8 –Mavzu: Qishloq xo’jaligining hududiy ixtisoslashuvi Reja



Yüklə 292,89 Kb.
səhifə1/3
tarix10.05.2023
ölçüsü292,89 Kb.
#110862
  1   2   3
8-mavzu


8 –Mavzu: Qishloq xo’jaligining hududiy ixtisoslashuvi
Reja:

  1. Qishloq xo’jaligi taraqqiyotida mintaqalar tabiiy-iqlim sharoiti va

relefning ahamiyati.

  1. Qishloq xo’jaligi tarmog’ining hududiy xususiyatlari va ixtisoslashuvi.

  2. Mamlakat agrosanoat majmuisi va uning rivojlanishidagi mintaqaviy xususiyatlar

Tayanch so’z va iboralar: Qishloq xo’jaligi, tabiiy-iqlim sharoiti, relef, ixtisoslashuv, agrosanoat majmuisi
Tabiiy omillar har qanday hudud taraqqiyotining asosini, ya’ni poydevorini tashkil etadi. Ularga joylarning relefi, geologik tuzilishi, iqlimi, suvlari, tuproqlari, o’simlik va hayvonot dunyosi kiradi. Har bir omil ma’lum darajada xalq ho’jaligining u yoki bu tarmog’iga katta ta’sir ko’rsatadi. O’zbekistonning markaziy, janubiy va sharqiy qismlari yer yuzasi sharqqa – tog’ oldi va tog’larga tomon asta-sekin ko’tarilib boradi. G’arbiy qismi esa cho’ldan iborat. Joy balandlashgan sayin tuproq-o’simliklar o’zgarib dashtga o’tiladi. O’zbekistonning markaziy va sharqiy qismlarida xalq xo’jaligi uchun juda muhim bo’lgan Zarafshon, Qashqadaryo va Surxondaryo, Sirdaryo, Chirchiq va Ohangaron daryolari vodiylari va nihoyat tog’lar o’rtasidagi Farg’ona vodiysi bor. O’zbekistonning qolgan qismi tekislik–cho’ldan iborat. Respublikaning chekka shimoliy–g’arbida Qoraqalpog’iston Respublikasi yerida Orol dengiziga taqalib kelgan cho’l va suvsiz keng Ustyurt platosi joylashgan.
Mamlakatimiz hududini tabiiy sharoiti va xo’jalikdagi ahamiyatiga ko’ra cho’l, adir, tog’, yaylovlarga bo’lish mumkin. Dengiz sathidan 400 m balandlikgacha bo’lgan joylar cho’l mintaqasi hisoblanadi. Bu yerlardan yaylov chorvachiligida foydalaniladi, ammo cho’lning ozuqa boyligi juda kam. 1 ta qo’y uchun 2–3 gektar o’tloq talab etiladi. SHu hisobdan O’zbekiston cho’llarida 10 mln boshgacha qorako’l qo’y boqsa bo’ladi. Cho’l yaylovlarini yaxshilash va kengaytirish hisobiga qorako’l qo’ylarini soni 11–12 mln boshga yetkazish mumkin. O’zbekiston iqlimi keskin kontinental, yozi issiq, qishi ancha sovuq. Mamlakat ichida esa chekka shimol va shimoli-g’arbda mo’’tadil, qolgan tekislik hududlarda subtropik xususiyatga ega. Yillik o’rtacha harorat shimoldagi +8,9 janubdagi +18 darajagacha farqlanadi.
Respublikaning boy agroiqlim resurslari qishloq xo’jaligini rivojlantirishda muhim omildir. Agroiqlim resurslari issiqsevar texnika ekinlari (paxta, kanop, tamaki, zig’ir), don ekinlari (sholi, makkajo’xori) uzum, syershira mevalar
(jumladan, subtropik mevalar) va poliz ekinlari ko’plab yetishtirish imkonini beradi.
O’zbekiston ichki suvlariga daryo, ko’l, yer osti suvlari, muzlik, suv omborlari, kanal va ariqlardagi suvlar kiradi. Mamlakat yer maydonining 71 foizini ishg’ol qilgan tekislik qismida va tog’larda vujudga kelgan suvlar va shimilish natijasida sarflanib ketadi. Chunki tekislik qismida yog’in juda kam, aksincha bulutsiz jazirama issiq kunlarning uzoq davom etishi tufayli mumkin bo’lgan bug’lanishning ko’pligi oqibatida daryolar juda kam, yer osti suvlari nisbatan chuqurda joylashgan, tekislik qismida tranzit daryolarni hisobga olmaganda doimiy oqimga ega bo’lgan daryolari yo’q hisobi.
O’zbekistonning umumiy yer resurslari 44,9 mln ga atrofida, uning 58-60 foizi qishloq xo’jaligida foydalanishga yaroqli. 12-jadval O’zbekiston respublikasi yer fondi1


Yüklə 292,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin