Didaktik o’yinlar metodi.
Keyingi yillarda ilg’or o’qituvchilar tajribasida didaktik o’yinlardan ta'lim
metodlari sifatida foydalanish odat tusini olib bormoqda. Didaktik o’yinlarning
samaradorligi shundaki, ular vositasida o’quv-tarbiya ishlari hayotga
yaqinlashtiriladi, shuningdek, ularning har birida bilimlarni Og’zaki bayon etish,
ko’rgazmali, amaliy metodlarning elementlari qo’llaniladi. Shu xususiyatlariga
ko’ra didaktik o’yinlar sintetik xarakterga ega. Ularning quyidagicha turlari mavjud:
Stimulyativ o’yin-ta'limni hayotda bo’lib o’tgani ijtimoiy voqealarga
tenglashtirish, ularga muqoyasa qilib tashkil etish va boshqarish metodidir. Bu
o’yindan tarix, geografiya darslarida unumli foydalaniladi; bir o’qituvchi Amir
Temur, boshqasi Boyazid, qolganlari sarkardalar, askarlar rolida ishtirok etadi, shu
yo’l bilan ta'lim bo’lib o’tgan tarixiy voqeaga muqoyasa qilib tashkil etiladi.
Stimulyativ o’yinlarning bir ko’rinishi instsenirovka (rollarga ajratib o’qish)
metodidir. Boshlang’ich sinflarda badiiy mantlar, yuqori sinflarda badiiy asarlarni
rollarga ajratib o’qtish an'anasi maktablarimiz tajribasida uzoq tarixga ega. Adabiyot
o’qituvchilari «Tuya bilan bo’taloq« asarini o’qitganda bir o’quvchi yozuvchi
ikkinchi o’quvchi tuya, uchinchisi esa bo’taloq so’zlarini o’qib ta'limda ishtirok
etishadi.
Stimulyativ o’yinlar ham asta-sekin maktab tajribasida o’z o’rnini olib
bormoqda. Mehmon kutish, kasalni davolash, xarid qilish kabi turli hayotiy
vaziyatlar mohiyatidan kelib chiqib, ta'limni tashkil etish va boshqarish situativ
o’yinlar sirasiga kiradi.
Amaliy metodlar.
Ta'limning amaliy metodlarida o’qituvchi va o’quvchining o’zaro ta'siri bolalar
oldiga qo’yiladigan topshiriqlar hamda ularni qabul qilish shaklida amal qiladi.
Amaliy metodlarning quyidagicha turlari mavjud:
Laboratoriya tajribasi amaliy metod bo’lib, ular turli ko’rinishlarga ega:
kimyodan va boshqa tabiiy o’quv fanlaridan yoppasiga laboratoriya mashg’uloti,
fizikadan o’quv praktikumi, yoppasiga kuzatish kabi ish turlari mashg’ulotning bir
qismini oladi, ba'zan ularga bir necha o’quv soatlari ajratiladi.
O’quv ustaxonasida turli topshiriqlarni bajarish, o’quv-ishlab chiqarish sexida,
o’quvchilar brigadasida ishlash ham amaliy metodlar sirasiga kiradi. O’quvchilar
turli mehnat qurollaridan qaychi, pichoq, chizg’ich, sirkul va sh.j.dan foydalanib
qirqish, o’lchash kabi ishlarni bajaradi.
Elektron hisoblash mashinalari, ovozni yozib olish va eshittirish apparatlari
bilan ishlash, o’quv materiallari asosida kompyuterlarda dasturlar tuzish amaliy
metodlarning yangi turlari sanaladi.
Amaliy metodlarning eng qadimiy turi mashqdir. Mashq-o’rganilgan bilimlarni
turli o’quv sharoitlariga tatbiq etish yo’lidir. Mashq vositasida turli malakalar-
inteluktual va aqliy, xususiy (masalan, matematika bo’yicha) va umumiy (masalan,
barcha o’quv fanlariga oid) malakalar tarkib toptiriladi.
Mashq o’quv topshiriqlari asosida o’tkaziladi. Uni bajarishda quyidagicha
bosqichlarga rioya qilinadi.
1-bosqich: mashqni bajarishda
foydalaniladigan bilim
, faoliyat metodllarini
esga tushirish. Bilimlarni esga tushirish bu xotiraning oddiygina ishi emas. Bu
jarayon topshiriqni bajarishga oid bilimni esga tushirish, uni bilimlar orasidan ajratib
olish, ajratilgan bilimni tahlil etish, uni o’quv sharoitiga tatbiq etishni tasavvur qilish
kabi aqliy ishlarni taqazo etadi.
2-bosqich: Ajratilgan bilimni, faoliyat metodini mashqda berilgan holatga
tatbiq etish. Bilimni, faoliyat metodini tatbiq etish jarayonida o’rganilgan bilimlar
ongda mustahkamlanadi, malakalar takomillashadi.
3-bosqich: Bu bosqichda topshiriqning bajarilishi tekshiriladi, mashq qilish
jarayonidagi yutuq va kamchiliklar baholanadi, mashq qilish asosida xulosalar
chiqariladi.
O'quv materiaiini og'zaki bayon qilish metodi bayon qilinayot-gan
ma'lumotlarning to'g'ridan to'g'ri ta'lim beruvchining jonli nuqti orqali idrok qilinishi
bilan tavsiflanadi va ana shu xususiyatiga ko'ra ta'limning boshqa metodlaridan farq
qiladi.
Ta'limning ko'rgazmalilik metodidan amaliy faoliyatda foy-dalanishda
namoyish etish, tasvirlash va ekskursiya metodi bilan ish ko'rishda ta'lim
oluvchilarni turli mavzularda tasviriy materiallar bilan ishlashga jalb etish muhim
didaktik ahamiyatga ega.
Amaliy mashg'ulotlar metodi, asosan o'zlashtirilgan iJmiy bilim-larni
mustahkamlash va uni amalda qo'llay olish, tegishli ko'nikma va malakalarga ega
bo'lishni ta'minlashga xizmat qiladi.
Mashq qildirish metodi o'quv predmetlarining mazmuni va tav-sifiga qarab
turlicha olib borilishi mumkin. Ta'lim oluvchilarning o'zlashtirgan ko'nikma va
malakalarini mustahkamlash va ularning ijodiy qobiJiyatlarini rivojlantirishda
mashq qildirish lozim.
Laboratoriya metodi. Bu ta'lim jarayonida ta'lim oluvchilarga atrofni o'rab
turgan obyektiv borliqdagi narsa va hodisalar, ularning shakli, hajmi, tarkibi,
tuzilishi, o'zgarishi va rivojlanishi qobiliyatlari haqida yangi-yangi bilimlar berish,
o'zlashtirayotgan ilmiy bilimlarni mustahkamlash hamda tegishli ko'nikma va
malakalar bilan qurollan-tirishda muhim ahamiyatga ega.
Laboratoriya metodi o'z xususiyatiga ko'ra quyidagicha turlarga va shakllarga
bo'linadi (1-shakl):
1-shakl. Laboratoriya mashg'ulotlarining turlari va shakllari.
Ta'lim vositalari. Ta'lim jarayonida qo'llaniladigan vositalar ta'lim
samaradorligini sezilarli darajada oshirishga xizmat qiladi. O'qitishning asosiy
vositalari - bu asosiy o'quv mazmuniga ega bo'igan rejalar, o'quv dasturlari, darslik
va o'quv qoilanmalari. O'qitishning qo'shimcha vositalari - bu ta'lim oluvchilardagi
bilim, ko'nikma va raalakalarni shakllantiruvchi masalalar, mashqlar to'plami,
ma'lumotnomalai; tarqatma materiallar, ko'rsatmali va ko'rgazmali vositalar,
disketlar, EHM va boshqalar. O'qitishni takomillashtiruvchi dastur vositalari — bu
mutaxassislar guruhi tomonidan ishlab chiqilgan va predmetdagi tegishli mavzular
bo'yicha dars jarayonini takomillashtirishga imkon beruvchi intellektuallashtirilgan
dasturlar va uni amaliyotga joriy etishga sharoit yaratuvchi dasturiy-texnik vositalar.
Sharq mutafakkirlarining ta'lim metodlari haqidagi fikrlari
Sharq mutafakkirlarining didaktik qarashlarida ham ta'lim metodlari
masalasiga jiddiy e'tibor qaratilgan. Buni al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Abu
Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sinolarning turli ta'lim metodlari haqidagi fikrlari,
qarashlari, amal qilgan ta'lim yo'nalishlarida yaqqol sezish mumkin. Muhammad ibn
Muso al-Xorazmiy o'zigacha boigan ta'lim metodlarini sintezlashtirishga harakat
qilgan. Barcha mutafakkirlar kabi u ham ko'rgazma-tajriba metodlari, savol-javob
metodlari, mala-ka va ko'nikmalarai shakllantirish metodlari, bilimlarni sinash
metod-laridan keng foydalanilgan. Al-Xorazmiy matematika fanining amaliy
ahamiyatini yuksak cho'qqilarga ko'tara oldi. Uning buyuk ixtirolaridan biri - «0»
(nol) sonini yaratishi va bu orqali uning fanga kiritgan buyuk kashfiyoti o'nli
pozitsion sanoq sistemasining iste'molga kiritilishidir.
Abu Nasr Forobiy ta'limda barcha fanlarning nazariy asoslari o'rganilsa,
tarbiyada ma'naviy-axloqiy qoidalar, odob me'yorlari o'rganiladi, kasb-hunarga oid
malakalar hosil qilinadi, deb o'qtiradi. Bular tarbiyachilar va murabbiylar tomonidan
turli metodlar yordamida amalga oshiriladi. Forobiy ta'lim-tarbiya ishlarini nazariy
yo'l bilan amalga oshi-rishga ko'proq e'tibor beradi. Shuning bilan birga u ta'lim-
tarbiyada rag'batlantirish, odatlantirish va vaqti kelganda majbur etish metodla-ridan
foydalanish g'oyalarini ham ilgari surgan. U matematika, mantiq, tibbiyot, ilmi
nujum, musiqa, huquq, tilshunoslik, poetika kabi sohalar bilan shug'ullangan, turli
tillarni o'rgangan. Manbalarda yozilishicha, u 70 dan ortiq tilni bilgan.
Abu Rayhon Beruniyning ilmiy bilimlarni egallash yo'llari, usullari haqidagi
fikrlari hozirgi davr uchun ham dolzarbdir. Uning fikricha, ta'lim oluvchilarga ta'lim
berishda quyidagilarga e'tibor berish kerak:
• ta'lim
oluvchilarni zeriktirmaslik
;
* bilim berishda bir xil narsani yoki bir xil fanni o'rgatavermaslik
kerak - bu dars jadvaliga qo'yilgan talablardan biri;
uzviylik va izchillik;
tahlil qilish va taqqoslash;
takrorlash;
materialni ko'rgazmali bayon etish va shu kabilar.
Abu Ali ibn Sino ta'lim oluvchilarni jamoa qilib o'qitishni ta'kidlaydi. U ta'lim
oluvchilarni o'qitishda ularni birdaniga kitob bilan band qilib qo'ymaslik kerak, deb
o'qtiradi. Shuningdek, olimning fikricha, olib boriladigan o'quv mashg'ulotlarning
mazmun-mohiyati ta'lim oluvchilarning yosh xususiyatlariga ham mos kelishi va
unda turli xil ta'lim metodlari va shakllaridan foydalanish zarur. Bu orqali ta'lim
oluvchilaridagi zerikishning oldi olinadi. Ibn Sino ta'limoti bo'yicha bilishda qaysi
metodlardan foydalanil-masin-u og'zaki ifodalash, bilimlarni tushuntirish, turli
ko'rinishdagi suhbatni tashkil etish, tajribalarni uyushtirish bo'ladimi; baribir, ta'lim
oluvchida haqiqiy bilim hosil qilish, mustaqil, mantiqiy fikrlash qobiliyatini
rivojlantirish, olgan bilimlarni amaliyotga tadbiq eta olish qobiliyatini tarkib
toptirish asosiy maqsad bo‘lgan.
Turli yosh guruhlarida ta'lim metodlarini qo'liashning o'ziga xos xususiyatiari.
Ta'lim metodlarini faollashtirish yo‘llari. Mustaqil ish va uning turlari
Ta'lim metodi psixologik asosga ega. Bolaning o'quv materi-alini
o'zlashtirishdagi yosh imkoniyatlari va uning yetuklik darajasi o'qitish va o'qish
usullariga juda katta ta'sir ko'rsatadi. Ta'lim oluvchilarning fikrlash faoliyatini va
shaxsiy xususiyatlarini yaxshi bilish o'qitishning samaraliroq usullarini topish
imkoniyatini beradi. Mutaxassislar tayyorlashning shaxsiy faoliyati konsepsiyasi
bo'yicha ta'lim jarayonida individual ta'lim jarayonini individual-ijodiy shaxsni
shakllantirish jarayoni sifatida qarashga, shuningdek, o'qitishni nafaqat o'qitiladigan
fan mantiqiga, balki shaxsning rivojlanishi mantiqiga muvofiq holda tashkil etishga
imkon beradi, deb qaraladi. Ta'lim oluvchining yaratuvchilik (ijodiy potension)
qobiliyati, uning rnuloqot qila olish qobiliyatini, ta'lim olish madaniyatini, ta'lim
jarayonining barcha bosqichlarida samaradorlik va sifatni oshirishda axborotlashgan
jamiyat qurish orqali ijtimoiy jamiyat buyurtmasi-ni bajarish (axborot
texnologiyalari sohasi, axborot ta'lim hujjatlari, foydalanuvchilar)ini va shu kabi
jarayonlarni rivojlantirishdagi optimal variantlarni tanlashda istiqbolli natijalarni
qoiga kiritishni kafolatlaydi. Bunda faol ta'lim jarayonini amalga oshiriladi.
Faol ta'lim - bu ta'lim jarayonida ta'lim beruvchi va ta'lim oluvchining ongli va
faol ishtiroki, mustaqilligi hamda ijodiy qobiliyatlarini ta'minlovchi tizimli
pedagogik jarayondan iborat. Faol ta'lim sharoitida o'zlashtirilgan bilim va harakat
usullari mazmunan mukammal tizimli, mantiqan tugal va turli ishlab chiqa-rish
vaziyatlarida qo'llanishga yaroqli bo'ladi. Bunda asosan quyidagi ta'lim
metodlaridan foydalaniladi: bahs-rnunozara; fikrlashga jalb qilish; doskada
mustahkamlash; turli ta'limiy-kasbiy o'yinlarni arna-liyotga joriy etish va hokazo.
Ta'lim metodlarini faollashtirish quyidagi ta'lim qonunlariga e'tiborni kuchaytirishni
taqozo etadi.
Ta'limda intellektual sohani rivojlantirish qonuni.
Bu qonun bo'yicha ta'lim oluvchining fikrlashini (bilishini, ijodini), xotirasini,
diqqatini,
aql
sifatlarini
(teranlik,
qayishuvchanlik,
tejamkorlik,
mustaqillik),
fikrlash
ko'nikmalarini
(ajratish,
qo'shish,
tahlil
qilish
va
h.k.),
bilishini
(ta'lim
oluvchilarni
qarama-qarshilik
muammolarni
qurish, savollar qo'ygan farazlarni ilgari surish va h.k.), o'rganishini
bilishini
rivojlantirish,
predmetga
oid
bilim,
o'quv
va
ko'nikmalarni
shakllantirishning istiqbolli usullari ishlab chiqiladi va ulardan amali-
yotda foydalanish shakllari yaratiladi;
Ta'limda iroda sohasini rivojlantirish qonuni.
Bu qonun bo'yicha ta'lim oluvchidagi maqsadga intilishni shakllantirishjarayoni
e'tiborga
olinadi.
Unda,
asosan,
asab
va
muskullarning
zo'riqishini
yenga
olish,
tashabbuskorlik
,
o'z
kuchiga
ishonish,
o'zini
boshqara
olishni
rivojlantirish,
bilimlarni
o'qitish,
faoliyatni
rivojlantirish,
uni
qanday amalga oshirish va nazoratni tashqi ko'nikmasiz olib borish
kabi qobiliyatlar hisobga olinadi;
Ta'Iimda ematsion sohani rivojlantirish qonuni.
Bu qonun ta'lim oluvchiga o'z hissiyotini va ruhiy holatini boshqarish bo'yicha
zaruriy
ko'nikmalarini
shakllantirish
jarayonidan
iborat
bo'lib,
unda
ortiqcha havotirni
yengish va o'zini holisona baholash
ko'nikmasiga
ega bo'lishni tarbiyalash muhim hisoblanadi;
Ta'limni axborotlashtirish qonuni.
Bu qonun bo'yicha axborotlashtirilgan jamiyat sharoitida ta'lim oluvchilarning
jamoatchilik va kasbiy faoliyatida to'laqonliroq samarali qatnashishiga tayyorlash
maqsadida
ta'lim
tizimining
barcha
komponentlari
kompyuterli
va
axborotli texnologiyalar yordamida yaxshilanadi.
Ta'limni axborotlashtirish quyidagilarni o'z ichiga oladi:
o'quv-uslubiy ishlarni qayta tashkil etish;
ta'lim beruvchi va uning rolini o'zgartirishga qo'yilgan talablar
orttiriladi;
ta'lim oluvchi shaxsning va uni individuallashtirish xususiyati
rolining ortishi;
ta' lim muassasasi rolining zamonaviylashuvi, o'zgarishi va uning
ta'lim oluvchilar tarkibi joylashgan joylarga ta'sirini e'tiborga olish;
• axborot resurslarining mumkin bo'lgan hajmining to'satdan
ortishini
hisobga
olish;
zamonaviy axborot xizmati ko'rsatishga bo'lgan talabning muntazam
ravishda
ortib
borishi
asosidagi
axborotlashtirishning
ahami-
yati o'sishi, ayniqsa, bashoratli, ta'limiy va ilmiy xarakterdagi yo'na-
lishning rivojlanishini hisobga olish;
beshta muhim masalalarni hal qilishni kafolatlash. Ular: ta'lim sifatini
oshirish;
ta'lim
jarayonini
qulay
holga
keltirish
aso-
sida
ta'lim
olishni
engillashtirish;
aholi
savodxonligi
oshishini
ta'minlash;
mamlakatning
iqtisodiy
imkoniyati
(quvvati)
o'sishini
ta'minlash; milliy ta'limning jahon ta'limi tizimiga integratsiyalas-
huvini ta'minlash;
Ta'limda mustaqillik qonuni. Bu qonun bo'yicha ta'lim oluv
chilarning bilimlarini hayotga qo'llay olish uchun ta'lim berish jara
yonini faol fikrlash jarayoniga aylantirish asosida ularda ijodiy
tashabbuskorlik va mustaqil tafakkur, nutq, madaniyati va ilmiy dunyoqarash,
e'tiqodni tarkib toptirishning optimal variantlarini ishlab chiqiladi.
Professorlar R.X. Jo'rayev va S.T. Turg'unovlarning qayd eti-shicha mustaqil
ta'lim - bu insonning o'zi tanlagan vositalar va adabiyotlar yordamida ajdodlar
tajribasini, fan va texnika yutuqlarini o'rganishga yo'naltirilgan shaxsiy
harakatlar jarayoni. Bunda insonning ichki dunyosi, his-tuyg'ulari, mustaqil
fikrlash qobiliyati aso-siy rol o'ynaydi.
Mustaqil fikrlashga o'rgatish. Har qanday o'quv fani bo'yicha darsliklarning
asosiy didaktik ashyosi matnlar, savol-topshiriqlar, mashqlar yoki misol-masalalar
hisoblanadi. Ta'lim oluvchini mustaqil fikrlashga o'rgatishda darslik, o'quv
qo'llanmalar va ta'lim beruvchining alohida-alohida ahamiyatini ta'kidlash shart
emas, balki uni mavzudagi ilg`or fikrlar, ilmiy xulosalar, amaliy haqiqatlar, voqea-
hodisa yoki inson shaxsiga o'z munosabatini bildirishga yo'naltirish kerak bo'ladi.
Muayyan fanlar bo'yicha ta'lim oluvchini mustaqil fikrlashga o'rgatishga
darsliklardan o'rin olgan, ilm ahliga, darslik muallifi va ta'lim beruvchiga avval
ma'lum bo'lgan ilmiy va hayotiy haqiqatlar-ni har bir ta'lim oluvchi o'zining
imkoniyati doirasida o'z yo'li bilan anglatadi. Darslik yoki o'quv qo'llanmalardagi
yoki ta'lim beruvchi tomonidan qo'yilgan savol-topshiriqlar ta'lim oluvchini matn
maz-munini hikoya qilishga (ayrim hollarda yodlab olishga) majburlamasligi kerak.
Demak, mustaqil ta'lim — bu olingan bilim ko'nikma va malakalarni
mustahkamlash, qo'shimcha ma'lumot yoki materiallarni mustaqil o'rganish
maqsadidagi o'quv shakli.
O'qituvchilarning
pedagogik
mahorat
tajribasida
ta'lim
metodlari
samaradorligini oshirish yo'llari.
Pedagogik mahorat — ta'lim beruvchining ustoz-murabbiylik fazilatlari,
o'qituvchilik kasbining
sirlarini chuqur egallaganligi
, insoniylik va iste'dodi hamda
intellektual salohiyati va shu kabilar asosida undagi kasbiy ta'lim, tushuncha,
ko'nikma va malakalarning mukam-mal shakllangan kasbiy faoliyati.
Pedagogik mahoratdan ko'zlangan maqsad darsning sifati va samaradorligini
oshirishdan iborat bo'lib, u ta'lim beruvchining kasbiy-ijodiy faoliyatidir. Bunda
ta'lim beruvchining mahorati ta'lim oluvchilar ichida kimga nimadir tushunarsiz
bo'lganligini tezda (o'z vaqtida) ilg'ay olish qobiliyatiga bog'liq bo'ladi. Pedagogik
mahoratga ega o'qituvchida kamida quyidagi qobili-yatlar mujassam bo'lmog'i
lozim:
o'qituvchi dars materialini aniq va ravshan bayon qila olishi
kerak;
o'qituvchi o'z ta'lim oluvchilarini iloji boricha o'rganilayotgan
mavzu bo'yicha bir xil fikrga keltira olishi kerak;
o'qituvchi mavzu mohiyatini to'liq ochib bera olishi kerak va
zarur bo'lganda ularga bu mavzuning o'z kasbiy faoliyatidagi o'rni va
roli haqida tushuncha bera olishi kerak;
dars davomida befarq holda qatnashayotgan ta'lim oluvchini tez
da dars mazmunini o'rganishga jalb qila olishi kerak;
o'qituvchining darsni yana davom ettirishini xohlovchi ta'lim
oluvchilar soni auditoriyadagi jami ta'lim oluvchilarning qancha qis-
mini tashkil etishini baholab berish va bu orqali o'z dars o'tish texno-
logiyasini takomillashtirib borish imkoniyatiga ega bo'lish;
o'qituvchining dars maqsadiga erishganligini baholay bilishi va
xulosalash qobiliyati va shu kabilar.
Bunga sabab ta'limda mavzuning mazmuni, mavjud ko'rgazmali vositalarning
xarakteri va ta'lim oluvchilar tayyorgarlik darajasidan kelib chiqib, har bir ta'lim
jarayonning holatiga mos ular uyg'unligidan oqilona foydalanish dars
samaradorligini ta'minlashga imkoniyat yaratadi:
Dostları ilə paylaş: |