8-mavzu. Qarag‘ay simonlar sinfi Reja


Qarag‘aydoshlar oilasi —Pinaceae



Yüklə 41,16 Kb.
səhifə4/5
tarix16.12.2023
ölçüsü41,16 Kb.
#181406
1   2   3   4   5
8-mavzu. Qarag‘ay simonlar sinfi Reja-www.hozir.org

Qarag‘aydoshlar oilasi —Pinaceae 
Qarag‘aydoshlar turlarning soniga ko‘ra eng katta oila hisoblanadi. Uning 10 

ga yaqin turkumga mansub 250 dan ortiq turi yer yuzining deyarli hamma qit’alarida


keng tarqalgan. Xo‘jalik ahamiyati jihatidan ochiq urug‘li o‘simliklar ichida 
to‘rtinchi o‘rinda turadi.
Poyasida yillik halqalar aniq ko‘rinadi, traxeoidlarining radial devorida 
hoshiyali tuynuklar bor. Aksariyat qismi bir uyli, qubbalilari bir jinsli. Changchi
qubbalari to‘q sariq yoki qizil rangli. Changdonning ostki tomonida 
mikrosporangiylar ikkitadan joylashgan. Changida maxsus havo bo‘shliqlari bor.
Urug‘chi qubba markazidan o‘tadigan ustunchaning urug‘ qipiqlari 
qoplag‘ich qipiqlari qo‘ltig‘ida, uning ust tomonida esa ikkitadan urug‘murtak
joylashgan. Urug‘i ko‘pincha qanotli, ayrim turlarida urug‘ kanotsiz likopcha 
shaklida.
Igna barglilar juda katta xo‘jalik ahamiyatiga ega. Xalqning yog‘ochga 
bo‘lgan talabini deyarli hammasi shular hisobidan qondiriladi. Qurilish ehtiyojlari,
yoqilg‘i, qog‘oz materiallari, uy anjomlari uchun ishlatiladigan asbob-uskunalar 
tayyorlashda ishlatilishidan tashqari, ulardan smola (yelim) terpentin, kanifol,
skipidar, glyukozidlar va yog‘och spirti olishda foydalaniladi. Ayrim turlarining 
urug‘i oziq-ovqat uchun va moy olishda ham ishlatiladi.
Qarag‘aylar turkumi — Pinus. Bu turkumning 100 ga yaqin turi shimoliy
yarim sharlarning o‘rta iqlimli viloyatlarida keng tarqalgan. Subtropik iqlimli 
mintaqada qarag‘ay turlari asosan tog‘li o‘lkalarda kuzatiladi. Uning ayrim turlari
tropik o‘lkalarda ham o‘sadi. Qarag‘ay o‘z arealida sof va qisman aralash o‘rmonlar 


hosil qiladi. Qarag‘ay doimiy yashil daraxt. Yosh qarag‘ay daraxti piramida,


keksayganlari esa aylana yoki ko‘pincha soyabon shaklida bo‘ladi. 
Poyasida yelim yo‘llari mavjud. Qubbasi kichkina, uzun, 3-6 yilga qadar umr
ko‘radi. Changchi qubbalari yillik novdalar tubida g‘uj bo‘lib joylashgan. Uning 
ustunchasiga mikrosporofillar qisqa band bilan birlashadi. Mikrosporofilning ost
tomonida ikkita mikroslorangiy joylashgan. Mikrosporasida ikkita havo qopchig‘i 
mavjud.
Urug‘chi qubbalar novdalarining uchidan 
o‘rin olgan. Yetilgan qubbalarning urug‘
qipiqlari yog‘ochlangan va bir-biriga zich 
bo‘lib joylashgan. Urug‘ qipiqlarining ust
tomonida ikkitadan urug‘murtagi bor. Urug‘i 
qanotli. Mazkur turkumning, oddiy qarag‘ay
(P. silvestris) va Sibir qarag‘ayi (P. sibirica
singari turlari keng tarqalgan. Oddiy qarag‘ay,
uning areali juda keng, butun o‘rta va shimoliy 
Yevropadan shimoliy Osiyoga qadar egallaydi.
U muhit sharoitini deyarli tanlamaydi. Janubda 
ko‘pincha tog‘li zonalarda, qumloq va daryo
sohillarida, botqoqliklarda o‘rmon hosil qilgan 
holda o‘sadi. Oddiy qarag‘ay yorug‘sevar.
Uning poyasi tik o‘sadi, balandligi 20-40 m. 
Po‘stlog‘i qizg‘ish-qo‘ng‘ir.
Qubbalari 
qisqargan
novdalarda 
ikkitadan joylashgan, ko‘kimtir, novdada uch
yilga qadar saqldanadi. Urug‘i yordamida 
ko‘payadi. Ularning aksariyat qismi ikki uyli
qubbasi mikrosporofil yoki megasporofillar 
to‘plamidan
shakllangan 
(98-rasm).
Mikrosporofillari ko‘pincha qalqonsimon yoki 
qipiqsimon shaklda bo‘lib, uning ostida 2 yoki
undan ortiq chang xaltasi (mikrosporangiy) joylashgan bo‘ladi. Chang xaltasi yopiq 
urug‘li o‘simliklarning changdoniga o‘xshash bo‘lib, xaltaning sirt qismi, undan
so‘ng fibrioz (tolalar) qatlami, keyingisi esa ingichka hujayralar tizmasi va, nihoyat, 
arxesporiy joylashgan. Arxesporiy hujayralarining reduksion bo‘linishi natijasida
son-sanoqsiz gaploid miksporalar vujudga keladi. Mikrospora hujayrasi ekzina 
(sirtqi) va intina (ichki) dan iborat po‘st bilan qoplangan. Ayrim hollarda bu ikki
qatlam orasida, sporaning uchib yurishi uchun yerdan boradigan havo bilan to‘la 
bo‘shliq ham bo‘ladi. Mikrosporaning bo‘linishi natijasida chang shakllanadi.
O‘sayotgan changning vegetativ hujayralaridan spermagen hujayra vujudga keladi. 
Spermagen hujayradan ikkita xivchinsiz spermiy, vegetativ hujayradan esa
changniig o‘sishi davomida chang nayi shakllanadi. 
Megasporofillar qubba shaklida, qubba markazida uzun o‘q mavjud. Bu o‘q
atrofida yopqich qipiqlar, qo‘ltig‘ida urug‘ qipig‘i joylashgan, shu urug‘ 
qipiqlarining ust tomonida megasporangiy – urug‘murtak joylashgan bo‘ladi.

98-rasm. Oddiy qarag‘ay (Pinus
sylvestris). 
A – qubbali novda; B – mikros-
porofil yon va tashqi tomondan, 
D – o‘ng tomondan: qoplovchi
kipikcha, uning yon tomonida urug‘ 
qipig‘i. pastida urug‘ murtak uchi
ko‘rinadi, chapda (teskari 
tomondan) ikkita urug‘ murtak
ko‘rinadi, E – ikki urug‘li pishgan 
qubba, F – urug‘ning eniga kesimi.
B

E
F





Mikropile ostida joylashgan chang xaltasi yaxshi taraqqiy etmagan. Nutsellusda


odatdagidek, ancha katta megaspora taraqqiy etib, urg‘ochi gametofit – birlamchi 
endosperm, unda esa bir qadar reduksiyalangan ikkita arxesporiy vujudga keladi.
Birlamchi endosperm yaxshi taraqqiy etgan bo‘lib, keyinchalik o‘sayotgan 
urug‘murtak uchun oziq sifatida ishlatiladi. Shamol yordamida uchib kelib,
urug‘murtakka qo‘ngan chang o‘sib, chang nayini hosil qiladi va arxegoniyga qadar 
uzayib, generativ hujayradan hosil bo‘lgan ikkita spermiydan biri tuxum hujayra
bilan qo‘shiladi. Ikkinchisi nobud bo‘ladi. Urug‘langan tuxum hujayra bo‘lina 
boshlaydi, undan boshlang‘ich barg, poya va ildizga ega bo‘lgan murtak shakllanadi.
Urug‘murtak uruqqa aylanadi, uning ustki qatlami urug‘ po‘stini hosil qiladi. 
Changlanishdan urug‘lanishga qadar ancha vakt o‘tadi, qarag‘ay urug‘i faqat
ikkinchi yilda to‘liq pishib yetiladi, qubbalari cho‘ziq-tuxumsimon. Urug‘i qanotli, 
kuzga yaqin pishib yetiladi (99-rasm). Oddiy qarag‘ayning yog‘ochi qurilishda,
mebellar tayyorlashda, kemasozlik, vagonsozlik, aviatsiya sanoatida ishlatiladi. Bu 
turkumning Sibirda Sibir qarag‘ayi, Karpatda va Alp tog‘larida Yevropa qarag‘ayi,
Qrim va G‘arbiy Kavkazda Kavkaz qarag‘ayi, Gruziyada Eldar qarag‘ayi va boshqa 
turlari tarqalgan.


99-rasm. Qarag‘ayning rivojlanish sikli. 
Sporofit: 1-2 – sporofit rivojining boshlang‘ich davri; 3 – urug‘ (umumiy
ko‘rinishi va kesimi); 4 – yosh sporofit; 5 – yetilgan sporofit; 6 – erkak va 
urg‘ochi qubbali novda; 7 – urg‘ochi qubba; 8 – erkak qubba; 9 –
mikrosporofitli mikrosporofil; 10 – megosporangiyli megasporofil. 
Gametofit: a – mikrospora, b – megaslora, v – urg‘ochi gametofit, g – erkak
gametofit, d – arxegoniyli urug‘ murtak, e - spermiyli chang nayi oxiri. 

Yüklə 41,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin