8-mavzu. Qarag‘ay simonlar sinfi
Reja:
1. Kordaitlar qabilasiningning kelib chiqishi va tuzilishidagi o‘ziga xos
xususiyatlar.
2. Ginkgolar qabilasiga mansub Ginkgo bilobaning tuzilishidagi xususiyatlar.
3. Qubbalilar (igna barglilar) qabilasining morfologik tuzilishi, ko‘payishi va
hozirgi kunda tarqalgan oilalari.
Tayanch ibora va atamalar: nutsellus, endosperm, qubba, anteridial va
protallial hujayralar, smola yo‘llari, chang nayi.
Kordaitlar qabilasi — Cordaitales
Bu qabilaga mansub o‘simliklarning paydo bo‘lish davri paleobotanik
ma’lumotlarga qaraganda paleozoy erasining toshqo‘mir davriga to‘g‘ri keladi.
Karbon davrida kordaitlar har ikkala yarim sharlarda keng tarqalgan. Ular balandligi
30 metrga qadar keladigan chiroyli o‘simliklar bo‘lgan. Poyasining faqat uch qismi
shoxlangan. Barglari qattiq, bandsiz lansetsimon ingichka bo‘lgan.
Tashqi
ko‘rinishiga ko‘ra kordaitlar qozirgi qubbalilarni eslatgan (
96-rasm).
Kordaitlar bir yoki ikki uyli o‘simliklar bo‘lib, erkak va urg‘ochi qubbalari
alohida-alohida barg qo‘ltig‘ida joylashgan. Mikrosporofillar qipiqsimon bir necha
mikrosporangiy (changdon)li, megasporofillar ham
qipiqsimon
tuzilishli, uchida bittadan urug‘murtak
joylashgan.
Urug‘murtakda
sagovniklarning
urug‘murtagi singari chang yo‘li, ikki qavat intigumentli
yopqich qatlam etli, qalin,
shirali ichki qatlam hamda
ingichka yog‘ochlangan tashqi qatlamdan iborat bo‘lgan.
Urug‘lanish barcha qazilma holda uchraydigan ochiq
urug‘lilar singari spermatozoidlar yordamida bo‘lgan.
Urug‘murtak to‘liq yetilmagan.
Balki sagovniklarning
urug‘murtagi singari uning yetilishi uzilib tushgandan
so‘ng yerda davom etgan bo‘lishi mumkin.
Kordaitlarning sagovniklar bilan o‘xshashlik
xususiyatlari ularning
qadimiy ajdodlari bir xil
o‘simliklar bo‘lgan deb xulosa qilishga undaydi. Lekin
ularning plaunsimonlar bilan ham bog‘liqlik tomonlari
bor degan fikrlar ham yo‘q emas.