8-mavzu. Moddiy, mehnat haqi va ustama xarajatlari hisobi mavzu rejasi: Xarajatlar to‘g‘risida tushuncha


 Xizmat ko‘rsatish xarajatlari va hisobi



Yüklə 0,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/12
tarix13.12.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#174753
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
8-mavzu. Moddiy, mehnat haqi va ustama xarajatlari hisobi mavzu

9. Xizmat ko‘rsatish xarajatlari va hisobi. 
Xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklarda ishlab chiqarilgan mahsulot, bajarilgan ish va 
ko‘rsatilgan xizmatlar bilan bog‘liq xarajatlar to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish 
2710 "Xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklar" schyotida amalga oshiriladi. 
Korxonaning xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklari sifatida korxonaning maqsadi bo‘lgan 
faoliyati mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish va xizmatlar ko‘rsatish bilan bog‘liq 
bo‘lmagan ishlab chiqarish va xo‘jaliklar tushuniladi. Jumladan, ushbu schyotda 
korxonaning balansida bo‘lgan sog‘liqni saqlash ob’ektlari, bolalar bog‘chalari, uy-joy 
kommunal xo‘jaligi ob’ektlari, sport va madaniyat, tikuvchilik va boshqa maishiy xizmat 
ko‘rsatish ustaxonalari, oshxona va bufetlar, ilmiy-tadqiqot va konstruktorlikka oid 
ajratilgan bo‘linmalarni saqlash xarajatlari aks ettiriladi. 
2710 "Xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklar" schyotining debetida xizmat ko‘rsatuvchi 
xo‘jaliklarda mahsulot ishlab chiqarish, ish bajarish va xizmatlar ko‘rsatish bilan bog‘liq 
xarajatlar aks ettiriladi. Xarajatlar 2710 "Xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklar" schyotning 
debetiga tovar-moddiy zaxiralari, mehnat haqi to‘lash bo‘yicha xodimlar bilan hisob-
kitoblar va boshqalarni hisobga oluvchi schyotlarning kreditidan hisobdan chiqariladi. 
2710 "Xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklar" schyotining kreditida xizmat ko‘rsatuvchi 
xo‘jaliklar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulot, bajarilgan ish va ko‘rsatilgan 
xizmatlarning haqiqiy tannarxi aks ettiriladi. Ushbu summalar 2710 "Xizmat ko‘rsatuvchi 
xo‘jaliklar" schyotining krediti bo‘yicha tovar moddiy zaxiralari va boshqalarni hisobga 
oluvchi schyotlar bilan bog‘langan holda aks ettiriladi. 
2710 "Xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklar" schyoti bo‘yicha oy oxiridagi qoldiq 
tugallanmagan ishlab chiqarish qiymatini ko‘rsatadi. 
2710 "Xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklar" schyotlari bo‘yicha analitik hisob har bir 
xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jalik va xarajat elementlari, moddalari bo‘yicha va mahsulot turlari 
bo‘yicha yuritiladi. 
Xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklarni hisobga oluvchi schyotlarning bog‘lanishi 

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin