8 –Mavzu: Qishloq xo’jaligining hududiy ixtisoslashuvi RejaEgalik qilish va foydalanish turlari
Sug’orma dehqonchilik maydonlari 4,3 mln gektarga yaqin, uning yarmidan ko’prog’i tekislik hududlarga, qolgan qismi tog’ va tog’ oldi hududlarga to’g’ri keladi. Lalmikor yoki tabiiy holda namlanib dehqonchilik qilinadigan yerlarning umumiy maydoni 750 ming ga, ularning 3/5 qismi tabiiy namgarchilik bilan to’liq ta’minlangan. Tabiiy yaylovlar 22 mln. ga yoki respublika umumiy maydonining teng yarmiga yaqinini tashkil qiladi. O’zbekiston yer fondining 1/10 qismi foydalanilmoqda. Mutaxassislar hisobiga ko’ra, o’zlashtirish mumkin bo’lgan hali anchagina maydonlar bor. Respublikaning mavjud suv resurslaridan to’liq va oqilona foydalanilsa, 5 mln gektar yerni sug’orish mumkin. O’zbekiston hududida yer osti suvlari hajmi 6–7 km3 ga teng. 2. Qishloq xo’jaligi tarmog’ining hududiy xususiyatlari va ixtisoslashuvi. Respublikamiz uchun qishloq xo’jaligi milliy iqtisodiyotning ustuvor yo’nalishlaridan biridir. U mamlakatda ishlab chiqarilayotgan mahsulotning deyarli uchdan bir qismini beradi. O’zbekistonda ish bilan band bo’lgan barcha aholining 36 foizidan ortiqrog’i qishloq xo’jaligi sohasiga to’g’ri keladi. O’tgan qishloq xo’jaligi yilida 8,2 million tonnadan ortiq don, shu jumladan, 6 million 935 ming tonna bug’doy yetishtirilmoqda, 2,958 ming tonna paxta xomashyosi tayyorlanmoqda. 12 million tonnaga yaqin sabzavot va kartoshka, 1 million 850 ming tonna poliz mahsulotlari, 1 million 556 ming tonna uzum, 2 million 731 ming tonna meva yetishtirildi. O’zbekiston 1,3 million gektar sug’oriladigan yerlarga g’alla ekib, 7 million tonnadan ortiq bug’doy yetishtiradi. Shunga qaramasdan, mahalliy unning xususiyatlariga bog’liq holda chetdan juda katta miqdorda ushbu mahsulotni import qilishga majburmiz. Keyingi yillarda paxta va g’alla maydonlarining o’zgarishi kuzatilmoqda. Bu qishloq xo’jaligidagi ixtisoslashuv va yerlardan foydalanish samaradorligiga bog’liq holda amalga oshmoqda. Chunonchi, bir gektar yerdan 40 sentner bug’doy olinsa - daromad jahon bozori narxlarida 800 dollarni tashkil etadi. Shu maydondan olinishi mumkin bo’lgan 7-8 tonna uzumning qiymati taxminan 8 ming dollarga teng. Farq - 10 baravar. G’allani o’rniga 300 ming gektarda yuqorida ko’rsatilgan ekinlar joylashtirilsa, 5 yildan keyin eksport hajmi qo’shimcha 10 milliard dollarga ko’payadi. 13-jadval O’zbekistonda qishloq xo’jaligi ekinlari yalpi hosili2
Yüklə 292,89 Kb. Dostları ilə paylaş: |