Cho’lkserofitlari- Bular cho'llarning boshoqli va kovil kabi o'simliklaridir. Ushbu o'simliklar qisqa muddatli yomg'irlardan yaxshi foydalanadi va qizib ketishga chidamlidir. Ammo faqatgina tuproqda qisqa muddatli suv tankisligiga chidamlidir xolos.
Poykilokserofitlar-o'zlarining suv rejimini boshqara olmaydigan o'simliklardir. Ular yuqori haroratda qizishi ammo yoz yomg'irlaridan so'ng yana jonlanib faol hayot kechirishi mumkin. Bu o'simliklarga biz lishayniklarni misol qilib ko'rsatishimiz mumkin
Gigrofitlar. Bu o'simliklar hujayralarida suv sarflanishini chegaralovchi moslamalar bo'lmaydi. Hujayralari katta bo'lib, yupqa devorli qobiq va yupqa kutikula bilan qoplangan. Barglarining sathi katta, ammo og'izchalar yirik bo'lsada son jihatidan kamrok. Kutikulyar transpiratsiya yuqori, poyasi uzun, ildizlari yaxshi rivojlanmagan. Tuproqda ozgina suv yetishmasligi ham ularning tezda so'lishiga olib keladi. Bularga mannik, mox va boshqa shunga o'xshash o'simliklar kiradi.
Mezofitlar.Bular ko'pchilik hollarda o'rta yani oraliq o'simliklar ham deb yuritiladi. Ular asosan namlik yetarli bo'lgan sharoitlarda o'sadi. Hujayra shirasini osmotik bosimi 1-1,5 MPa atrofida bo'lib suv yetishmasligida oson so'liydi. Ularga yaylovlarda o'suvchi boshoqli o'simliklar va dukkakli o'tlar vakillari kiradi.
O`SIMLIKLARNING QURG’OQCHILIKKA MOSLASHUVI O'simliklar qurg’oqchilik ta'sirida holsizlanadi,bu esa o'simliklarga suv etishmaganligidan yoki suvsizlik va issiqlikning birgalikdagi ta'siridan kelib chiqadi.
Nam kam joylarda o'sadigan o'simliklar ya'ni kserofitlarda qurg’oqchilik davrini o'tkazishga nisbatan moslanishlar vujudga kelgandir. Umuman olganda o'sib asosiy himoya vositalaridan foydalanadilar.
1.Ortiqcha suv yo'qotishning olidini olish yoki qurib qolishdan saqlanish.
2.Nam yo’qotishni o’tqazish.
3.O'sish davrida qurg’oqchilikdan qochish. Bulardan ko'pgina o'simliklar uchun umumiysi hujayrada suv saqlashga moslashishdir.
Kserofit o'simliklar qurg’oqchilik sharoitini boshidan o'tkazish bo'yicha kuydagi tiplarga bo'linadi.
Bu o'simliklar o'zlarida nam to'plash qobiliyatiga egadir.Masalan alog’, kaktus o'simliklari. Ularda suv kutikulalar va tuklar bilan qoplanish barg va tanalarida yig’iladi.Sukkelent o'simliklarda suv bug’lanishi, fotosintez va o'sish juda sekin bo'ladi.Ular suv yo'qotishga juda chidamsiz.Sukkelentlarning ildiz sistemasi keng tarqalgan bo'ladi, ammo chuqurga ketmaydi.
Sukkelent bo'lmagan o'simlilar. Bu o'simliklar o'zlarida ketadigan suv bug’lanish jarayonlariga qarab bir necha gruppaga bo'linadi: