korxonada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning hech qaysisining tannarxi oshib yoki
kamayib ketmaydi. Bu mahsulotni bozordagi mavqeini saqlab qolishga yordam beradi.
Taqsimot bazasini aniqlash umumishlab chiqarish xarajatlarni taqsimlashdagi yana
bir muammolardan biridir. Umumishlab chiqarish xarajatlari quyidagi taqsimot bazalariga
nisbatan taqsimlansa maqsadga muvofiq bo‘ladi:
-ishlab chiqarish binolari ijara haqi ularning joylashgan maydoniga muvofiq;
-ishlab chiqarishdagi mashina va uskunalar ijara haqi haqiqatda ishlagan ish
soatlariga muvofiq;
-ishlab chiqarish binolarini yoritish, isitish va saqlash xarajatlari ularning joylashgan
maydoniga muvofiq;
-ishlab chiqarishga xizmat ko‘rsatish bilan band bo‘lgan ishlab chiqaruvchi
xodimlarga ish haqi xarajatlari hisoblangan ish haqiga mutanosib ravishda;
-asosiy ishlab chiqarish vositalarini to‘liq tiklash uchun amortizatsiya ajratmalari
hamda ularni remont qilish xarajatlari ularning boshlang‘ich qiymatlariga muvofiq.
Dostları ilə paylaş: