8-mavzu: O’qituvchining ta’lim jarayoniga kreativ yondashuvi. Reja



Yüklə 66 Kb.
səhifə1/2
tarix23.10.2023
ölçüsü66 Kb.
#160012
  1   2
8-mavzu ma\'ruza


8-mavzu: O’qituvchining ta’lim jarayoniga kreativ yondashuvi.
Reja:
1. O’qituvchining ta’lim jarayoniga kreativ yondashuvi
2. Pedagogning kreativlik sifatlari.

Tayanch tushunchalar: Ijtimoiy, iqtisodiy, ta’lim, fan, texnika, ijodkor, iste’dod, ta’lim, rivojlanish, modernizatsiya, dunyoqarash, qobiliyatni. 
Bugungi kunda jahonning ilg’or mamlakatlari qatori respublikamizda ham
ta’lim tizmini islox qilishga katta e’tibor berilmoqda. Bunday zamonaviy ijtimoiy
iqtisodiy rivojlanishlar, talim tizmining modernizatsiya qilinishi, uni tarkibiy
jihatdan qayta qurish, ta‟lim, fan, texnika va texnologiyalarning, iqtisodiyot va
madaniyatning jaxon miqyosdagi zamonaviy yutuqlarini hisobga olgan holda ta’lim
dasturlarini o’zgartirib, yangilab borishni ko’zda tutadi. Ta’lim muassasalarining bir
turi sifatida maktabgacha ta’lim tashkiloti, bolalarning tarbiyasi, ta’limi, rivojlanishi
va salomatligiga yaxshi yo’nalganligi bilan bog’liq umumiy xususiyatlarga ega.Shu
asnoda tarbiyalanayotgan bolalarning yosh xususiyatlariga ko‟ra maktabgacha
ta‟lim tashkiloti faoliyati boshqa ta‟lim tashkilotlarida kechadigan pedagogik
jarayonlardan jiddiy farq qiladi va bugungi kunda ushbu ta‟lim turiga e’tibor
kuchaytirilmoqda. Muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev o‟zining “Buyuk
kelajagimizni mard va olijanob halqimiz bilan birga quramiz” kitobida: “O‟z
xalqiga fidoyi, biz boshlagan ishlarni davom ettirishga qodir bo‟lgan, har
tomonlama yetuk rahbar oldida dolzarb vazifa – kelgusi avlodni komil inson qilib
tarbiyalash vazifasi turibdi”- degan fikrni e’tirof etadilar. O’zbekiston Respublikasi
Prizidenti SH.Mirziyoyevning Oliy Majlisga murojaatnomasida “bola dunyoga
kelganidan boshlab, unda aynan maktabgacha bo‟lgan yoshda aqliy faollik oshadi,
axloqiy- estetikva jismoniy xislatlar shakillanadi. Shu bois ham kelgusi yillarda
maktabgacha ta‟lim sohasini rivojlantirish borasidagi strategik maqsadimiz-
bog‟cha yoshidagi har bir bolani ushbu ta‟lim yo‟nalishi bilan to‟liq qamrab
olinishi uchun zarur sharoitlarni yaratishdan iborat. Kelgusi yil yakuni bilan
maktabgacha ta‟lim qamrovini 65%ga, 2023 yil oxirida esa 75% yetkazishimiz kerak” deya fikr bildirgan.Bundan tashqari Prezident SH. Mirziyoyevning 2019- yil
19- oktyabrdagi maktabgacha ta‟lim tizmini tubdan takomillashtirish masalalariga
bag‟ishlangan yig‟ilishda ta‟kidlaganlaridek: “Qaysi sohani olmaylik, biz
zamonaviy yetuk kadrlarni tarbiyalamasdan turib biron bir o‟zgarishga, farovon
hayotga erisha olmaymiz. Bunda kadrlarni, millatning sog‟lom genofondini
tayyorlash, avvalo, maktabgacha ta‟lim tizimidan boshlanadi”. Zamonaviy
dunyoning innovatsiyalariga moslashish, doimiy yangilanuvchi jamiyat hayotiga
mos yosh avlodni tayyorlash va uni zamon talablariga muvofiq takomillashtirish
jarayonlarida faol ishtirok etish qobiliyatini rivojlantirish bugungi kunning asosiy
vazifasi hisoblanadi va bunda pedagoglarning faolligi, ta‟lim jarayoniga yangicha
yondashuvi muhim ahamiyat kasb etadi. O’zbekistonda maktabgacha ta‟lim tizimini
tubdan isloh qilishda ta‟lim jarayonning barcha shakllarini eng qulay va samarali
holatda tashkil etish, ularni shaxs kamoloti maqsadlari tomon yo’naltirish,
tarbiyalanuvchilarda dunyoqarash, qobiliyatni shakllantirish va ularda jamiyat
uchun zarur bo‟lgan faoliyatga moyillik uyg‟otishdir. Pedagogning ko’p qirrali
faoliyati va uning qobiliyati, ijodkor va fidoiy bo‟lishi hamda shogirdlarni barkamol
insonlar qilib tarbiyalash masalasi davlat siyosati darajasidagi dolzarb masalalardan
biridir. Pedagogik mahoratga ega bo‟lgan pedagog tarbiyadagi qiyinchiliklarni
yengishga qodir bo‟lgan nufuzli rahbar, o‟sib kelayotgan yosh avlodning ma‟naviy
dunyosini tushuna oladigan, ularning tuyg‟ularini his qila oladigan, ichki dunyosi
nozik bo‟lgan bola shaxsiga mohirlik bilan avaylab yondashadigan, donolik va
ijodiy dadillik, ilmiy tahlil, xayol va fantaziya, chuqur ilmiy tafakkurga ega bo‟lgan
shaxslardir. “Kreativlik” tushunchasi o‟zida madaniy xilma-xillikni aks ettiradi.
G‟arb kishilari uchun kreativlik, umuman olganda, yangilik sanaladi. Ular kreativlik
negizida no‟ananaviylik, qiziquvchanlik, tasavvur, hazil-mutoyiba tuygusi va
erkinlik mavjud bolishiga e‟tiborni qaratadilar. Sharqliklar esa, aksincha,
kreativlikni ezgulikning qayta tugilish jarayoni, deb tushunadilar. Garchi g‟arblik
vasharqliklarning kreativlik borasidagi qarashlari turlicha bo‟lsa-da, biroq, har ikki
madaniyat vakillari ham mazkur sifat va unga egalikni yuqori baholaydilar.
Kreativlikni: ijodga intilish, hayotga ijodiy yondashish, o‟ziga doimiy tanqidiy
nazar solish va tahlil etish deyish mumkun. Hozirgi zamon psixologiya
vapedagogika lug’atlariga asoslanib o‟qituvchining kreativligi deb uning
fikirlaridagi sezgilaridagi, muloqotdagi, alohida faoliyat turidagi, ijodiy yondashish,
bilish darajasi deb ta’riflash mumkun. Kreativlik insonda mavjud ma‟lumotlarni
qayta ishlab chiqarish va ularni cheksiz yangi modelini yaratishga javob
beradi.Ta‟lim sohasiga qo‟yiladigan talablar orasida maktabgacha ta‟lim
tashkilotlari mutaxassislarining kasbiy va kreativ kompetentligini oshirish uchun
qator chora- tadbirlar yo‟lga qo‟yilgan. Pedagog shaxsiga qo’yiladigan talab – eng
avvalo o‟z ustida izlanishlar olib borishidir. Shunday ekan, maktabgacha ta‟lim
tizimida eng muhim ehtiyoj maktabgacha ta‟lim tashkiloti mutaxassislarining
kasbiy yetukligi bilan birga kreativ kompetentligi hamdir. Maktabgacha ta‟lim
tashkilotlari o‟quv faoliyatining sifati o‟quv jarayonini rejalashtirish, uni amalga
oshirish, o‟quv reja, dasturlarining mazmun mohiyati bilan, balki bolalarning olgan
bilimlari, malaka va ko‟nikmalari, mustaqil ravishda olgan bilimlari bilan bog‟liq ta‟lim natijasi sifati bilan belgilanmoqda. Har tomonlama taraqqiy etgan, aqlan va
ma’nan barkamol, jismonan va ruhan tetik farzandlarni maktabgacha tarbiya
tashkilotlarida kamol toptirish ahamiyati, Vatanimizning ravnaqi bugungi kunda
yosh avlodlarga bergan ta‟lim sifati va tarbiya mohiyati bilan chambarchas
bog‟liqligi alohida dolzarblik kasb etadi. Mamlakatimizda bu borada amalga
oshirilayotgan islohotlar buyuk ma’naviy fazilatlarga ega, insoniy fazilatlarni o‟zida
mo‟jassamlashtirgan, yetuk kadr sifatida faoliyat yuritishga zamin hozirlaydi.
Kreativlik ta‟lim jarayonini tashkillashtirishni o„zida mujassamlashtirib, kreativ
ta‟lim jarayonini qurish, ta‟lim texnologiyalaridan ijodiy salohiyatni rivojlantirish,
turliuslublar, bilim va ko„nikmalar muvozanatini rivojlantirishni o„z ichiga oladi.
Kreativlikning mohiyati - intellekt insonning aqliy salohiyati bo„lsa, kreativlik ana
shu aqliy salohiyatni maqsadga yo„naltirilgan tarzda erkin ishlata olish qobiliyati
hisoblanadi. Shaxsda kreativlik sifatlarini rivojlantirish jarayonining umumiy
mohiyatinito„laqonli anglash uchun dastlab “kreativlik” tushunchasining ma‟nosini
tushunib olish talabetiladi. “Kreativlik” tushunchasini quyidagicha sharhlash
mumkin: Kreativlik (lot., ing.“create ” – yaratish, “creative” – yaratuvchi, ijodkor)
– individning yangi g„oyalarni ishlabchiqarishga tayyorligini tavsiflovchi va
mustaqil omil sifatida iqtidorlilikning tarkibigakiruvchi ijodiy qobiliyati. Odatda
pedagoglarning kreativlik qobiliyatiga ega bo‟lishlari peadgogik muammoni hal
qilishga intilish, ilmiy tadqiqot ishlari yoki ilmiy loyihalarni amalga oshirish va
o‟zoro ijodiy hamkorlikka erishishlari orqali ta‟minlanadi, shakillantiriladi va asta-
sekin takomillashtirilib, rivojlantirib boradi. Pedagog ijodiy faoliyatni tashkil
etishda muammoli masalalarni yechish, muammoli vaziyatlarni tahlil qilish,
shuningdek, pedagogik xarakterdagi ijod mahsulotlarini yaratishga e‟tibor qaratishi
lozim. Muammoli masala va vaziyatlarni hal qilar ekan, pedagogning masala
yechimini topishga ijodiy yondashishi unda hissiy irodaviy sifatlarning
rivojlanishiga yordam beradi. Pedagog o‟z oldiga muammoli masalalarni qo‟yish
orqali mavjud bilimlari va hayotiy tajribalariga zid bo‟lgan dalillar bilan to‟qnash
keladi. Buning natijasida o‟z ustida ishlash, mustaqil o‟qib o‟rganishga nisbatan
ehtiyoj sezadi. Zamonaviy ta‟lim barcha turdagi ta‟lim muassasalarida faoliyat
yuritayotgan tarbiyachi, pedagoglarning ijodkor bo‟lishlarini taqozo etmoqda.
Pedagog ijodiy faoliyatni tashkil etishda muammoli masalalarni yechish, muammoli
vaziyatlarni tahlil qilish, shunungdek, pedagogic xarakterdagi ijod mahsulotlarini
yaratishga alohida e’tibor qaratish zarur. Maktabgacha ta‟lim tashkilotlarida faoliyat
olib boruvchi mutaxassislarda kreativ kompetentligini rivojlantirish metodikasini
integrativ yondashuv asosida takomillashtirish bo‟lajak mutaxassislarning har
qanday jarayonda o‟zining ijodiy va kreativ qobilyatlarini namoyon qilishida foydali
va kerakli ekanligini ko‟rsatadi. O’sib kelayotgan yosh avlodni yangi zamon
talablariga to‟laqonli javob bera oladigan, har qanaqa vaziyatga kreativ yondasha
oladigan, dunyoni yangicha qarashlar bilan anglaydigan kreativ qobilyatlarini
rivojlantirish, ularda kreativ fiklash va tafakkurni shakllantirish eng avvalo
maktabgacha ta‟lim tashkilotlarida faoliyat olib boruvchi pedagog,
mutaxassislardan kasbiy faoliyatlarida kreativ kompetentlikni talab etmoqda.
Barkamol shaxsni voyaga yetkazishda roli beqiyos sanaladigan maktabgacha ta‟lim tashkiloti tarbiyachilari hamda mutaxassislarini kreativ kompetentligini
rivojlantirish eng avvalo oliy ta‟lim muassasasi pedagoglarining zimmasidadir
Pedagoglar kreativlik potentsialiga ega bolishi uchun esa kasbiy faoliyatida
quyidagilarga e’tiborini qaratishi zarur: -kasbiy faoliyatiga ijodiy yondashish;-yangi
g‟oyalarni yaratishda faollik ko‟rsatish; -ilg‟or pedagogik yutuq va tajribalarni
mustaqil o’rganish;-hamkasblar bilan pedagogik yutuqlar xususida fikr
almashish.Har bir shaxsning o‟zini - o‟zi rivojlantirishi va o‟zini - o‟zi namoyon
eta olishi bevosita uning kreativlik qobiliyatiga egaligi bilan bog‟liq. Maktabgacha
ta‟lim tizimida ta‟lim sifati – tarbiyachi va xodimlarning kasbiy rivojlanishi tavsifi
bo‟lib, zamonaviy bosqichida iqtisodiy taraqqiyot talablariga mos kasbiy faoliyatni
muvaffaqiyatli yurituvchi mutaxassisning kreativ qobiliyati va ish faoliyati bilan
belgilanishi e‟tirof etiladi. Biz kreativlikning tizimlilik tuzilishidan kelibchiqib,
unga shaxsning o„ta intellektual-evristik jihati sifatida emas,balki shaxsni
qadrlovchi, tabaqalashtirilgan ta‟lim sifatidaqaraymiz. Kreativlik - shaxsni
rivojlantiruvchi kategoriya sifatida inson ma‟naviyatining ajralmas qismi bo„lib,
shaxsni o„z-o„zimrivojlantirish omili, shaxsiy jonbozlikning asosi, shaxs ega bolgan
bilimlaring ko„p qirrali ekanligida emas, balki yangi g„oyalargaintilishda va
o„rnatilgan stereotiplarni yangilik yaratish jarayoniniisloh qilish va o„zgartirishda,
hayotiy muammolami yechishjarayonida kutilmagan va noodatiy qarorlar
chiqarishda namoyon bo’ladi. Kreativlik jarayonini tashkil etish va
boshqarishningmurakkabligi shundaki, bunda ijodiy individuallikning nafaqatongli,
balki ong osti tushunchalari paydo bo„ladi. Pedagog-tarbiyachi o’z-o’zidan ijodkor
bo’lib qolmaydi. Uning ijodkorlik qobiliyati ma‟lum vaqt ichida izchil o‟qib-
o‟rganish, o‟z ustida ishlash orqali shakllantiriladi va u asta-sekin takomillashib,
rivojlanib boradi. Har qanday mutaxassisda bo‟lgani kabi bo‟lajak pedagoglarning
kreativlik qobiliyatiga ega bo‟lishlari uchun talabalik yillarida poydevor qo‟yiladi
va kasbiy faoliyatni tashkil etishda izchil rivojlantirib boriladi. Bunda pedagogning
o‟zini o‟zi ijodiy faoliyatga yo‟naltirishi va bu faoliyatni samarali tashkil eta olishi
muhim ahamiyatga ega. Pedagog ijodiy faoliyatni tashkil etishda muammoli
xarakterdagi ijod mahsulotlarini yaratishga alohida e‟tibor qaratishi zarur. O‟zini
o‟zi ijodiy faollashtirish – shaxsning ijodiy faoliyatda o„z imkoniyatlarini to„laqonli
namoyon qilishi va rivojlantirishining ijodkor va kreativ bo‟lishi yoki bo‟lmasligi
emas, balki mashg’ulotlarni ijodkorlik, kreativlik ruhida tashkil etishi, yangi
g‟oyalarni ta‟lim jarayonida sinab ko‟rishga intilishi zarur. O’zini o’zi ijodiy
faollashtirish – shaxsning ijodiy faoliyatda o‟z imkoniyatlarini to‟laqonli namoyon
qilishi va rivojlantirishining ijodkor va kreativ. Shuni tavsiya etamanki, pedagog-
tarbiyachilar doimiy izlanishda bo‟lishi kerak. Chet elning rivojlangan davlatlari
ta‟lim tajribasini kuzatish, o‟rganishi ular bilan bevosita muloqotda bo‟lishi, tajriba
almashishi, bir xillikdan qochish, yangi ta‟lim texnalogiyalaridan mashg‟ulotlar
jarayonida foydalanishi ular pedagogik jarayonning samarali tashkil etilishiga
xizmat qiladi. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, kreativlikni ijodga intilish,
hayotga ijodiy yondashish, o„ziga doimiy tanqidiy nazarsolish va tahlil etish deyish
mumkin. Hozirgi zamon psixologiya va pedagogika lug„atlarigaasoslanib,
tarbiyachining kreativligi deb, uning fikrlaridagi, sezgilaridagi, muloqotdagi,alohida faoliyat turidagi, ijodiy yondashish, bilish darajasi deb ta‟riflash
mumkin.Tarbiyachining kreativligi, bu uning qat‟iy, chegaralangan yoki sust
chegaralangansharoitlarda har xil original g’oyalarni izlab topish layoqatidir.


Yüklə 66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin