8-Mavzu: Qo‘ychilik. Qo‘ychilikda mahsulot ishlab chiqarish asoslari Reja


– masala. Qo‘ylarning mahsuldorligi



Yüklə 35,98 Kb.
səhifə2/8
tarix14.12.2023
ölçüsü35,98 Kb.
#178168
1   2   3   4   5   6   7   8
8-mavzu

3 – masala. Qo‘ylarning mahsuldorligi
Qo‘ylarning asosiy mahsulotlari bo‘lib jun, po‘stinbop teri, qorako‘l teri, go‘sht va sut mahsulotlari hisoblanadi. Bularning ichida eng asosiysi jun hisoblanadi (mayin va yarim mayin junli qo‘ylar).
Jun – qo‘ylarning qoplamasi bo‘lib ulardan matolar, trikotaj buyumlari va gilam to‘qiladi. Birlamchi jun tolalari homila 50-70 kunligida shakllanadi. Ushbu holatni e’tiborga olgan holda bo‘g‘oz sovliqlarining bo‘g‘ozlikning birinchi yarmidayoq to‘yimli moddalar, minerallar va vitaminlar homila tana va sathida ko‘proq birlamchi jun tolalari shakllanishiga olib keladi. Ikkilamchi junlar sal kechroq hosil bo‘ladi, jun tolalarining to‘liq shakllanishi tug‘ilgandan keyin 1 oy ichida tugallanadi, shuning uchun bo‘g‘ozlikning ikkinchi davri me’yorda oziqlantirish va saqlash, tug‘gandan keyin Emizikli sovliqlarni to‘la qiymatli oziqlantirish qo‘zilarni og‘iz suti va sutga to‘yishi evaziga qalin jun qoplamini shakllanishiga sabab bo‘ladi.
Jun tolasi ikki surg‘ich va piyozcha qismlaridan iborat. Junning teri ichidagi qismi uning ildizi va ustidagi qismi poyasi deyiladi.
Jun tolasi gistologik tuzilishi bo‘yicha uch qavatdan qobiq, mag‘iz va o‘zakdan iborat. Tivit va oraliq jun tolalari faqat qobiq va mag‘iz qavatlaridan, qiltiq, o‘lik qoplovchi jun tolalarida esa hamma qavatlar mavjud.
Qo‘ylarda morfologik tuzilishi bo‘yicha quyidagi jun tolalari uchraydi: tivit, oraliq, qiltiq, quruq, o‘lik va qoplovchi. Junda ularning nisbatiga qarab xillari aniqlanadi. Jun tarkibida tivit va oraliq jun tolalari qanchalik ko‘p bo‘lsa u shunchalik ijobiy hisoblanadi (yarim dag‘al va dag‘al junlar uchun). Mayin junli qo‘ylar juni faqat tivit tolalaridan, yarim mayin junli qo‘ylar juni tivit va oraliq jun tolalaridan, yarimdag‘al junli qo‘ylar juni tivit, oraliq va qiltiq jundan, dag‘al junli qo‘ylar juni tivit, oraliq, qiltiq, quruq va o‘lik jun tolalaridan tashkil topadi. Qoplovchi jun tolalari qo‘ylarning bosh va oyoq qismlarini qoplagan bo‘ladi.
Junning qalinligi 1 mm² maydondagi jun tolalarining miqdori bilan belgilanadi. Mayin junli qo‘ylarda 1 mm ² da 60-65 dona, yarim mayin, yarim dag‘al va dag‘al jun beruvchi qo‘ylarda esa 20-40 dona jun bo‘ladi.
Jun tolalari quyidagi fizik xossalarga ega uzunligi, ingichkaligi, jingalakligi, mustahkamliligi, cho‘ziluvchanligi, egiluvchanligi, rangi va yaltiroqligi. Bu belgilar junning texnologik sifati uchun asos bo‘ladi.
Qo‘ylardan quyidagi junlar olinadi: mayin jun – yilida bir marta mayin junli va duragay qo‘ylardan qirqib olinadi. Uning sifati asosan 60 sifatdan past bo‘lmay, albatta oq rangda bo‘lishi shart.
Yarim mayin jun – bir yilda bir marta yarim mayin jun beruvchi qo‘ylardan qirqib olinib, 58-50 sifat va oq rangda bo‘lishi kerak.
Yarim dag‘al jun – mayin va dag‘al junli qo‘ylarning duragaylari hamda saradja zotli qo‘ylardan yiliga 2 marta qirqib olinadi. Bu jun bir xil bo‘lmagan junlar toifasiga kirib 48-46 sifatga ega, oq rangda bo‘ladi.
Dag‘al jun – bir xil bo‘lmagan, har xil rangdagi jun bo‘lib dag‘al junli qo‘ylardan yiliga ikki marta qirqib olinadi. Romanov zotli qo‘ylar yiliga 3 marta qirqiladi.
Bir qirqimda qo‘ydan yaxlit olingan jun runo deb ataladi. Mayin va yarim mayin jun beruvchi qo‘ylar to‘liq yaxlit runo jun beradi, dag‘al va yarim dag‘al jun beruvchi qo‘ylar esa bahorgi qirqimda yaxlit (runo), kuzgi qirqimda esa kokilcha (bo‘ltak) jun beradi.
O‘zbekiston sharoitida qo‘ylar ikki marta bahorda va kuzda qirqiladi, bundan tashqari 1 yoshda qo‘zi qirqimi o‘tkaziladi. Jun qo‘lda va qirqish agregatlari yordamida amalga oshiriladi. Kichik xo‘jaliklarda (500-1000 bosh) qo‘lda va yirik xo‘jaliklarda albatta qirqim agregatlarida amalga oshiriladi. Kuzgi qirqim muddatlari shunday belgilanishi kerakki, qattiq sovuqqacha jun o‘sib tanani qoplash imkoniyati bo‘lsin.
Qirqim davri ob-havo sharoiti va jun qoplamining holatiga qarab belgilanadi. Bahorgi qirqim jun ko‘tarilganda va unda yetarli ter-yog‘ bo‘lganda boshlanadi. Qo‘ylarni qirqimdan oldin 12 soat boqilmaydi, to‘q qo‘ylarda qirqish davrida noqulayliklar seziladi. Qirqishdan oldin qo‘ylar cho‘miltiriladi. Qirqilgan qo‘ylar 2-3 kun tashqi muhit ta’siriga sezuvchan bo‘ladi, shuning uchun ularni qo‘tonlar yaqinida o‘tlatish kerak. Jun iloji boricha teriga yaqin va bir tekisda qirqib yaxlit- runo jun olishga harakat qilish kerak, chunki u kokilcha-bo‘ltak junga nisbatan qimmat turadi. Agarda tananing biror qismida jun balandroq qirqilgan bo‘lsa, uni qayta qirqish kerak Emas, chunki kalta jun runo sifatini buzadi. Jun sifati qirqib olingan teri parchalari bilan ham yomonlashadi. Terini qirqib olish faqat jun sifatini yomon qilib qo‘ymasdan, qo‘yni jarohatlaydi, yiringlash manbai bo‘lishi mumkin. Shuning uchun qirqilgan joy shu zahotiyoq kreolin yoki boshqa dizenfeksiyalovchi modda bilan ishlanishi shart. Har bir qo‘ydan qirqib olingan yaxlit-runo alohida o‘ralib klasslash xonasiga o‘tkaziladi.
Dag‘al jun uning tarkibidagi jun tolalarining nisbatiga qarab I-II-III klasslarga bo‘linadi.

Yüklə 35,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin