8-mavzu. Xalqaro marketingda narxlar, narxni shakllantirish, narx siyosati



Yüklə 50,99 Kb.
səhifə3/6
tarix21.12.2023
ölçüsü50,99 Kb.
#188371
1   2   3   4   5   6
8-mavzu

8.3. NARX STRATEGIYALARINING TURLARI
Xalqaro bozorda qo’llanuvchi narx strategiyalari o’rtasida quyidagilarni ajratib ko’rsatish mumkin:
1. «Qaymog’ini olish» strategiyasi. Bu strategiya xalqaro bozor sub’ekti kuchli reklamadan foydalangan holda o’z tovarini ishlab chiqarish narxlaridan katta farq qiluvchi nisbatan past narxlarda sotish orqali yuqori moliyaviy natijalarga erishishini nazarda tutadi.
2. «Kirib borish» strategiyasi. Bu strategiya firmaning qisqa vaqt ichida katta bozor ulushini egallab olish maqsadida nisbatan past narxlarda tovar bilan tashqi bozorga kirib borishni nazarda tutadi va ba’zida «yorib kirish» strategiyasi deb ham nomlanadi.
3. «Siqib chiqarish siyosati» strategiyasi. Mazkur ko’p hollarda strategiya xalqaro bozor sub’ektlari tomonidan boshqa sotuvchilarning xuddi shunday tovarlari paydo bo’lishining oldini oluvchi juda past narxlardan foydalanish hisobiga amalga oshiriladi. Bunday narx siyosatini faqatgina yuqori sifatli va ommaviy ishlab chiqariluvchi modifikatsiyalangan tovar ishlab chiqaruvchi yirik kompaniya va firmalar qo’llashi mumkin. Garchi bu tovarlar dastlabki shaklida xalqaro bozorda hayotiylik davrini yakunlashga yaqin bo’lsa ham.
4. «Narx etakchisi» strategiyasi. U etakchi firma va ishlab chiqaruvchi kompaniyaning narx shakllanish mexanizmidan foydalanadi. Bu esa etakchi «ayyorlik» qilmayotgan va adashmayotgan hollarda ergashib boruvchi firmalar uchun o’ziga xos afzalliklarga ega.
5. «Tabaqalashtirilgan narx» strategiyasi. Ushbu strategiya oson segmentlanuvchi tashqi bozorda talab darajasi yuqori, shuningdek, xaridorlarning taqsimlangan narxlarni qabul qilish imkoniyatlari mavjud hollarda samarali bo’ladi. Mazkur strategiya xalqaro bozorning turli qismlarida turli mahsulotlarni turli narxlarda sotishni rag’batlantirish yoki ushlab turishga imkon beradi.
6. Xalqaro bozorga chiqishda narx diskriminatsiyasi deb nomlanuvchi siyosatni amalga oshirish katta qiziqish uyg’otadi. Bu siyosatga ko’ra bir xil tovar yoki xizmatga jami ishlab chiqarish va muomala xarajatlaridan qat’i nazar turli xil sotuv narxlarining belgilanishi ko’zda tutiladi.




    1. Yüklə 50,99 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin