8-Mavzu: Sof siljish. Buralish. Mustahkamlikka va bikrlikka hisoblash. Sof siljish. Siljishda deformatsiya



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə2/4
tarix14.06.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#129891
1   2   3   4
8-Ma\'ruza Taqdimoti

Parchin mixlar hisobi
Ikkita plastina parchin mixlar yordamida mahkamlangan bo‘lib plastinalarga P - cho‘zuvchi kuchlar qo‘yilgan bo‘lsin.
Bu yerda parchin mixlar plastina bilan tegib turgan yuzalarda kesilishga ishlaydi. Agarda parchin mixlar bitta kesish yuzasi bo‘yicha yemirilsa bunday parchin mixlar birikmasiga bir kesimli ikkita yuza bo‘ylab bo‘lsa ikki kesimli birikmalar deyiladi.Faraz qilaylik yuzasiga faqat urinma kuchlanish ta‘sir etayotgan bo‘lsin va bu kuchlanish kesilish yuzasi bo‘ylab bir xilda bo‘lib, ta‘sir etuvchi kuch statik ko‘rinishga ega bo‘lsin.Unda har bir parchin mixda hosil bo‘layotgan ko‘ngdalang kuch teng bo‘ladi:
Bu yerda P – birikmaga ta‘sir etuvchi kuch; n - parchin mixlar soni.
Unda kesilishga ishlayotgan parchin mixlar mustahkamlik sharti teng:
Bu yerda:
d – parchin mix diametri. Bu holatda
Ikki kesimli yoki ko‘p kesimli parchin mixli birikmalarda formuladagi
n - ning o‘rniga bir tomonda yotgan parchin mixlar soni qo‘yiladi.
Bulardan tashqari cho‘zuvchi kuch ma‘lum miqdordan oshgandan so‘ng parchin mixlar ezilishga ishlaydi. Unda parchin mixlarning ezilishdagi mustahkamlik sharti quyidagiga teng:
deb qabul qilinadi.
Bu yerda:
- ezilishdagi ruxsat etilgan normal
kuchlanish,
t – biriktiralayotgan plastinalarning qalinligi.
Ikkita har xil qalinlikka ega bo‘lgan plastinalar uchun
Plastinalarning kesilishga mustahkamlik quyidagiga teng:
Bu yerda:
- plastinaning ko‘ngdalang kesimi,
- shu kesimdsagi parchin mixlar soni,
- plastinaning eni
BURALISH
Umumiy tushunchalar
Silindrik sterjenning bir uchini mahkamlab, ikkinchi uchiga juft kuch qo‘yilsa sterjen buraladi; uning ko‘ndalang kesimlari mahkamlangan qismiga nisbatan aylanadi. Ta’sir ettirilgan juft kuch momenti burovchi moment deb ataladi va orqali belgilanadi.
Silindrik sterjen buralishga ishlasa val deb ataladi. Silindrik sterjenlarning buralish nazariyasidan ko‘pincha turli vallarni hisoblashda ishlatiladi, masalan transmissiya vali (tasmali).
Buralish deformatsiyasi mashinasozlikda eng ko‘p uchraydigan deformatsiyalar turiga kiradi.Valning mustahkamligini ta’minlash uchun uning hafvli kesimini aniqlash lozim. Buning uchun vallda hosil bo‘ladigan eng katta burovchi moment qiymatini aniqlash lozim, ya’ni valning uzunligi bo‘ylab o‘zgaruvchi burovchi moment epyurasini qurish lozim bo‘ladi.
Burovchi momentni bir jismdan ikkinchi jismga uzatishda qo‘llaniladigan uskunaga shkiv deyiladi.
Har bir shkivga tasir qiladigan burovchi moment shu shkivga bog‘langan stanok quvvati va aylanish tezligi orqali ma’lum formula yordamida topiladi.
Bu yerda: N – stanok quvvati(ot kuchida), V - val sirtidagi nuqta tezligi,n-valning bir minutdagi aylanish soni, P - valga qo‘yilgan aylana kuch,
R - shkiv radiusi.
1 ot kuchi = 0,736 kVt
Unda burovchi moment teng bo‘ladi:

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin