8-mavzu: ta’lim metodlari va shakllarini amaliyotda qo‘llanilishi reja



Yüklə 449,78 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix01.02.2023
ölçüsü449,78 Kb.
#82120
1   2   3
8-mavzu ta’lim metodlari va shakllarini amaliyotda qo‘llanilish

Didaktik o’yinlar metodi. 
Keyingi yillarda ilg’or o’qituvchilar tajribasida didaktik o’yinlardan ta'lim 
metodlari sifatida foydalanish odat tusini olib bormoqda. Didaktik o’yinlarning 
samaradorligi shundaki, ular vositasida o’quv-tarbiya ishlari hayotga 
yaqinlashtiriladi, shuningdek, ularning har birida bilimlarni Og’zaki bayon etish, 
ko’rgazmali, amaliy metodlarning elementlari qo’llaniladi. Shu xususiyatlariga 
ko’ra didaktik o’yinlar sintetik xarakterga ega. Ularning quyidagicha turlari mavjud: 
Stimulyativ o’yin-ta'limni hayotda bo’lib o’tgani ijtimoiy voqealarga 
tenglashtirish, ularga muqoyasa qilib tashkil etish va boshqarish metodidir. Bu 
o’yindan tarix, geografiya darslarida unumli foydalaniladi; bir o’qituvchi Amir 
Temur, boshqasi Boyazid, qolganlari sarkardalar, askarlar rolida ishtirok etadi, shu 
yo’l bilan ta'lim bo’lib o’tgan tarixiy voqeaga muqoyasa qilib tashkil etiladi. 
Stimulyativ o’yinlarning bir ko’rinishi instsenirovka (rollarga ajratib o’qish) 
metodidir. Boshlang’ich sinflarda badiiy mantlar, yuqori sinflarda badiiy asarlarni 
rollarga ajratib o’qtish an'anasi maktablarimiz tajribasida uzoq tarixga ega. Adabiyot 
o’qituvchilari «Tuya bilan bo’taloq« asarini o’qitganda bir o’quvchi yozuvchi 
ikkinchi o’quvchi tuya, uchinchisi esa bo’taloq so’zlarini o’qib ta'limda ishtirok 
etishadi. 
Stimulyativ o’yinlar ham asta-sekin maktab tajribasida o’z o’rnini olib 
bormoqda. Mehmon kutish, kasalni davolash, xarid qilish kabi turli hayotiy 


vaziyatlar mohiyatidan kelib chiqib, ta'limni tashkil etish va boshqarish situativ 
o’yinlar sirasiga kiradi. 
Amaliy metodlar. 
Ta'limning amaliy metodlarida o’qituvchi va o’quvchining o’zaro ta'siri bolalar 
oldiga qo’yiladigan topshiriqlar hamda ularni qabul qilish shaklida amal qiladi. 
Amaliy metodlarning quyidagicha turlari mavjud: 
Laboratoriya tajribasi amaliy metod bo’lib, ular turli ko’rinishlarga ega: 
kimyodan va boshqa tabiiy o’quv fanlaridan yoppasiga laboratoriya mashg’uloti, 
fizikadan o’quv praktikumi, yoppasiga kuzatish kabi ish turlari mashg’ulotning bir 
qismini oladi, ba'zan ularga bir necha o’quv soatlari ajratiladi. 
O’quv ustaxonasida turli topshiriqlarni bajarish, o’quv-ishlab chiqarish sexida, 
o’quvchilar brigadasida ishlash ham amaliy metodlar sirasiga kiradi. O’quvchilar 
turli mehnat qurollaridan qaychi, pichoq, chizg’ich, sirkul va sh.j.dan foydalanib 
qirqish, o’lchash kabi ishlarni bajaradi. 
Elektron hisoblash mashinalari, ovozni yozib olish va eshittirish apparatlari 
bilan ishlash, o’quv materiallari asosida kompyuterlarda dasturlar tuzish amaliy 
metodlarning yangi turlari sanaladi. 
Amaliy metodlarning eng qadimiy turi mashqdir. Mashq-o’rganilgan bilimlarni 
turli o’quv sharoitlariga tatbiq etish yo’lidir. Mashq vositasida turli malakalar-
inteluktual va aqliy, xususiy (masalan, matematika bo’yicha) va umumiy (masalan, 
barcha o’quv fanlariga oid) malakalar tarkib toptiriladi. 
Mashq o’quv topshiriqlari asosida o’tkaziladi. Uni bajarishda quyidagicha 
bosqichlarga rioya qilinadi. 
1-bosqich: mashqni bajarishda 
foydalaniladigan bilim
, faoliyat metodllarini 
esga tushirish. Bilimlarni esga tushirish bu xotiraning oddiygina ishi emas. Bu 
jarayon topshiriqni bajarishga oid bilimni esga tushirish, uni bilimlar orasidan ajratib 
olish, ajratilgan bilimni tahlil etish, uni o’quv sharoitiga tatbiq etishni tasavvur qilish 
kabi aqliy ishlarni taqazo etadi. 
2-bosqich: Ajratilgan bilimni, faoliyat metodini mashqda berilgan holatga 
tatbiq etish. Bilimni, faoliyat metodini tatbiq etish jarayonida o’rganilgan bilimlar 
ongda mustahkamlanadi, malakalar takomillashadi. 
3-bosqich: Bu bosqichda topshiriqning bajarilishi tekshiriladi, mashq qilish 
jarayonidagi yutuq va kamchiliklar baholanadi, mashq qilish asosida xulosalar 
chiqariladi. 


O'quv materiaiini og'zaki bayon qilish metodi bayon qilinayot-gan 
ma'lumotlarning to'g'ridan to'g'ri ta'lim beruvchining jonli nuqti orqali idrok qilinishi 
bilan tavsiflanadi va ana shu xususiyatiga ko'ra ta'limning boshqa metodlaridan farq 
qiladi. 
Ta'limning ko'rgazmalilik metodidan amaliy faoliyatda foy-dalanishda 
namoyish etish, tasvirlash va ekskursiya metodi bilan ish ko'rishda ta'lim 
oluvchilarni turli mavzularda tasviriy materiallar bilan ishlashga jalb etish muhim 
didaktik ahamiyatga ega. 
Amaliy mashg'ulotlar metodi, asosan o'zlashtirilgan iJmiy bilim-larni 
mustahkamlash va uni amalda qo'llay olish, tegishli ko'nikma va malakalarga ega 
bo'lishni ta'minlashga xizmat qiladi. 
Mashq qildirish metodi o'quv predmetlarining mazmuni va tav-sifiga qarab 
turlicha olib borilishi mumkin. Ta'lim oluvchilarning o'zlashtirgan ko'nikma va 
malakalarini mustahkamlash va ularning ijodiy qobiJiyatlarini rivojlantirishda 
mashq qildirish lozim. 
Laboratoriya metodi. Bu ta'lim jarayonida ta'lim oluvchilarga atrofni o'rab 
turgan obyektiv borliqdagi narsa va hodisalar, ularning shakli, hajmi, tarkibi, 
tuzilishi, o'zgarishi va rivojlanishi qobiliyatlari haqida yangi-yangi bilimlar berish, 
o'zlashtirayotgan ilmiy bilimlarni mustahkamlash hamda tegishli ko'nikma va 
malakalar bilan qurollan-tirishda muhim ahamiyatga ega. 
Laboratoriya metodi o'z xususiyatiga ko'ra quyidagicha turlarga va shakllarga 
bo'linadi (1-shakl): 


1-shakl. Laboratoriya mashg'ulotlarining turlari va shakllari. 
Ta'lim vositalari. Ta'lim jarayonida qo'llaniladigan vositalar ta'lim 
samaradorligini sezilarli darajada oshirishga xizmat qiladi. O'qitishning asosiy 
vositalari - bu asosiy o'quv mazmuniga ega bo'igan rejalar, o'quv dasturlari, darslik 
va o'quv qoilanmalari. O'qitishning qo'shimcha vositalari - bu ta'lim oluvchilardagi 
bilim, ko'nikma va raalakalarni shakllantiruvchi masalalar, mashqlar to'plami, 
ma'lumotnomalai; tarqatma materiallar, ko'rsatmali va ko'rgazmali vositalar, 
disketlar, EHM va boshqalar. O'qitishni takomillashtiruvchi dastur vositalari — bu 
mutaxassislar guruhi tomonidan ishlab chiqilgan va predmetdagi tegishli mavzular 
bo'yicha dars jarayonini takomillashtirishga imkon beruvchi intellektuallashtirilgan 
dasturlar va uni amaliyotga joriy etishga sharoit yaratuvchi dasturiy-texnik vositalar. 
Sharq mutafakkirlarining ta'lim metodlari haqidagi fikrlari 
Sharq mutafakkirlarining didaktik qarashlarida ham ta'lim metodlari 
masalasiga jiddiy e'tibor qaratilgan. Buni al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Abu 
Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sinolarning turli ta'lim metodlari haqidagi fikrlari, 
qarashlari, amal qilgan ta'lim yo'nalishlarida yaqqol sezish mumkin. Muhammad ibn 
Muso al-Xorazmiy o'zigacha boigan ta'lim metodlarini sintezlashtirishga harakat 
qilgan. Barcha mutafakkirlar kabi u ham ko'rgazma-tajriba metodlari, savol-javob 
metodlari, mala-ka va ko'nikmalarai shakllantirish metodlari, bilimlarni sinash 
metod-laridan keng foydalanilgan. Al-Xorazmiy matematika fanining amaliy 
ahamiyatini yuksak cho'qqilarga ko'tara oldi. Uning buyuk ixtirolaridan biri - «0» 


(nol) sonini yaratishi va bu orqali uning fanga kiritgan buyuk kashfiyoti o'nli 
pozitsion sanoq sistemasining iste'molga kiritilishidir. 
Abu Nasr Forobiy ta'limda barcha fanlarning nazariy asoslari o'rganilsa, 
tarbiyada ma'naviy-axloqiy qoidalar, odob me'yorlari o'rganiladi, kasb-hunarga oid 
malakalar hosil qilinadi, deb o'qtiradi. Bular tarbiyachilar va murabbiylar tomonidan 
turli metodlar yordamida amalga oshiriladi. Forobiy ta'lim-tarbiya ishlarini nazariy 
yo'l bilan amalga oshi-rishga ko'proq e'tibor beradi. Shuning bilan birga u ta'lim-
tarbiyada rag'batlantirish, odatlantirish va vaqti kelganda majbur etish metodla-ridan 
foydalanish g'oyalarini ham ilgari surgan. U matematika, mantiq, tibbiyot, ilmi 
nujum, musiqa, huquq, tilshunoslik, poetika kabi sohalar bilan shug'ullangan, turli 
tillarni o'rgangan. Manbalarda yozilishicha, u 70 dan ortiq tilni bilgan. 
Abu Rayhon Beruniyning ilmiy bilimlarni egallash yo'llari, usullari haqidagi 
fikrlari hozirgi davr uchun ham dolzarbdir. Uning fikricha, ta'lim oluvchilarga ta'lim 
berishda quyidagilarga e'tibor berish kerak: 
• ta'lim 
oluvchilarni zeriktirmaslik

* bilim berishda bir xil narsani yoki bir xil fanni o'rgatavermaslik 
kerak - bu dars jadvaliga qo'yilgan talablardan biri; 

uzviylik va izchillik; 

tahlil qilish va taqqoslash; 

takrorlash; 

materialni ko'rgazmali bayon etish va shu kabilar. 
Abu Ali ibn Sino ta'lim oluvchilarni jamoa qilib o'qitishni ta'kidlaydi. U ta'lim 
oluvchilarni o'qitishda ularni birdaniga kitob bilan band qilib qo'ymaslik kerak, deb 
o'qtiradi. Shuningdek, olimning fikricha, olib boriladigan o'quv mashg'ulotlarning 
mazmun-mohiyati ta'lim oluvchilarning yosh xususiyatlariga ham mos kelishi va 
unda turli xil ta'lim metodlari va shakllaridan foydalanish zarur. Bu orqali ta'lim 
oluvchilaridagi zerikishning oldi olinadi. Ibn Sino ta'limoti bo'yicha bilishda qaysi 
metodlardan foydalanil-masin-u og'zaki ifodalash, bilimlarni tushuntirish, turli 
ko'rinishdagi suhbatni tashkil etish, tajribalarni uyushtirish bo'ladimi; baribir, ta'lim 
oluvchida haqiqiy bilim hosil qilish, mustaqil, mantiqiy fikrlash qobiliyatini 
rivojlantirish, olgan bilimlarni amaliyotga tadbiq eta olish qobiliyatini tarkib 
toptirish asosiy maqsad bo‘lgan.
Turli yosh guruhlarida ta'lim metodlarini qo'liashning o'ziga xos xususiyatiari. 
Ta'lim metodlarini faollashtirish yo‘llari. Mustaqil ish va uning turlari 
Ta'lim metodi psixologik asosga ega. Bolaning o'quv materi-alini 
o'zlashtirishdagi yosh imkoniyatlari va uning yetuklik darajasi o'qitish va o'qish 
usullariga juda katta ta'sir ko'rsatadi. Ta'lim oluvchilarning fikrlash faoliyatini va 
shaxsiy xususiyatlarini yaxshi bilish o'qitishning samaraliroq usullarini topish 


imkoniyatini beradi. Mutaxassislar tayyorlashning shaxsiy faoliyati konsepsiyasi 
bo'yicha ta'lim jarayonida individual ta'lim jarayonini individual-ijodiy shaxsni 
shakllantirish jarayoni sifatida qarashga, shuningdek, o'qitishni nafaqat o'qitiladigan 
fan mantiqiga, balki shaxsning rivojlanishi mantiqiga muvofiq holda tashkil etishga 
imkon beradi, deb qaraladi. Ta'lim oluvchining yaratuvchilik (ijodiy potension) 
qobiliyati, uning rnuloqot qila olish qobiliyatini, ta'lim olish madaniyatini, ta'lim 
jarayonining barcha bosqichlarida samaradorlik va sifatni oshirishda axborotlashgan 
jamiyat qurish orqali ijtimoiy jamiyat buyurtmasi-ni bajarish (axborot 
texnologiyalari sohasi, axborot ta'lim hujjatlari, foydalanuvchilar)ini va shu kabi 
jarayonlarni rivojlantirishdagi optimal variantlarni tanlashda istiqbolli natijalarni 
qoiga kiritishni kafolatlaydi. Bunda faol ta'lim jarayonini amalga oshiriladi. 
Faol ta'lim - bu ta'lim jarayonida ta'lim beruvchi va ta'lim oluvchining ongli va 
faol ishtiroki, mustaqilligi hamda ijodiy qobiliyatlarini ta'minlovchi tizimli 
pedagogik jarayondan iborat. Faol ta'lim sharoitida o'zlashtirilgan bilim va harakat 
usullari mazmunan mukammal tizimli, mantiqan tugal va turli ishlab chiqa-rish 
vaziyatlarida qo'llanishga yaroqli bo'ladi. Bunda asosan quyidagi ta'lim 
metodlaridan foydalaniladi: bahs-rnunozara; fikrlashga jalb qilish; doskada 
mustahkamlash; turli ta'limiy-kasbiy o'yinlarni arna-liyotga joriy etish va hokazo. 
Ta'lim metodlarini faollashtirish quyidagi ta'lim qonunlariga e'tiborni kuchaytirishni 
taqozo etadi. 

Ta'limda intellektual sohani rivojlantirish qonuni. 
Bu qonun bo'yicha ta'lim oluvchining fikrlashini (bilishini, ijodini), xotirasini, 
diqqatini, 
aql 
sifatlarini 
(teranlik, 
qayishuvchanlik, 
tejamkorlik, 
mustaqillik), 
fikrlash 
ko'nikmalarini 
(ajratish, 
qo'shish, 
tahlil 
qilish 
va 
h.k.), 
bilishini 
(ta'lim 
oluvchilarni 
qarama-qarshilik 
muammolarni 
qurish, savollar qo'ygan farazlarni ilgari surish va h.k.), o'rganishini 
bilishini 
rivojlantirish, 
predmetga 
oid 
bilim, 
o'quv 
va 
ko'nikmalarni 
shakllantirishning istiqbolli usullari ishlab chiqiladi va ulardan amali- 
yotda foydalanish shakllari yaratiladi; 
Ta'limda iroda sohasini rivojlantirish qonuni. 
Bu qonun bo'yicha ta'lim oluvchidagi maqsadga intilishni shakllantirishjarayoni 
e'tiborga 
olinadi. 
Unda, 
asosan, 
asab 
va 
muskullarning 
zo'riqishini 
yenga 
olish, 
tashabbuskorlik

o'z 
kuchiga 
ishonish, 
o'zini 
boshqara 
olishni 
rivojlantirish, 
bilimlarni 
o'qitish, 
faoliyatni 
rivojlantirish, 
uni 
qanday amalga oshirish va nazoratni tashqi ko'nikmasiz olib borish 
kabi qobiliyatlar hisobga olinadi;
Ta'Iimda ematsion sohani rivojlantirish qonuni. 


Bu qonun ta'lim oluvchiga o'z hissiyotini va ruhiy holatini boshqarish bo'yicha 
zaruriy 
ko'nikmalarini 
shakllantirish 
jarayonidan 
iborat 
bo'lib, 
unda 
ortiqcha havotirni 
yengish va o'zini holisona baholash 
ko'nikmasiga 
ega bo'lishni tarbiyalash muhim hisoblanadi; 

Ta'limni axborotlashtirish qonuni. 
Bu qonun bo'yicha axborotlashtirilgan jamiyat sharoitida ta'lim oluvchilarning 
jamoatchilik va kasbiy faoliyatida to'laqonliroq samarali qatnashishiga tayyorlash 
maqsadida 
ta'lim 
tizimining 
barcha 
komponentlari 
kompyuterli 
va 
axborotli texnologiyalar yordamida yaxshilanadi.
Ta'limni axborotlashtirish quyidagilarni o'z ichiga oladi: 

o'quv-uslubiy ishlarni qayta tashkil etish; 

ta'lim beruvchi va uning rolini o'zgartirishga qo'yilgan talablar 
orttiriladi; 

ta'lim oluvchi shaxsning va uni individuallashtirish xususiyati 
rolining ortishi; 

ta' lim muassasasi rolining zamonaviylashuvi, o'zgarishi va uning 
ta'lim oluvchilar tarkibi joylashgan joylarga ta'sirini e'tiborga olish; 
• axborot resurslarining mumkin bo'lgan hajmining to'satdan 
ortishini 
hisobga 
olish; 

zamonaviy axborot xizmati ko'rsatishga bo'lgan talabning muntazam 
ravishda 
ortib 
borishi 
asosidagi 
axborotlashtirishning 
ahami- 
yati o'sishi, ayniqsa, bashoratli, ta'limiy va ilmiy xarakterdagi yo'na- 
lishning rivojlanishini hisobga olish; 

beshta muhim masalalarni hal qilishni kafolatlash. Ular: ta'lim sifatini 
oshirish; 
ta'lim 
jarayonini 
qulay 
holga 
keltirish 
aso- 
sida 
ta'lim 
olishni 
engillashtirish; 
aholi 
savodxonligi 
oshishini 
ta'minlash; 
mamlakatning 
iqtisodiy 
imkoniyati 
(quvvati) 
o'sishini 
ta'minlash; milliy ta'limning jahon ta'limi tizimiga integratsiyalas- 
huvini ta'minlash; 

Ta'limda mustaqillik qonuni. Bu qonun bo'yicha ta'lim oluv 
chilarning bilimlarini hayotga qo'llay olish uchun ta'lim berish jara 
yonini faol fikrlash jarayoniga aylantirish asosida ularda ijodiy 
tashabbuskorlik va mustaqil tafakkur, nutq, madaniyati va ilmiy dunyoqarash, 
e'tiqodni tarkib toptirishning optimal variantlarini ishlab chiqiladi. 
Professorlar R.X. Jo'rayev va S.T. Turg'unovlarning qayd eti-shicha mustaqil 
ta'lim - bu insonning o'zi tanlagan vositalar va adabiyotlar yordamida ajdodlar 
tajribasini, fan va texnika yutuqlarini o'rganishga yo'naltirilgan shaxsiy 
harakatlar jarayoni. Bunda insonning ichki dunyosi, his-tuyg'ulari, mustaqil 
fikrlash qobiliyati aso-siy rol o'ynaydi. 


Mustaqil fikrlashga o'rgatish. Har qanday o'quv fani bo'yicha darsliklarning 
asosiy didaktik ashyosi matnlar, savol-topshiriqlar, mashqlar yoki misol-masalalar 
hisoblanadi. Ta'lim oluvchini mustaqil fikrlashga o'rgatishda darslik, o'quv 
qo'llanmalar va ta'lim beruvchining alohida-alohida ahamiyatini ta'kidlash shart 
emas, balki uni mavzudagi ilg`or fikrlar, ilmiy xulosalar, amaliy haqiqatlar, voqea-
hodisa yoki inson shaxsiga o'z munosabatini bildirishga yo'naltirish kerak bo'ladi. 
Muayyan fanlar bo'yicha ta'lim oluvchini mustaqil fikrlashga o'rgatishga 
darsliklardan o'rin olgan, ilm ahliga, darslik muallifi va ta'lim beruvchiga avval 
ma'lum bo'lgan ilmiy va hayotiy haqiqatlar-ni har bir ta'lim oluvchi o'zining 
imkoniyati doirasida o'z yo'li bilan anglatadi. Darslik yoki o'quv qo'llanmalardagi 
yoki ta'lim beruvchi tomonidan qo'yilgan savol-topshiriqlar ta'lim oluvchini matn 
maz-munini hikoya qilishga (ayrim hollarda yodlab olishga) majburlamasligi kerak. 
Demak, mustaqil ta'lim — bu olingan bilim ko'nikma va malakalarni 
mustahkamlash, qo'shimcha ma'lumot yoki materiallarni mustaqil o'rganish 
maqsadidagi o'quv shakli. 
O'qituvchilarning 
pedagogik 
mahorat 
tajribasida 
ta'lim 
metodlari 
samaradorligini oshirish yo'llari. 
Pedagogik mahorat — ta'lim beruvchining ustoz-murabbiylik fazilatlari, 
o'qituvchilik kasbining 
sirlarini chuqur egallaganligi
, insoniylik va iste'dodi hamda 
intellektual salohiyati va shu kabilar asosida undagi kasbiy ta'lim, tushuncha, 
ko'nikma va malakalarning mukam-mal shakllangan kasbiy faoliyati. 
Pedagogik mahoratdan ko'zlangan maqsad darsning sifati va samaradorligini 
oshirishdan iborat bo'lib, u ta'lim beruvchining kasbiy-ijodiy faoliyatidir. Bunda 
ta'lim beruvchining mahorati ta'lim oluvchilar ichida kimga nimadir tushunarsiz 
bo'lganligini tezda (o'z vaqtida) ilg'ay olish qobiliyatiga bog'liq bo'ladi. Pedagogik 
mahoratga ega o'qituvchida kamida quyidagi qobili-yatlar mujassam bo'lmog'i 
lozim: 

o'qituvchi dars materialini aniq va ravshan bayon qila olishi 
kerak; 

o'qituvchi o'z ta'lim oluvchilarini iloji boricha o'rganilayotgan 
mavzu bo'yicha bir xil fikrga keltira olishi kerak; 

o'qituvchi mavzu mohiyatini to'liq ochib bera olishi kerak va 
zarur bo'lganda ularga bu mavzuning o'z kasbiy faoliyatidagi o'rni va 
roli haqida tushuncha bera olishi kerak; 

dars davomida befarq holda qatnashayotgan ta'lim oluvchini tez 
da dars mazmunini o'rganishga jalb qila olishi kerak; 

o'qituvchining darsni yana davom ettirishini xohlovchi ta'lim 
oluvchilar soni auditoriyadagi jami ta'lim oluvchilarning qancha qis- 


mini tashkil etishini baholab berish va bu orqali o'z dars o'tish texno- 
logiyasini takomillashtirib borish imkoniyatiga ega bo'lish; 

o'qituvchining dars maqsadiga erishganligini baholay bilishi va 
xulosalash qobiliyati va shu kabilar. 
Bunga sabab ta'limda mavzuning mazmuni, mavjud ko'rgazmali vositalarning 
xarakteri va ta'lim oluvchilar tayyorgarlik darajasidan kelib chiqib, har bir ta'lim 
jarayonning holatiga mos ular uyg'unligidan oqilona foydalanish dars 
samaradorligini ta'minlashga imkoniyat yaratadi:

Yüklə 449,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin