8-mavzu. Vaqt qatorlari tahlili. Reja



Yüklə 14,15 Kb.
tarix14.12.2023
ölçüsü14,15 Kb.
#180107
8-mavzu. Vaqt qatorlari tahlili. Reja


8-mavzu. Vaqt qatorlari tahlili.
Reja:
8.1. Vaqt qatorlari tushunchasi va uning mohiyati. Vaqt qatorlarida trend
tushunchasi.
8.2. Vaqt qatorlarida mavsumiylik va uning ko’rinishi. Tsiklik tebranishlar.
8.3. Vaqt qatoalrini hosil qilishning additiv modeli. Eng kichik kvadratlar usuli
8.4. Sirg’aluvchi o’rtachalar usuli. Ma’lumotlardan mavsumiylikni olib tashlash.
8.5. Vaqt qatrolarini hosil qilishning multiplikativ usuli. Vaqt qatorlarini
prognozlash.


8.1. Vaqt qatorlari tushunchasi va uning mohiyati. Vaqt qatorlarida trend
tushunchasi.
Ma’lum bir davrdagi turli ijtimoiy – iqtisodiy hodisalarni vaqt bo‘yicha (dinamikada) xarakteristikalarini ifodalash va tahlili qilish uchun bu jarayonlarni xarakterlovchi ko‘rsatkichlar va usullardan foydalaniladi.
Adabiyotlarda dinamik qator va vaqtli qator tushunchalaridan foydalaniladi. “Dinamik qatorlar” tushunchasi bir muncha tor ma‟noda – belgining o‘sishga (pasayishga) ma‟lum bir tendentsiyasi bor bo‘lgan, yo‘naltirilgan o‘zgarishi sifatida talqin etiladi. Vaqtli qator tushunchasi ostida albatta ma‟lum bir tendentsiyaga ega bo‘lishi shart bo‘lmagan, ya‟ni qandaydir ko‘rsatkichni darajasini statistik ketma-ketligi ko‘rinishida bo‘lgan qatorlar darajasi tushuniladi. Shunday qilib, “vaqtli qator”- bir muncha umumiy tushunchadir. Bunday qator qandaydir ko‘rsatkichni ham dinamik, ham statsionar tashkil etuvchilar darajalari ketma-ketligini o‘z ichiga oladi. Ammo adabiyotlarda ko‘pincha “dinamik qator”, yoki “qator dinamikasi” termini qo‘llaniladi.
Dinamik qator- ketma-ket (xronologik tartibda) joylashgan statistik ko‘rsatkichlar qatori, ularning o‘zgarishi o‘rganilayotgan hodisani ma‟lum bir rivojlanish tendentsiyaga egaligi ko‘rsatadi. Dinamik qator lag tashkil etuvchisini o‘z ichiga oladi.
Vaqtli qator-vaqt bo‘yicha ketma – ket tartibda joylashgan sonli ko‘rsatkichlar qatori bo‘lib, ular hodisa yoki jarayonni holati darajasi va o‘zgarishini xarakterlaydi.
Vaqtli qatorning asosiy elementlari:
Vaqt ko‘rsatkichi t
Qator darajasi u
Vaqt ko‘rsatkichidan bog‘langan holda vaqtli qatorlar momentli (ma‟lum bir sanaga) va intervalliga (ma‟lum bir davr ichida) tasniflanadi (klassifikatsiyalanadi) (1-rasm.)
Vaqtli qatorlar turlari:

  • Momentli (ma‟lum bir sanaga)

  • Intervalli (ma‟lum bir davr ichida).


1-rasm. Vaqtli qatorlarni tasnifi
Shuningdek, vaqtli qatorlar sanalar o‘rtasidagi oraliq va ko‘rsatkichlarni mazmuni bo‘yicha farqlanadi. Mazmuni bo‘yicha vaqtli qatorlar ko‘rsatkichlari xususiy va agregatsiyalangan ko‘rsatkichlaridan tashkil topadi. Xususiy ko‘rsatkichlar hodisa va jarayonlarni ajratib, bir tomonlama xarakterlaydi (masalan, sutkada o‘rtacha suv iste‟mol qilish hajmi ko‘rsatkichining dinamikasini): agregatsiyalangan ko‘rsatkichlar hususiy ko‘rsatkichlardan hosila hisoblanadi va o‘rganilayotgan xodisa va jarayonni kompleks xarakterlaydi (masalan, iqtisodiy kon‟yunkturaning ko‘rsatkichlarini dinamikasi).
Vaqtli qatorlarni tuzishda ma‟lum qoidalarga rioya qilish kerak (talablarga), ular ma‟lum bir shartlarni bajarmaslik oqibatida yuzaga kelishi mumkin, bu esa qatorni solishtirib bo‘lmaydigan holga olib kelishi mumkin (2-rasm).



2-rasm. Vaqtli qator darajalarini solishtirib bo‘lmaslik sabablari.
Yüklə 14,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin