Narx vositasida raqobatlashuvda kurashning asosiy usuli bo‘lib ishlab chiqaruvchilaming o‘z tovarlari narxini boshqa ishlab chiqamv- chilaming shunday mahsulotlari narxiga nisbatan pasaytirishi hisob- lanadi. Uning asosiy va eng ko‘p qo‘llaniladigan ko‘rinishi - «narx- lar jangi» deb ataladiki, bunda yirik ishlab chiqaruvchilar raqiblarini tarmoqdan siqib chiqarish uchun narxni vaqti-vaqti bilan yoki uzoq muddat pasaytirib turadi. Bu usulni qo‘llash uchun ishlab chiqaruvchi boshqa raqiblariga qaraganda unumliroq texnologiyani kiritishi, mala- kaliroq ishchilami yollashi va ishlab chiqarishni yaxshiroq tashkil qilishi kerak bo‘ladi. Faqat shundagina uning tovarining individual qiymati bozor qiymatidan past bo‘lib, mazkur tovar narxini pasayti- rish imkonini beradi.
Narx vositasida raqobatlashish usullaridan biri - demping narx- larni qo‘lIashdir. Bunda milliy ishlab chiqaruvchilar o‘zlarining tovarlarini boshqa mamlakatlarga ichki bozordagi narxlardan, ayrim hollarda tannarxidan ham past bo‘lgan narxlarda sotadi. Shu orqali ular ichki bozorda narxlaming barqarorligiga erishish mamlakatdagi ortiqcha mahsulotni yo‘qotish, yangi bozorlarga kirib olish va unda o‘zlarining iqtisodiy mavqeini mustahkamlashga harakat qiladi.
Ayrim hollarda narx yordamida raqobatlashishning belgilangan narxlardan chegirma qilish, asosiy xarid qilingan tovarlarga boshqa tovarlarini qo‘shib berish, muayyau nollarda imtiyozli narxlami bel- gilash kabi usullaridan ham foydalaniladi.
Hozirgi davrda bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda narx yordamida raqobat qilish o‘z o‘miga ega emas, chunki ishlab chiqa- ruvchilardan birining o‘z mahsuloti narxini pasaytirishi uning raqo- batchilarining ham shunday harakat qilishiga olib keladi. Natijada fir- malaming bozordagi mavqei o‘zgarmay, faqat tarmoq bo‘yicha foyda hajmini kamaytiradi.
Narxsiz raqobat shu bilan tavsiflanadiki, bunda raqobat kurashining asosiy omili tovarlarning narxi emas, balki uning si- fati, servis xizmat ko‘rsatish, ishlab chiqaruvchi firmaning obro‘- e’tibori hisoblanadi. Narxsiz raqobat bilan bir vaqtda yashirin narx yordamidagi raqobat ham bo‘lishi mumkin. Bunday holatda yangi tovarlar sifa- tining oshishi va iste'mol xususiyatlarining yaxshilanishi ular narx- larining oshishiga qaraganda tez ro‘y beradi. Hozirgi davrda bir turdagi mahsulotlaming ko‘payishi ulami sotishni rag‘batlantiruvchi reklama, tovar belgilari va fabrika muhrlaridan foydalanishni keltirib chiqarmoqda. Iste’mol bozorlarida qo‘shimcha xizmat ko‘rsatish orqali xaridorlami o‘ziga jalb qilish keng tarqalmoqda.
Narxsiz raqobatning tovar sifatini tabaqalashtirish kabi usuli ham mavjudki, bunda tovarlar bir xildagi ehtiyojni qondirishi va bir turga mansub bo‘lishi, lekin turli-tuman iste'mol xossalariga ega bo‘lishi mumkin.
Tovarlar talabga nisbatan ortiqcha bo‘lgan sharoitda ishlab chiqa- ruvchilar tovarlarini kreditga sotish usulidan foydalanib raqiblaridan ustun kelishlari mumkin. Bunda dastlab, tovar narxining faqat bir qismi toTanadi, uning qolgan qismi esa shartnomada kelishilgan aniq muddatlarda toTanadi.