki masal tanlashdan boshlanadi‚ so`ngra unga mos personajlar tayyorlanadi. Jonivorlar shakllarini bolalar badiiy kitoblardan kalkaga ko`chirishlari mumkin. Kalkadagi rasmni nusxa qog‘oz yordamida ikkita oq qog‘ozga tushiriladi. Bu rasmlarni rangli qalam bilan bo`yab, bittasini kartonga yopishtiriladi va kartonni shu rasm konturi bo`ylab qirqiladi. Kartonning ikkinchi tomoniga ikkinchi rasm yopishtiriladi, shu bilan figura tayyor hisoblanadi. Shundan so`ng yarimta g‘altak va cho`p orqali balandligi 9-10 sm bo`lgan taglik tayyorlanadi. Cho`pning uchiga figura o`rnatiladi, g‘altak yiqilib tushmasligi uchun uning tagiga doira qilib qirqilgan karton yopishtiriladi.



Sahna-shirma figuraning tagligi ko`rinmasligi uchun butunlikda qilinadi. Shirmani bo`yash yoki unga rangli qog‘oz yopishtirish kerak. Shirmadan 20-22 sm oraliq dekoratsiya o`rnatiladi. Agarda o`rmon, dala, daro, tog‘larni tasvirlash lozim bo`lsa, muvofiq keluvchi suratni topib‚ unga oq ramka qilish, rasmni kartonga yopishtirish kerak. Dekoratsiyani yarim doira shaklida egish ham mumkin. Sahna-shirma stol ustiga qo`yiladi, uning orqasida esa figuralarni yurgazadigan va ular uchun gapiradigan o`quvchilar turadi. Agarda pesa davomida dekoratsiya o`zgarib turishi kerak bo`lsa, kitob sifatli qilib birlashtirilgan kartonga yopishtirilishi lozim. Uning har bir sahifasida bitta dekoratsiya bo`ladi. Agar quonni yasash kerak bo`lsa, avval butun figurani, so`ngra uning oldingi oog‘ini bir oz uzunroq yasab qirqib olinadi. Bu old ooqqa sim o`tkaziladi. U mana shu sim vositasida boshqariladi. Tayyorlab qo`yilgan old ooqqa teshik qilinib ip o`tkaziladi, ipning bir uchi ooqqa bir parcha qog‘oz bilan tutashtiriladi va ipning ikkinchi uchi figuradan o`tkazilib tarangroq qilib tortiladi va figuraning ich tomoniga yopishtirib qo`yiladi. Quyida ertak asosida stol teatri qahramonlari namunalari berilgan . Karton teatrning jihozlari. Karton teatrda kartondan yasalgan yassi va hajmli qo`g‘irchoq figuralar ishtirok etadi. Bir tomonlama shakllar ip, sim va shu kabilar yordamida faqat bir tomonga harakat qiladi. Karton teatrda yuqoridan turib ip, sim bilan boshqariladigan shakllar ham qatnashadi, ular yengil harakat qiladilar, burila oladilar. Saxna uch bo`lak karton yoki fanerdan yasaladi. Saxnaning asosiy qismlari: orqa devor, pol va oldi peshtoqli devordir. Devorlarga ikki tomondan karton polosalar yopishtiriladi, bu polosalarga dekoratsiyalar osiladi. Dekoratsiyalarni ularning o`zlaridan kattaroq kartonga yopishtirish kerak, chunki ularda osgichlar qirqiladi. Pardaning rasmi ham o`zidan kattaroq kartonga yopishtiriladi, bu uni ko`tarish va tushirishga qulaydir. Ko`pgina spekt aqllar uchun harakatlanuvchi dekoratsiyalar kerak bo`ladi. Bunday dekoratsiya shakllarning tez harakat qilaotganligini bildirish uchun qo`llaniladi.

Harakatlanuvchi dekoratsiya 3-4 metrli qog‘oz lentadan ishlanib, orqa devorga qilingan teshikdan o`tkaziladi va kerak vaqtda tortib‚ harakatga keltiriladi. Aytaylik, figura chap tomonga harakat qildirilmoqchi bo`lsa, dekoratsiya o`ng tomonga tortilib tez harakat qilaotgandek tasavvur hosil qilinadi. Sahna boshqacha qurilishi ham mumkin, bunday holda uning old qismi trilyajga o`xshaydi. Unda peshtoqsahna oynasi qirqiladi. Bunday holda oyna orqasida undan 2-3 sm oraliqda ingichka dumaloq cho`p o`rnatiladi. Cho`pni o`rnatishdan oldin unga 10 tacha sim aylanalar kirgizilib, ularga suriladigan parda o`rnatiladi. Parda burma bo`lishi uchun kengroq bo`lishi kerak. Punktir bilan agarda ijrochilarning qo`lini yashirishning xojati bo`lmasa, olib tashlanishi oson 9-10 smli bo`lgan taxtacha ko`rsatilgan. Sahna bunday qurilganda dekoratsiyalar ko`p qavatli parda ko`rinishiga ega bo`ladi yoki karton doiraga joylashadi. Bu doira ingichka mixda aylanib, dekoratsiyani tezda almashtirish, ba'zi hollarda harakatlanuvchi dekoratsiyani ko`rsatish imkonini beradi. Dekoratsiyalarning tez almashishi uchun ularni kanselyariya nakolkasiga o`xshash vertushkaga o`rnatiladi. Bu doira taxtaga o`rnatilgan bir bo`lak yo`g‘on simdir. Doira yoki vetushka orqasiga doka yoki tyul tortilgan uch ost ramkadan iborat parda joylanadi. Doka ko`k yoki och ko`k rangga bo`yaladi. Bunday to`siqdan ijrochilar saxnani bemalol ko`rib tura oladilar va shakllarni ishonch bilan boshqara oladilar.Sahnani yoritish katta ahamiyatga egadir. Ularni shunday joylashtirish kerakki, ular saxnani yoritsin-u nuri tomoshabinlarga tushmasin. Musiqa barcha teatr postanovkalarining asosiy elementlaridan biri hisoblanadi. Ma'lumki, spekt aql musiqali kirishdan boshlanadi. Musiqali tanaffus vaqtida dekoratsiya almashadi. Tovush va yorug‘lik effekti bilan birikkan musiqa «Fonus xayol» teatrida ham, stol teatrida ham mukammal badiiy tasvirni yaratish imkonini beradi. Bu teatrlarda ovozga taqlid qilish‚ xo`rozning qichqirishi, mushukning miovlashi, ayiqning o`kirishi hamda shovqin effektlari-yog‘aotgan yomg‘ir ovozi, parovozning pishillashi va shu kabilardan foydalaniladi. Barmoq teatri. yoz oyida bolalarning o`z qo`llari bilan yasagan o`yinchoqlaridan o`yinchoq teatrlari, stol va barmoq teatrlari tashkil qilganda foydalanish mumkin. Bunda bolalar nafaqat oddiy tamoshabin, bo`lib qolmasdan ular mehnat qiluvchi, ijodkorga aylanib, o`zlaridan kichik ukalariga teatr ko`rsatish bilan ularni hursand qiladilar. Barmoq teatri qaxramonlarini qog‘ozdan yasash mumkin. Bu kichik konus va silindr shaklidagi barmoqqa kiyish uchun yasalgan. Qog‘ozdan odam, xayvonlarning kichik shaklida barmoqqa tasvirini tayyorlab, uni barmoqqa qog‘ozdan uzuk shaklida yasalgan qog‘oz halqaga yelimlab, barmoqqa kiyib olinadi. Teatr qaxramonlarini kichik qutichalardan ham yasash mumkin. Qutichalarning tag tomonidan barmoqni kirgizish uchun joy tayyorlab, qutichaga xohlagan qiofa berish mumkin. Qutichaning qulay tomonidan barmoq sig‘adigan kichik teshikcha qilib qo`yiladi, masalan: gugurt qutisidan, kublardan, dumaloq shakldagi qutichalardan va boshqalardan. Barmoq teatri uchun turli xil gazlamalardan foydalanish ancha keng tarqalgan. Bunda gazlamaning sitilib ketmaydigan xili tanlanadi va uning teskari tomonidan tikib, so`ngra o`ngiga ag‘dariladi, qolgan joyi tikib chiqiladi. Bolalarga andozaning teskari tomonidan tiqishni, ko`z, qosh, burun, og‘iz kabilarni tiqish yoki yopishtirish ker aqligini aytib, ularni bajarishga undash mumkin. Bolalar mustaqil soch, jiyak, lenta va to`rdan bez aqlarni o`zlari tikadilar. Paralondan ham barmoq teatri qaxramonlarini yasash mumkin. Paralondan turli qaxramonlarning bosh qismini tayyorlab, barmoqqa kiygazish joyini qilib, qahramonlarni bezatishda matolardan ham foydalanish mumkin. Maktabga tayyorlov guruxi bolalari ishtirokida barmoqqa kiyish uchun qaxramonni barmoqqa mos qilib bichib, usti tomonidan «halqa» choki bilan, ba'zan esa to`g‘ri chok bilan ichki tomonidan tikib,o`ngi tomoniga o`giriladi. Detallarni bolalar o`zlari tugmacha, jun iplar yordamida jihozlaydilar. Barmoq teatrini qog‘oz quyuqasidan ham yasash mumkin. Bunda qog‘ozdan silindr shaklini yasab, barmoqka mos qilib qog‘oz quyqani silinrga kirgizib, co`ng hohlagan shaklni yasash mumkin. Qurigandan keyin bosh qismlarni bo`yash lozim. Ularga ba'zi detallarni qog‘ozdan qirqib, yelimlab qo`ysa bo`ladi. Masalan: quloqlarni, ko`zlarni esa tugmachadan, matolardan, turli iplardan sochlarni qilish mumkin. Bunday o`yinchoqlarni katta maktabgacha yoshdagi bolalar mustaqil bajaradilar. Kartonga chizib qirqilgan shakllardan: qizcha, qushcha, hayvonlar boshining orqa tomoniga kichik karton qog‘oz qoldig‘idan barmoq sig‘gulik qilib yopishtirib qo`yish mumkin. Barmoq teatri boshqa teatrlar kabidir, lekin uning farqi shundaki har bir ertak qaxramoni bolalarning barmoqlariga mos kichik yoki ertak ko`rsatuvchining barmog‘iga to`g‘ri keladigan qilib tayyorlanadi.


Yüklə 21,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin