Gullashning mohiyati changdonning yorilib changni qabul qilishga tayyor turgan og’izchaga tushishi bilan belgilanadi. O’simlik gullashdan oldin g’uncha hosil qiladi. G’unchaning gulkosabarglari bilan tojbarglari-ning pastki qismlari yuqoriga tez o’sadi va ochiladi. Ayni paytda changchilar va urug’chilar ham ochiladi. Shu hodisa gullash deb ataladi. Gullashning tugashi gultoji-ning, ba’zan gulqo’rg’onning so’lishi bilan belgilanadi. Lekin ayrim o’simliklar, masalan soxta kashtanda gultoji gullashdan keyin ham ancha kun saqlanib turadi. Alohida gullarning gullash muddati turlicha: bir necha soatdan – bir necha haftagacha (masalan, arxideyalarda). Gulning ochilishi ma’lum harorat va namlikni talab etadi. Shu sababli ayrim gullar ertalab ochilsa, boshqalari peshinda yoki kechqurun ochiladi.
Gul changdonidagi yetilgan changning turli yo’l bilan urug’chi tumshuqchasiga tushishi changlanish deyiladi.
Changlanish va urug’lanish bir – birlari bilan chambars bog’langan murakkab biologik jarayondir. Changlanish changdonda yetilgan chang donachasini urug’chi tumshuqchasiga (yopiq urug’larda) yoki urug’kurtakka (ochiq urug’lilarda) kelib tushishidan iborat. Changlanish asosan ikki xili ajratiladi: o’zidan changlanish va chetdan changlanish. O’zidan changlanish ikki jinsli gulning changchilarida yetilgan changni ayni shu guldagi urug’chi tumshuqchasiga tushushidir. Agarda bir o’simlik gulidagi changlar ikkinchi o’simlik gulidagi urug’chi tumshuqchasiga tushsa, bunda chetdan changlanish sodir bo’ladi. Chetdan changlanish gulli o’simliklarning asosiy changlanish usuli hisoblanib, u ko’pchilik turlar uchun hosdir.
Ochilmaydigan mayda gulli o’simliklarning o’zidan changlanib urug’lanishi kleystogamiya deb ataladi. Kleystogamiya avtogamiyaning bir ko’rinishi bo’lib tashqi muhitning noqulay sharoitlari natijasida kelib chiqqan.
Chetdan changlanish. Chetdan changlanish ko’pchilik o’simliklar uchun qulaydir. Chunki bunday changlanish usulida har xil irsiy belgilarda ega bo’lgan gametalar qo’shiladi. Shuning uchun ham chetdan changlanish avtogamiyaga nisbatan ancha ustun turadi.
Shunday qilib, chetdan changlanish o’simliklar uchun foydali hisoblanib, uning birdan – bir kamchiligi har doim amalga oshavermasligi va ko’pgina omillarga bog’liqligidadir. Ksenogamiyada changlarni bir guldan ikkinchi gulning urug’chisi tumshukchasiga kelib tushishi turli vositalar (usullar) bilan amalga oshadi: Etnomofiliya – hashorotlar yordamida: Orintofiliya – qushlar yordamida; Xiropterofitliya – ko’rshapalaklar yordamida ular o’lik tabiatning omillari bo’lgan anemofiliya – shamol yordamida; gidrofiliya – suv yordamidadir.
Hasharotlar yordamida changlanuvchi o’simliklarda ularni jalb qiluvchi xilma – xil moslanishlar mavjud:
1. Gulqo’rg’on, changchilar, gulyobarglar va uchki barglarning rangdor bo’lishi.
2. Ko’pchilik etnomofi o’simliklar gullarida hasharotlarni jalb qiluvchi maxsus bezlar, ya’ni nektardonlardan ajralib chiquvchi nektar katta rol o’ynaydi.
3. Gul changlarni o’zi ham hasharotlar uchun muhim ozuqa manbai bo’lib xizmat qiladi.
4. Etnomofil o’simliklarning gullarini ko’pchiligi efir moylariga boy.
Shubhasiz gullarning xilma – xil ranglari changlatuvchi hasharotlarni jalb qilishga moslanishishda katta ahamiyatga ega.