Buyurtma birligining tannarxi uning bajarilishi (mahsulot ishlab chiqarilishi, ishlar
bajarilishi yoki xizmatlar ko‘rsatilishi) tugallangandan keyin aniqlanadi. Buyurtma
bo‘yicha xarajatlarning butun summasi uning tannarxini tashkil qiladi. Agar ushbu
buyurtma bir xildagi mahsulot (ishlar, xizmatlar) turkumidan iborat bo‘lsa, mahsulot
(ishlar, xizmatlar) birligining tannarxi mazkur buyurtma bo‘yicha xarajatlar summasini
mahsulot birliklari miqdoriga bo‘lish orqali aniqlanadi.
Buyurtmalar qisman bajarilib, ular buyurtmachilarga topshirilganda qisman ishlab
chiqarish tannarxi ularning konstruksiyalari, texnologiyalari, ishlab chiqarish shart-
sharoitlaridagi o‘zgarishlarni hisobga olgan holda ilgari bajarilgan buyurtmalarning
tannarxi bo‘yicha baholanadi.
Tannarxni aniqlashning
bosqichli usuli
boshlang‘ich xom ashyo va materiallar ishlab
chiqarish jarayonida bir qator bosqich, faza, pog‘onalardan o‘tadigan tashkilotlarda
qo‘llanadi. Ushbu usulda avval barcha mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ning tannarxi,
so‘ngra uning birligi tannarxi aniqlanadi.
Bosqichli usul tashkilotning tarmoqqa mansubligiga bog‘liq holda ikki variantda
amalga oshirilishi mumkin: yarim tayyor mahsulotli va yarim tayyor mahsulotsiz
variantlarda.
Yarim tayyor mahsulotli variantda har bir bosqich bo‘yicha mahsulot (ishlar,
xizmatlar) tannarxi hisoblab chiqariladi qamda u avvalgi bosqichlar mahsuloti (ishlar,
xizmatlar)ning tannarxi va mazkur bosqich bo‘yicha xarajatlardan iborat bo‘ladi. Oxirgi
bosqich mahsulotining tannarxi barcha tayyor mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxi hamdir.
Yarim tayyor mahsulotsiz variantda faqat oxirgi bosqich mahsulot (ishlar, xizmatlar)
tannarxigina hisoblab chiqariladi. Bunda xarajatlar avvalgi bosqichlar mahsuloti (ishlar,
xizmatlar)ning tannarxini hisobga olmasdan, har bir bosqich bo‘yicha alohida hisobga
olinadi. Tayyor mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxiga barcha alohida bosqichlar bo‘yicha
uni ishlab chiqarish xarajatlari kiritiladi.
Bir texnologik jarayonda bitta xom ashyo va materiallardan turli xildagi, ulardan har
biri o‘zining sotish narxiga ega bo‘lgan mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) bir vaqtning o‘zida
ishlab chiqarilganda ushbu turdagi mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) birgalikda ishlab
chiqariladigan mahsulot (ishlar, xizmatlar) deb ataladi.
Asosiy mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish jarayonida yuzaga keladigan
mahsulot (ishlar, xizmatlar), sotish qiymati asosiy mahsulot (ishlar, xizmatlar)ga
qaraganda juda past bo‘lgan mahsulot (ishlar, xizmatlar) qo‘shimcha mahsulot (ishlar,
xizmatlar) deb ataladi.
Qo‘shimcha mahsulot (ishlar, xizmatlar)dan birgalikda ishlab chiqariladigan
mahsulot (ishlar, xizmatlar)ning farqi shundan iboratki, ularni taqsimlash nuqtasiga
yetgunga qadar turli xildagi mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) sifatida identifikatsiyalash
mumkin emas.
Dostları ilə paylaş: