8-mavzu. Xalqaro marketingda narxlar, narxni shakllantirish, narx siyosati


TASHQI SAVDO NARXLARINI HISOBLASHNING UMUMIY USLUBIY YO’NALISHLARI



Yüklə 50,99 Kb.
səhifə4/6
tarix21.12.2023
ölçüsü50,99 Kb.
#188371
1   2   3   4   5   6
8-mavzu

TASHQI SAVDO NARXLARINI HISOBLASHNING UMUMIY USLUBIY YO’NALISHLARI

Eksport narxini hisoblash mexanizmi o’z ichiga quyidagilarni kiritadi:

  • mavjud ma’lumotlardan eksport qilinishi lozim bo’lgan tovarga o’xshash tovarlarning oxirgi yillardagi narxlari to’g’risidagi ma’lumotlar tanlab olinadi;

  • sotish tavsiya etilayotgan tovarning asosiy texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlari, jumladan, etkazib berish shartlari va narxlar oldindan tayyorlab qo’yilgan jadvalga kiritiladi;

  • tijorat o’zgartishlari yordamida sotish taklif etilayotgan tovar narxi tanlangan bozorda sotish shartlariga keltiriladi. Bunda mazkur tovarning raqobatchi tovaridan texnik-iqtisodiy farqlari hisobga olinadi (agar farq sizning foydangizga bo’lsa, narx o’sadi, aks holda esa - kamayadi);

  • raqobatchi tovarlardan bir nechtasini tanlash maqsadga muvofiqligi sababli o’rtachalashtirilgan narxni olish zarur. Bu narx xaridor bilan muzokaralarda boshlang’ich narx vazifasini o’taydi. Eksportchi o’zining tijorat takliflarida boshlang’ich narxni 10-20 %ga oshirib qo’yadi va asta-sekinlik bilan xaridor uchun maqbul darajagacha tushiradi.

Import narxni hisoblashda uning shakllanishidagi o’ziga xosliklarni hisobga oluvchi boshqacha tartib belgilangan:
1. Xaridor asosiy ishlab chiqaruvchi firmalardan o’ziga kerakli tovarni etkazib berish bo’yicha takliflarni so’raydi. Bu maqsadda ishlab chiqaruvchilar manziliga kerakli mahsulotga bo’lgan texnik-iqtisodiy talablar va uni etkazib berishning asosiy shartlari yuboriladi.
2. Javob tariqasida olingan tijorat takliflari (oferta) oldindan tayyorlab qo’yilgan va taklif etilayotgan tovarga qo’yilgan talab bo’yicha texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlar, shuningdek, xaridor firmalar tomonidan taklif etilgan narx va etkazib berish shartlari ko’rsatilgan jadvalga kiritiladi.
3. Bu ma’lumotlar har bir firma bo’yicha to’g’irlashlar yordamida yagona bazisga keltiriladi va uning asosida tovarning keltirilgan narxi yaratiladi.
4. Jadvaldagi eng kichik narx sotuvchi bilan kelishishda asos qilib olinadi va xaridor uchun qulay narxga kelguncha tushiriladi.




    1. Yüklə 50,99 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin