Shamol yordamida changlanish. Urug’li o’simliklarning 10-15%i anemofil o’simliklardir (oq qayin, terak, hamma ninabarglilar, qandag’och, qayrag’och, eman, o’rmon yong’og’i, nasha tut deyarlibarcha qo’ng’irboshdoshlar, hilollar, gazanda, zubturum va boshqalar). Bu o’simliklarning gulari odatda mayda, kzrimsiz, gulqo’rg’onsiz yoki yaxshi rivojlanmagan gulqo’rg’onli, nektar yoki hidlarga ega emas. Changdonlar uzun, oson tebranuvchi chang iplariga ega. Changlar juda yengil, shuning uchun ham uzoq masofalarga tarqala oladi. (30-70 km). Ular juda ko’p sonda hosil bo’ladi.
Gulning tuzilishini formula shaklida ifodalash mumkin. Buning uchun uning qismlari quyidagi belgilar bilan ifodalanadi: gulkosa-Sa (Calyx); gultoji-So (Corolla); gulqo’rg’on-R (Perigonium); androtsey-A (Androe-ceum); ginetsey-S (Gynoeceum).
Gullarning tipi ham shartli belgilar bilan ifodalanadi:
- bir jinsli urg’ochi gul; - bir jinsli erkak gul; - zigomorf gul; - aktinomorf gul; ( )- birikib o’sganligini bildiradi. Gul qismlarining soni esa raqamlar bilan ifodalangan: Ca5, Co6. Mabodo ularning soni 10 tadan oshsa- belgisi quyiladi.
Misol uchun, sabzining gul formulasi quyida-gicha ifodalanadi: Sa5 Co5 A5 G (2)
To’pgullar va ularning turlari. Aksariyat o’simlik-larda gullar to’p-to’p bo’lib joylashadi va ular to’pgullar deyiladi.
-rasm. Oddiy to’pgullar.
A- boshoq, B- so’ta, V- shingil, G- kuchala, D- soyabon,
E- boshcha, J- savatcha (uzum shingili).
To’pgullarning shakli, o’lchami va undagi gullar soni turlicha bo’ladi. To’pgullarda gullar uning birinchi tartib o’qida joylashgan bo’lsa oddiy to’pgul, ikkinchi yoki uchinchi tartibdagi o’qiga o’rnashgan bo’lsa murakkab to’pgul deyiladi.
Oddiy to’pgullar. Bu to’pgullarning quyidagi tiplari mavjud.
Boshoq. Bunday to’pgulning asosiy o’qida bandsiz yoki bandli gullar zich joylashadi (zubturum, tizimgul
va boshqalar).
Shingil yoki shoda. Bunda asosiy gul o’qida gulbandiga ega bo’lgan gullar yakka-yakka joylashadi
Oddiy qalqon. Asosiy gul o’qining pastida joylashgan gul bandlari uzunroq bo’lib, gulning hammasi bir tekis joylashadi (olma, nok va do’lana).
So’ta. Bitta etdor yo’g’on o’qda boshoqdagi singari bir necha gullar joylashadi (makkajo’xori).
Soyabon. To’pgulning asosiy o’qi qisqa, barcha gullarning gulbandlari shu o’q ichidan chiqqan kabi joylashadi (gilos, nok, piyoz, primula).
Boshcha. Asosiy o’q biroz kengaygan, gullar bandsiz yoki qisqa bandli bo’ladi (o’barga).
Savatcha. Asosiy o’q «savatchaga» o’xshash kengaygan bo’lib, mayda o’troq gullar zich joylashadi. Bular kungaboqar, bo’tako’z, qoqida uchraydi (19- rasm).
Dostları ilə paylaş: |