8-mavzu. Xalqaro marketingda narxlar, narxni shakllantirish, narx siyosati



Yüklə 50,99 Kb.
səhifə1/6
tarix21.12.2023
ölçüsü50,99 Kb.
#188371
  1   2   3   4   5   6
8-mavzu


8-MAVZU. XALQARO MARKETINGDA NARXLAR,
NARXNI SHAKLLANTIRISH, NARX SIYOSATI



    1. Xalqaro marketingda narx shakllanishining o’ziga xos tomonlari.

    2. Tashqi savdoda narx shakllanishining asosiy shakllari.

    3. Narx strategiyalarining turlari.

    4. Tashqi savdo narhlarini hisoblashning umumiy uslubiy yo’nalishlari.

    5. Marketingda narhlarni hisoblash usullari.

    6. Eksport xarajatlari.

    7. INKOTERMS ta’minot bazisi asosidagi jahon narxlari.



8.1.XALQARO MARKETINGDA NARX SHAKLLANISHINING O’ZIGA XOS TOMONLARI
Narx bozor kategoriyasi bo’lib, tovarlar ayirboshlanganda yuz beradigan munosabatlarni anglatadi. Narx nazariy jihatdan olganda tovar qiymatining puldagi ifodasi, qiymatining bozordagi ko’rinishidir. Narx bamisoli barometr kabi bozor xolatini ko’rsatib turadi, narx pasayib ketsa, tovar bozori kasodlikka yo’liqqan bo’ladi, tovar nafsiz bo’lib, uni boshqa tovar bilan almashtirish yoki uning sifatini tubdan yaxshilash zarurligi pul tarkibiga qo’yiladi. Narx nimaga tegishli bo’lishidan qat’iy nazar (tovar, xizmat) beshta asosiy funksiyani bajaradi:

  1. bozor muvozanatini ta’minlash funksiyasi

  2. hisob-kitob, ulchov funksiyasi

  3. iqtisodiy regulyator funksiyasi

  4. raqobat vositasi funksiyasi

  5. ijtimoiy himoya funksiyasi

Bozor iqtisodiyoti sharoitida narxning quyidagi turlari mavjud: demping narx; nufuzli narx; milliy narx; arzonlashtirilgan narx; jaxon narxi; yashirin narx; erkin narx; standart narx; kontrakt (ulgurji) narx; chakana narx; o’zgaruvchan narx; limit narx; muvozanat narx.
Bozor narxining asosiy xususiyatlari ularning doimo o’zgarib turish qobiliyatidir. Narxlar xech kachon sababsiz o’zgarmaydi. YUqori narxlar esa yuqori sifatli, yangi iste’mol kobiliyatiga ega bo’lgan tovarlarga o’rnatiladi. Narx darajasiga tovarning raqobatbardoshligi va bozordagi o’rni bog’liqdir.
Bozorda narx uchta gurux omil natijasida shakllanadi:
1.Talab omillari (bozorda o’xshash tovarlar mavjudligi va ularga bo’lgan narxlar, bozorga kirish, xaridorlar daromadlari, xaridorni talablari, talabga yo’naltirilgan narx)
2.Xarajat omillari (ishlab chiqarish xarajatlari, marketing xarajatlari, foyda).
3.Raqobat omillari (tarmoqdagi firmalar soni, aynan o’xshash import tovarlari, raqobatchilar tovarlariga bo’lgan narxni bilish.
Asosiy narxni belgilash uslubi quyidagilardan iborat:
- narxlashtirish masalasi qo’yiladi,
- talabi aniqlanadi,
- xarajatlari baxolanadi,
- raqobatchilar tovari va narx tahlil qilinadi,
- narxni shakllantirish uslubi tanlanadi,
- oxirgi natijaviy narx o’rnatiladi.
Firma talab chizmasiga asoslanib, xarajatlarning miqdorini belgilab, raqiblar narxlarini o’rganib, o’z mahsulotlariga narx belgilashga kirishadi. Bunda narx belgilashning turli usullaridan foydalanish mumkin.



Yüklə 50,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin