8 –Mavzu: Qishloq xo’jaligining hududiy ixtisoslashuvi Reja



Yüklə 292,89 Kb.
səhifə3/3
tarix10.05.2023
ölçüsü292,89 Kb.
#110862
1   2   3
8-mavzu

Ekin turlari

2012

2013

2014

2015

2016

2017

2018

Donli ekinlar JAMI

7404,1

7054,0

7519,5

7807,8

8050,5

8173,5

8
261,3

shu jumladan:








Boshoqli don

6873,6

6619,7

6794,2

7018,2

7183,0

7203,3

7189,4

shundan Bug’doy

6657,3

6444,9

6612,2

6842,0

6956,0

6964,7

6934,9

Arpa

173,9

136,1

141,4

135,8

139,6

151,6

167,4

Sholi

244,8

118,4

325,7

340,2

356,1

425,7

452,0

Makkajo’xori

230,4

255,3

328,1

360,1

411,6

439,6

491,9

Dukkakli don

38,7

38,5

46,7

62,4

70,7

76,4

98,4

Boshqa don

16,6

22,1

24,8

26,9

29,1

28,5

29,6

Paxta

3404,0

3500,0

3460,1

3361,2

3400,2

3361,3

2959,0

Kartoshka

1694,8

1862,6

2057,1

2250,4

2452,4

2696,9

2958,4

Sabzavotlar

6346,5

6994,0

7767,4

8518,4

9286,7

10129,3

11275,8

Oziqbop poliz

1182,4

1294,8

1418,4

1558,3

1696,1

1853,6

2044,9

O’tgan 2018 yilda 1 million 71 ming gektardan ortiq maydonga paxta yetishtirildi. Bu 2017 yilga nisbatan 135 ming gektarga, 2016 yilga nisbatan esa 184 ming gektarga kamdir.
14-jadval




Qishloq xo'jalik ekinlari maydoni




Ekin maydonlari/yillar

2011

2012

2013

2014

2015

2016

2017

Jami ekin maydoni

3708,4

3601,6

3628,1

3658,6

3678,2

3694,2

3706,7

shu jumladan:






















don ekinlari

1679,4

1607,4

1628,1

1643,9

1655,6

1671,1

1689,4

texnik ekinlari

1417

1386

1372,4

1380,1

1372,3

1368,8

1333,9

shundan paxta

1342,5

1329,2

1308,3

1308,8

1301,5

1298,1

1265,1

kartoshka va sabzavot poliz ekinlari

291,7

295,1

313,7

318,9

324,6

327,3

349,9

shundan:






















kartoshka

70,7

73,6

76,1

78,3

80,3

80,6

84 , 6

sabzavotlar

173

175,4

183,8

189,4

192

194

206

oziqabop poliz

47,9

45,9

53,7

50,6

51,5

52

58 , 8

ozuqa ekinlari

320,4

313,1

313,9

315,7

325,7

327

333,5

Tabiiy sharoiti, iqlimi o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lgan O’zbekiston sharoitida qishloq xo’jalik tarmoqlari eng avvalo, paxtachilik tarmog’ini milliy va mintaqaviy ishlab chiqarish tarmoqlari bilan muvofiqlashtirishga e’tibor qaratilmoqda. Xususan, “…keyingi yilda klaster usulida paxta yetishtirishni kamida 52 foizga yetkazish va buning uchun 48 ta paxta-to’qimachilik klasterini tashkil etish to’g’risida qaror qabul qilindi. Shu bilan birga, g’alla va meva-sabzavot klasterlari faoliyatini har tomonlama rivojlantirish kerak. Bu soha biz uchun nisbatan yangi ekanini inobatga olib, uni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash, jumladan, kredit tizimini soddalashtirish, xarajatlarni subsidiyalash, yer ajratish bilan bog’liq tartiblarni qayta ko’rib chiqish talab etiladi”3.
Qishloq xo’jaligi oldida turgan muhim vazifa – suvni tejaydigan sug’orish texnologiyalarini keng qo’llashdan iborat. Binobarin, mavjud yerlarning 72 foizi qishloq xo’jaligida turli yo’nalishda foydalaniladi hamda respublika suv limitining 86 foizi agrar sektorda ishlatiladi. Shuni ham qayd etish lozimki, sug’oriladigan yerlar maydoni 4,2 mln. gektarga teng bo’lib, umumiy yer maydonining 15 foizini tashkil etadi, xolos. O’zbekiston yaylovlarining katta qismi sahro va chala sahrolardan iborat.
3. Mamlakat agrosanoat majmuisi va uning rivojlanishidagi mintaqaviy xususiyatlar
Agrosanoat majmui (ASM) – qishloq xo’jaligi mahsulotlarini yetishtirish, saqlash, qayta ishlash va iste’molchilarga yetkazib berish bilan band xalq xo’jaligi tarmoqlarining jamlanmasi hisoblanadi.
Agrosanoat majmuasi murakkab va ko’p tarmoqli bo’lib, uning ishlab chiqarish tuzilmasida qishloq, suv va o’rmon xo’jaligi muhim ahamiyatga ega. Chunki, aynan mana shu tarmoqda ishlab chiqariladigan mahsulotlar agrosanoat majmuasi korxonalarida qayta ishlanadi, tashiladi, saqlanadi va iste’molga olib chiqiladi.
Mutaxassislar agrosanoat majmuasini 4 ta sohaga ajratishni ma’qul ko’radi.
1-soha. Agrosanoat majmuasi tarmoqlari uchun ishlab chiqarish vositalari ishlab chiqaruvchi soha. Bu sohaga agrosanoat majmuasi uchun mashina, traktor, kombayn, stanoklar, ishchi mashinalar ishlab chiqaradigan mashinasozlik, mineral o’g’it va ximikatlar ishlab chiqaruvchi kimyo sanoati, chorvachilik uchun omuhta yem ishlab chiqaruvchi korxonalar, qishloq xo’jaligi ekinlari va chorva mollari uchun dori darmon ishlab chiqaruvchi ixtisoslashgan korxonalar kabilar kiradi.
2-soha. Qishloq xo’jaligining o’zi. Bu soha agrosanoat majmuasining asosini tashkil etib, u dehkonchilik va chorvachilik, shuningdek, pillachilik, asalarichilik, o’rmonchilik hamda baliqchilikka ajratiladi.
3-soha. Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini tayyorlovchi, qayta ishlovchi va tayyor mahsulotlarni iste’molchilarga yetkazib beruvchi tarmoqlar – paxta zavodlari, go’sht, sut zavodlari, meva sharbatlari chiqaruvchi zavodlar, yog’-moy zavodlari, jun, kanop, pillani qayta ishlash zavodlari, qishloq xo’jaligi mahsulotlari va qayta ishlangan mahsulotlarni saqlash, ularni sotish bilan shug’ullanuvchi korxonalar shu sohaning tarkibini tashkil etadi.
4-soha. Agrosanoat majmuasi infratuzilmasi. Infratuzilmaning o’zi ikkiga bo’linadi. Birinchi qismi ishlab chiqarish infratuzilmasi bo’lsa, ikkinchi qismi
14-rasm. Agrasanoat majmuasida iqtisodiy islohotlarni amalga

oshirishning ustuvor yo’nalishlari
O’zbekiston agrosanoat majmuasida qishloq xo’jaligi mahsulotlarini birlamchi qayta ishlaydigan sohalar – un-yorma, yog’-moy, go’sht, sut, mevakonsyerva, vinochilik hisoblanadi. Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ikkilamchi qayta ishlaydigan sohalar – non, makaron, konditer, paxta moyi, go’sht-sut konsyervasi va mahsulotlari, oziq-ovqat kontsentratlari ishlab chiqarish sohalaridir.
Bu ikki yo’nalish birgalikda oziq-ovqat sanoatini tashkil etadi.
Texnika ekinlarini birlamchi qayta ishlash, ya’ni paxta, lub ekinlari va tamaki ishlab chiqarish va ikkilamchi qayta ishlash, ya’ni ip gazlama, to’qimachilik, lub tolalari, tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish sohalari yengil sanoatni tashkil etadi. Agrosanoat majmuasida paxtasanoat majmuasi, mevasabzavot majmui, chorvachilik majmuasi hamda don ishlab chiqarish majmuasining ahamiyati yuqori hisoblanadi.
Respublikamiz agrosanoat majmuasida bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarda tarmoqni modernizatsiyalash va raqobatbardoshligini oshirish masalalariga ustuvor ahamiyat berilmoqda.

15-rasm. Agrosanoat majmuasini modernizatsiyalashning asosiy yo’nalishlari
Qishloq xo’jaligini modernizatsiyalashorqali mamlakatimiz oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, qishloq xo’jaligini texnika vositalari bilan jihozlash, sug’oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va boshqalar.
Qisqasha xulosalar
Mamlakatimiz hududini tabiiy sharoiti va xo’jalikdagi ahamiyatiga ko’ra cho’l, adir, tog’, yaylovlarga bo’lish mumkin. Dengiz sathidan 400 m balandlikgacha bo’lgan joylar cho’l mintaqasi hisoblanadi. Bu yerlardan yaylov chorvachiligida foydalaniladi, ammo cho’lning ozuqa boyligi juda kam. 1 ta qo’y uchun 2–3 gektar o’tloq talab etiladi. SHu hisobdan O’zbekiston cho’llarida 10 mln boshgacha qorako’l qo’y boqsa bo’ladi. Cho’l yaylovlarini yaxshilash va kengaytirish hisobiga qorako’l qo’ylarini soni 11–12 mln boshga yetkazish mumkin.
Nazorat va muhokama ushun savollar

  1. Mintaqalarda qishloq xo’jaligi tarmoq tarkibining shakllanishida tabiiy-iqlim sharoitning rolini asoslab bering.

  2. Mamlakat mintaqalari taraqqiyotida qishloq xo’jaligining tutgan o’rnini iqtisodiy raqamlar orqali asoslab bering.

  3. Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining iste’mol bozoridagi o’rnini aniq mahsulotlar misolida asoslab bering.

  4. O’zbekiston agrosanoat majmuasining rivojlanishidagi mintaqaviy xususiyatlarning tavsiflang.

  5. Mamlakat agrosanoat majmuisi va uning rivojlanishidagi mintaqaviy xususiyatlar

  6. O’zbekiston qishloq xo’jaligini rivojlanishida klasterlashning ahamiyatini yoriting.

  7. Qishloq xo’jaligi eksportida yetakchi mahsulotlarni ayting.

  8. O’zmevasabzavotxolding” kompaniyasi haqida tushunchangiz?

Agrofirmalar haqida tushunchangiz?

1 O’zbеkistоn Rеspublikаsi Statistika qo’mitasi ma’lumotlari asosida hisoblangan.

2 O’zbеkistоn Rеspublikаsi Statistika qo’mitasi ma’lumotlari asosida hisoblangan.

3 O’zbеkistоn Rеspublikаsi Prеzidеnti Sh.Mirziyoеvning O’zR Оliy mаjlisigа murоjааtnоmаsi. 2018 yil, 28 dеkаbr.

Yüklə 292,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin