o
3120-«Oldindan to‘langan xizmat haqi»;
o
3190-«Boshqa bo‘nak xarajatlari»;
o
8910-«Kelgusi xarajatlar va to‘lovlar rezervi».
Ishlab chiqarish xarajatlarini elementlari va kalkulyatsiya moddalari bo‘yicha
hisob yuritishni ta’minlash maqsadida asosiy ishlab chiqarishning barcha xarajatlari
2010-«Asosiy ishlab chiqarish» schyotida tayyorlanayotgan mahsulot turlari bo‘yicha
guruhlanadi.
2010-«Asosiy ishlab chiqarish» schyotidan xarajatlarni hisobga olishda quyidagi
korxona va tashkilotlar foydalanadi:
mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha sanoat va qishloq xo‘jaligi korxonalari;
qurilish-montaj, geologiya-qidiruv ishlarini bajarish bo‘yicha pudrat, geologiya
va loyiha qidiruv tashkilotlari;
xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha transport va aloqa korxonalari;
ilmiy-tadqiqot va konstruktorlik ishlarini bajarish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot
korxonalari;
avtomobil yo‘llarini asrash va ta’mirlash bo‘yicha yo‘l xo‘jaliklari.
Ushbu schyotning debetida mahsulotlar ishlab chiqarish, ishlar bajarish va
xizmatlar ko‘rsatish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan to‘g‘ri xarajatlar, shuningdek,
yordamchi ishlab chiqarish xarajatlari, brakdan ko‘rilgan yo‘qotishlar va asosiy ishlab
chiqarishni boshqarish va xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan egri xarajatlar aks
ettiriladi.
2010-«Asosiy ishlab chiqarish» schyotining kreditida ishlab chiqarilgan tayyor
mahsulot, bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlarning haqiqiy tannarxi summasi aks
ettiriladi.
Dostları ilə paylaş: