8-Mavzu: Qo‘ychilik. Qo‘ychilikda mahsulot ishlab chiqarish asoslari Reja


Qo‘ylarni bo‘rdoqilash va yaylovlarda semirtirish



Yüklə 35,98 Kb.
səhifə6/8
tarix14.12.2023
ölçüsü35,98 Kb.
#178168
1   2   3   4   5   6   7   8
8-mavzu

Qo‘ylarni bo‘rdoqilash va yaylovlarda semirtirish – qo‘y go‘shtini ko‘paytirish va sifatini yaxshilashning garovi hisoblanadi. O‘stirish va bo‘rdoqilash jadal bo‘lishi sutkalik semirish yuqori bo‘lmog‘i kerak. Shundagina ozuqa va ishchi kuchini iqtisod qilish mumkin. Masalan, go‘sht, yog‘ va barra teri beruvchi yo‘nalishidagi qo‘zining 1 kg vazn qo‘shishi uchun 150 g sutkasiga semirganda o‘rtacha 8 oziqa birligi, 200 g semirganda esa 6 oziqa birligi sarflanadi xolos.
Arzon va mazali qo‘y go‘shti yetishtirish uchun qo‘ylarni yaylovlarda va g‘allasi o‘rib olingan maydonlarda semirtirish yaxshi natijalar beradi. Qo‘ylarni semizlikka yetgandan so‘ng so‘yish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Voyaga yetgan yuqori semizlikdagi qo‘ylar nimtasida 16-17% suyak bo‘lganda, oriqlarida – 29-30% ni tashkil qiladi. Yaxshi semirtirib so‘yilgan qo‘zilar nimtasida 24-25% suyak bo‘lsa, oriq qo‘zilarda esa 34-35% bo‘ladi. Semiz qo‘y go‘shti tarkibida yog‘i ko‘proq bo‘lib u to‘yimli. Yuqori oziq-ovqat qiymatiga ega hisoblangan qo‘y go‘shtida yog‘ va oqsil nisbati 1:1 bo‘lishi kerak.
Qo‘ylar voyaga yetganlarida o‘rtacha so‘yim chiqimi 50-60% , qo‘zilarda esa 45-50 % ni tashkil qiladi.
Qo‘ylarning po‘stin va charmbop teri mahsuldorligi. Qo‘y terilari 5-7 oylik qo‘zilar va tishi bo‘yicha yaroqsiz hisoblangan qo‘ylardan olinadi. Jun qoplamining sifatiga qarab ular po‘stinbop va charm xom-ashyosiga bo‘linadi.
Po‘stinbop teri – dag‘al junli qo‘ylardan olingan jun tolasining uzunligi 1,5 sm dan kam bo‘lmagan terilarga aytiladi. Ular tulup, po‘stin, uy-ro‘zg‘or va boshqa kiyimlar tikishda foydalaniladi. Bu kiyimlarning hammasida teri to‘qimasi tashqariga va jun qoplami ichkariga qilib tikiladi. Po‘stinbop teri cho‘ziluvchan, egiluvchan, yumshoq, suvni o‘zidan kam o‘tkazadigan va issiqlikni yaxshi saqlaydigan bo‘lishi talab etiladi.
O‘zbekiston sharoitida qorako‘lchilikda qorako‘l terilari sifati past erkak qo‘zilarni axtalab o‘stirishga qoldirib 6-7 oyligida qo‘zi go‘shti va sifatli po‘stinbop terilar olish mumkin.
Charmbop teri – po‘stinbop terilarga qo‘yilgan davlat standartlariga javob bermagan terilar hisoblanadi.
Bunda jun tolalarining uzunligi dag‘al junli qo‘y terilarida 1,5 smdan mayin va yarim mayin junli qo‘ylarda esa 0,5 smdan kam bo‘lmasligi kerak, ular turli charm kiyim-bosh, galantereya anjomlari tayyorlashda ishlatiladi.
Hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida qo‘ylarning charmbop terisi va ichaklari boshqa mahsulotlariga nisbatan samarali sotilmoqda.

Yüklə 35,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin