8-mavzu. Menejment madaniyati va uslublari



Yüklə 160,86 Kb.
səhifə1/2
tarix17.04.2023
ölçüsü160,86 Kb.
#99119
  1   2
kurilisda menezment maruza 8 (2)


8-mavzu. Menejment madaniyati va uslublari
1. Menejment madaniyati va uslublari tushunchasi.
2. Menejment madaniyatining asosiy turlari.
3. Muzokaralar olib borish etikasi.
4. Rahbarlik uslubi
5. Vakolat doirasida boshaqaruv funksiyalari
Rahbar madaniyati deganda rahbar adabi va iqtidori o‘rtasidagi dialektik bog‘lanish tushuniladi. Bu bog‘lanish quyidagi fazilatlar majmuasida o‘z aksini topadi:

Rahbar madaniyati = adab1+iymon+insof+adolat+iqtidor.

Adab-aqlning suyanchig‘i, barcha fazilatlarning mezoni. Behudaga xalqimizda “Aql bilan adab- egizak” deyishmaydi. Adab- yaxshilik bilan yomonlikning farqini bilish, foyda bilan zarar orasidagi tafovutni anglashdir. Adab vositasida kishi o‘z jonini yomon xislatlardan davolaydi, yoqimsiz ayblardan poklaydi, chiroyli fazilatlardan bezaydi.
Adab rahbarni eng chiroyli xulq bilan qurollantiradi. Natijada aql egalari bunday rahbardan har ishda rozi bo‘ladilar. Adabli rahbar esa kundan kunga obru topadi, nufuzi oshadi, ishlari ravnaq topadi.
Ba’zi hokimlar adabni eng mas’um va ko‘rkam fe’lga ega bo‘lish desalar, ba’zilari nafsni barcha qabih odatlardan tozalash deydilar. Demak, rahbardagi adabning mavjudligi, bu noyob ne’matning mavjudligidir.
Umuman adab ikki xil bo‘ladi:
hikmat adabi;
xizmat adabi.
xikmat adabi poklik va to‘g‘ri yo‘lga etaklaydi. xizmat adabi esa badavlatlik va obro‘ga etkazadi. xar ikkisi ham ulug‘ fazilat bo‘lib, biri aziz qilsa, ikkinchisi qudratli qiladi.

Adab rahbarni aql va ahloq egasi bo`lishga, vijdonli, or-nomusli, sof ko`ngilli, subutli bo`lishga da’vat etadi.

Iymon ardabcha so‘z bo‘lib, lug‘aviy ma’nosi- ishonchdir. Iymonli kishini, xususan rahbarni qisqacha shunday tavsiflash mumkin:


e’tiqodli, ya’ni o‘z fikr va qarashlariga mahkam, sobitqadamlik bilan ishonish va o‘zgalarni ham o‘zidek hisoblab, ularning lafziga samimiyat bilan ishonnishdir. E’tiqod jur’atni, mardlikni, fidoiylikni taqoza qiladi;
maslakli, ya’ni o‘ziga xos aqidalari bilan boshqalardan ajralib turuvchi ijtimoiy, siyosiy, ilmiy, g‘oyaviy va diniy yo‘l sohibi;
taqvodor, ya’ni birovning haqiga xiyonat qilmaydigan;
sharm-hayoli, ya’ni har qanday nojo‘ya hatti-harakatlardan o‘zini tiya oladigan;
oriyatli, ya’ni o‘ziga nomunosib yoki ep ko‘rilmagan ishdan, narsadan xijolat tortadigan;
andishali, ya’ni oqibatini o‘ylab ish qiladigan, yuz-xotirni biladigan, farosatli;
vijdonli, ya’ni nohaq, adolatsiz ishlardn g‘azabga keladigan, bularga qarashlik bildiradigan: o‘z faoliyatining yaxshi tomonlaridan qanoatlanib, xursand bo‘ladigan, yomon tomonlaridan norozi bo‘lib, ruhan eziladigan, ya’ni vijdon azobiga tushadigan.
Sodda qilib aytganda:
Iymon uch narsaning butunligidan hosil bo‘ladi: e’tiqod, iqror va amal. E’tiqod- bu ishonch. Iqror-so‘zda buni tan olish. Amal-yaxshi ishlar bilan uni isbotlash.
Insof- bu adolat va vijdon amri bilan ish tutish tuyg‘usi va qobiliyati, ishda, kishilarga munosabatda halollik, tug‘rilik, barobarlik, sofdillik va haqiqitgo‘ylikdir. O’zgani o‘z o‘rniga va shuningdek, o‘z o‘rniga o‘zgani xayolan qo‘yib ko‘rish ham insofga kiradi. To‘q ochni, boy kambag‘alni, baxtli baxtsizni, tole baland tolei zabunni, omadli omadsizni, sog‘lom bemorni o‘z o‘rniga quyib ko‘rolsa va aksincha ham xuddi shunday bo‘lsa, olam guliston- insoflilar safi ko‘payaveradi.
Insof-har qanday kishining, xususan rahbarning jamiyat oldida, tevarak- atrofidagi kishlir oldida o‘z hatti -harakati bilan ma’naviy ma’suliyatini his etishining ifodasidir.
Adolat-bu barcha fazilatlar ichidagi eng oliy fazilatdir. Adolatparvar rahbarning axloqiy hislatlari bemalol qonun o‘rnini bosaoladi. Ulug‘ alloma Nosiriddin Tusiy ijtimoiy adolatning uchta asosiy talabi mavjudligini va jamiyat turaqqiyotini belgilovchi muhim omil ekanini a’lohida o‘qtirgan edi:
Adolatning birinchi talabi:
aholi turli tabaqalarining o‘zaro o‘yg‘un bo‘lishini ta’minlashdir.
Adolatning ikkinchi talabi:
el-ulusining haq-huquqi teng ta’minlangan holda kishilarni xizmatga tayinlashda shaxsning salohiyati va imkoniyatlaridan kelib chiqish.
Adolatning uchinchi talabi:
barchaning teng farovonligini himoya qilish bilan birga bu farovonlikni yuzaga keltirishdagi xizmati va huquqiga qarab har bir inson o‘z ulushini olishga imkon yaratishdan iborat.
Bu kabi davr va hayot tajribasida tasdiqlangan fikrlar oradan sakkiz asr chamasi o‘tib, Prezident Islom Karimovning rahbarlik faoliyatida o‘ziga xos tarzda ifoda topmoqda. Bunga ishonch hosil qilmoq uchun yurtboshimizning ma’ruzalaridan biridagi ushbu nuqtaga diqqat qilaylik:
“Davlat jamiyatning keskin tabaqalanishiga-oshib-toshib ketgan boylaru kambag‘al qashshoqlarga bo‘linib ketishga yo‘l qo‘ymasligi kerak”.
Bundan shu xulosa kelib chiqadiki, har turli qing‘ir yo‘llar bilan haddan tashqari boylik orttirib o‘zini qo‘yarga joy topolmay, “ to‘qliqqa sho‘xlik” qiladigan kimsalarning jilovini tortib qo‘yish bilan birga, halol menat kishilariga imkoniyat yaratib berish, ularni qo‘llab quvvatlash, zurur bo‘lsa, rag‘batlantirib borish davlat siyosatining muhim yo‘nalishlariga aylangan.
Adolatning ikkinchi talabi sifatida Prezident jamiyat taraqqiyoti va uning siyosiy muhitini belgilashda rahbar kadrlarni tanlash va ularni joy-joyiga qo‘yishga katta ahamiyat beradi va bu masalaga hal qiluvchi ma’naviy-siyosiy omil, tub islohatlarning tayanchi va bosh yo‘naltiruvchi kuchi, deb qaraydi:
“Xalqning dardiga befarq qaraydigan, o‘z manfaatidan boshqa narsani o‘ylamaydigan, xudbin va ta’magir rahbarlar mamlakatimiz ravnaqiga, xalqimiz farovonligiga to‘siq bo‘lmoqda. Endi ular bilan murosa qilib bo‘lmaydi. Bizga shunday rahbarlar kerakki, toki ular elim deb, yurtim deb quyib-yonib, o‘z halovatlaridan kechib mehnat qilsinlar!
Barcha bo‘g‘inlarda insofli, diyonatli, bilimdon, tajribali rahbarlar boshchilik qilmas ekan, mustaqil mamlakatimizning obro‘si, uning manfaati uchun mardlik, jonkuyarlik bilan ishlmas ekan ishlarimiz ko‘ngildagidek bo‘lmaydi”.
Adolatli jamiyatda xalqning ertangi kunga ishonchi va bunyodkorlik ishiga rag‘bati kuchli bo‘ladi. SHuning uchun ham Prezidentimiz:
“Biz shunchaki demokratik davlat emas, balki adolatparvar demokratik davlat qurishga itilayapmiz. Adolatga intilish- xalqimiz ma’naviy-ruhiy dunyosiga xos eng muhim nususiyat. Adolatparvarlik g‘oyasi butun iqtisodiy va ijimoiy munosabatlar tizimiga singib ketishi, ijtimoiy ko‘maklashuv mexnaizmida o‘z aksini topishi kerak”, degan masalani dolzarb vazifa qilib qo‘ydi.
Iqtidorli2 deganda biror soha bo‘yicha layoqatini ongli ravishda sezgan, o‘zidagi qobiliyatni ttla namoyon qilish uchun qat’iyyat ko‘rsata oladigan kishilar tushiniladi. Io‘tidorli odamlar kuch-quvvatini ayamaydi va kutiladigan natijasiga - maqsadiga etadi, ya’ni bor bo‘yicha ko‘rsatadi.
Ular ishda mardlik, chidamlilik, o‘z-o‘zini boshqara olish, tashabbuskorlik kabi hislat va fazilatlarga ega bo‘lishadi, o‘z xatti-harakatlariga hamisha tanqidiy ko‘z bilan qaraydilar, doimo olg‘a qarab intiladilar, erishgan samaralari bilan hech qachon cheklanib qolmaydilar. Iqtidorli insonlar o‘z faoliyatlari bilan hatto ba’zi bir kamharakat katta iste’dod egalariga qaraganda ham jamiyatga foyda etkazadilar qayd qilingan fazilatlar mujassamlanmagan rahbar rahbarlik lavozimiga yoki tanish-bilish, yoki qarindosh urug‘chilik, yoyinki pora berib erishgan. Bu nafaqat davlatning, balki butun xalqning to’rgan-bitgan sho‘ridir.
Amalayotda rahbar madaniyati aniq ko‘rsatkichlarda o‘z ifodasini topadi. Ularni quyidagi uch guruhga bo‘lish mumkin.
Rahbar madaniyatiga baho berish uchun qo‘llaniladigan ko‘rsatkichlar

¹

Obyekt

Ko‘rsatkichlar tizimi

1.

Rahbarning o‘ziga nisbatan madaniyatliligi

so‘z bilan ishning birligi:
o‘z kasbiy mahoratini, iqtidoriy-ma’naviy komilligini o‘stirish ustida qayg‘urish;
Oqilona turmush tarzi, jismoniy sog‘lomligini saqlash;
o‘z-o‘zini tanqid asosida o‘z kamchiliklarini bo‘yniga olmoq;
o‘zini intizomga bo‘ysundirish;
o‘z malakasini oshirishga bo‘lgan intilish va uning uddasidan chiqaolish;
harakatning maqsadga qaratilganligi va qat’iyligi;
o‘ziga va mehnat faoliyatiga bo‘lgan talabchanlik;
axloqning quyidagi alifbolariga qat’iy rioya qilish:
kamtarinlik
haqgo‘ylik
halollik
o‘zini tuta bilishlik
oddiylik
to‘g‘rilik, vijdonlik.

2.



Rahbarning jamoaga nisbatan madaniyat-liligi



Xalqparvarligi, ya’ni:
kishilarga e’tibor va hurmat;
kishilarga xayrxox va iltifotli bo‘lish;
olijanoblik va beg‘arazlik, xolislik;
kishilarning qadr-qimmatiga etish kabilar.
Fuqarolik va kasbiy burchini bajarish;
Odamlarga ishonch, kishilarning o‘z kuchiga, qobiliyatiga bo‘lgan ishonchini qo‘llab-quvvatlay olish, uni shaxsiy kamchiliklarini bartaraf qilishga yo‘naltiri bilish;
Yuqori nutq madaniyatigi ega bo‘lish va tashqi ko‘rinishdagi ozodaligi;
Salbiy fazilatlargi ega bo‘lgan, qonun-qoidalarga rioya qilmaydigan, adabsiz kishilarga, shu jumladan, qomu-qarindosh va yaqin-tanish, bilishlarga nisbatan toqati yo‘q;
O’zaro munosabatdagi quyidagi odddiy etiket qoidalariga rioya qilish:
Xushmuomala;
Sipolik;
Kamsuqumlik;
Andishali;
Vazminlik.
Mehnat va do‘stlikdagi sherikchilikda:
o‘zaro yordam va quvvatlash;
hozirjavoblik va majburiylik, so‘zsiz bajarishlik;
printsipiallik va ishonch;
talabchanlik.

3.

Rahbarning jamiyatga nisbatan madaniyatliligi.

Yuqori darajadagi fuqarolik, vatanparvarlik va baynalminallik;
Jamiyat baxtxsaodati yo‘lida halol mehnat qilish, jamiyat boyligini ko‘paytirish haqida g’amxo‘rlik qilish;
qonunlarga, huquqiy akt va bitimlarga, davlat intizomiga qat’iy rioya qilish;
Ijtimoiy burchni yuksak darajada anglash, jamiyat manfaatlarini buzilishlariga nisbatan shavqatsiz bo‘lish;
xuquqiy, moddiy va ma’naviy javobgarlikni tan olish va rioya qilish;
Ko‘pfikirlikka ochiqko‘ngillik bo‘lish va uni hurmat qilish.

xar qanday holatda ham rahbar qaysi bo‘g‘inda rahbar bo‘lishidan qat’iy nazar o‘zining asosiy majburiyati, ya’ni qo‘l ostidagilarni o‘zining misolida tarbiyalashni unutmasligi kerak. Chunki rahbar nafaqat lavozim, u o‘z navbatida ham tarbiyachi, ham sotsiolog, ham psixologdir, sodda qilib aytganda rahbar - bu kishilar o‘rtasidagi murakkab munosabatlarni sozlovchi, uyg‘unlashtiruvchi “muxandisdir”. Bugungi kundagi jamiyatimiz ana shunday rahbarlarga o‘ta muhtojdir.


Rahbar xodimlarni qabul qilish madaniyatiga ega bo‘lishi lozim. Chunki, xodimlarni qabul qilish, ularning tashvishlariga quloq olish, og‘irlarini engil qilish har bir rahbarning burchi va avzifasi hisoblanadi. SHuning uchun ham qabul madaniyatiga rioya qilish uchun rahbar quyidagilarga e’tibor bermog‘i lozim:
suhbatdoshingizni qancha vaqtingiz borligi to‘g‘risida ogoxlantiring;
faqat suhbatdoshingiz gaplariga mo‘ljal olib vaziyatni ko‘z oldingizga keltiring;
to‘xtatib bo‘lmaydigan, uzil-kesil munozaradan o‘zingizni tiying;
o‘z fikringizni ishonchli va batafsil ayting;
o‘z g‘oyangizni izchillik bilan bayon eting;
ovozingizni baland qilmasdan gapiring, so‘zlaringiz dona-dona va ravon bo‘lsin;
qarshi tanbeh hollarda o‘zingizga nisbatan tanqidiy yondoshing;
shunchaki fikrlash yoki haqiqatdan ham shunaqami-bular o‘rtasidagi farqni biling;
savollarni shunday tuzingki, ularni tushunish bir xilda bo‘lsin;
muammo muhokamasini aniq yechim bilan tugating;
ishni qalashtirmang. Zudlik bilan ko‘rsatma bering;
suhbatdoshingizning yumushi o‘zi uchun o‘ta muhim ekanligini unutmang.
qabulingizda bo‘lgan kishining muommosini yechish imkoniyatingiz bo‘lmagan taqdirda ham siz u kishini samimiy, iltifot bilan kuzating va xayrxohlik bilan ishining o‘nglab ketishiga umid bag‘shida eting.

Yüklə 160,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin