8-sinf 1-chorak ona tili fanidan chiqish test savollari Tuzuvchi Obidjon Shoynazarov



Yüklə 36 Kb.
səhifə1/2
tarix03.11.2022
ölçüsü36 Kb.
#67245
  1   2
8-sinf ona tili va adabiyot 1-chorak test



8-sinf 1-chorak ona tili fanidan chiqish test savollari Tuzuvchi Obidjon Shoynazarov 27.10.2021-yil
1. ….dalillar so`zlovchi yoki yozuvchining shaxsiy munosabati, nuqtayi nazari asosida ifodalanadi; badiiy-tasviriy vositalar qo`llanishi mumkin. Nuqtalar o`rniga mos so`zlarni qo`ying.
A) Ijodiy matn B) tavsifiy matn C) ma`lumotnoma matn D) ijosiy-tavsifiy matn
2. Qaysi matn ma`lumotnoma matnga misol bo`la oladi?
A) ilmiy , rasmiy B) faqat rasmiy C) ilmiy va publististik D) publististik va rasmiy
3. Quyidagilardan nechtasi tavsifiy matn bo`la olishi mumkin? 1-ilmiy 2- publitsistik 3- badiiy 4- insho 5- rasmiy
A) barchasi B) 1,2,3,4 C) 2,3,4 D) faqat 3
4. ….voqea-hodisa yoki holat haqida oddiy axborot beriladi. Bunday matn obrazlilik va bo„yoqdorlikdan, badiiy-tasviriy vositalardan xoli bo`ladi. Nuqtalar o`rniga kerakli javobni qo`ying.
A) Ijodiy matn B) tavsifiy matn C) ma`lumotnoma matn D) ijosiy-tavsifiy matn
5. Berilgan so„zlardan nechtasi ravish so`z turkumiga mansub?: ado bo`lmoq, mo`lko`l, xalal bermoq, apiltapil, tartibga keltirmoq, biroz, birmuncha, orachora, oh urmoq, bir tekis, tush ko`rmoq, eskicha, sirasira, bir zamon, bir talay, bir nav A) 7ta B) 8 ta C) 10ta D) 12ta
6. 8-sinf o`quvchisi necha shifa insho yozishi kerak? A)3-4 B)4-5 C)5-6 D)6-7
7. Insho yozish uchun tayyorgarlik jarayoni qanday tartibda bo`lishi kerak ? a-dalillash uchun ko`chirmalar yig`ilishi,
b-manbalari aniq bo`lishi kerak , c-reja tuzilib d-mavzu chuqur va atroflicha o`rganilishi
A)d,a,b,c B)a,b,c,d C)c,a,d,b D)d,b,c,a
8. Bilimlarni boyitish yoki namoyish qilish maqsadiga ko`ra insho qanday turlardan iborat bo`ladi?
A)erkin va sinov B)ta`limiy va sinov C)erkin va adabiy D)adabiy , erkin, ilmiy
9. Insho mazmun-mohiyatiga ko`ra turlari tog`ri berilgan qatorni toping.
A)erkin va sinov B)ta`limiy va sinov C)erkin va adabiy D)adabiy , erkin, ilmiy
10. …. adabiyot fani dasturida mavjud bo`lmagan mavzuda yoziladi. Unda o`quvchining ma`lum bir mavzuga oid bilimlari, axloqiy, ijtimoiy- siyosiy dunyoqarashi, fikr va mulohazalari aks etadi.Nuqtalar o`rniga mos javobni qo`ying.
A) erkin B) ilmiy C) adabiy D) sinov
11….. adabiyot darslarida o`tilgan ma`lumotlarga o`quvchining ijodiy munosabati (nuqtayi nazari) qo`shib ifodalanadigan insholarni o`z ichiga oladi. Nuqtalar o`rniga mos javobni qo`ying.
A) erkin B) ilmiy C) adabiy D) sinov
12. … biror fanga tegishli mavzu ilmiy dalillar asosida yoritiladi. Unda ilmiy va ilmiy-ommabop manbalardan olingan
materiallardan keng foydalaniladi . . Nuqtalar o`rniga mos javobni qo`ying. A)erkin B)ilmiy C)adabiy D)sinov
13. Quyidagilardan nechtasi inshoga epigraf bo`la oladi? hikmatli so`z, maqol, ibora , badiiy parcha
A) 1tasi B) 2tasi C) 3tasi D) barchasi
14. Epigraf tog`risidagi ma`lumotlardan nechtasi tog`ri? 1-epigraf, odatda, rejadan keyin, insho matnidan oldin,
sahifaning o`ng chekkasida yoziladi 2-epigraf bo`lgan matndan so`ng (so`roq yoki undov gap bo`lmasa) nuqta qo`yiladi 3- inshoda epigraf majburiy 4-muallif nomi qavs ichida beriladi
A) barcahsi tog`ri B) 1,2,4 C) 2,3 D) 1,3,4
15. Ba`zi farazlarga ko`ra, asr oxiriga kelib mavjud tillarning necha foizi o`lik tilga aylanadi.
A) 32 % B) 40% C) 76% D) 95 %
16. Ma`lumotlarga qaraganda har oyda dunyo miqyosida nechtadan til o`lmoqda ?
A) 2ta B) 9ta C) 16ta D) 33ta
17. YUNESKOning 2017-yil 15-iyundagi xabariga ko`ra, o`lim yoqasida turgan 2,5 ming tildan nechtasi Markaziy Osiyo xalqlariga to`g`ri keladi. A) 2tasi B) 15tasi C) 22tasi D) 33tasi
18. Markaziy Osiyo lo`lilari tili yana qanday ataladi? A) paryo B) oryot C) truxman D)dungan
19. Davlat qonunlari, Prezident farmonlari, hukumat qarorlari qaysi uslubda yoziladi?
A) rasmiy B) publististik C) ilmiy D) badiiy
20…. uslubda gaplar ixcham va aniq mazmunli quriladi, ko`pincha, egasiz, kesimlari majhul nisbatda bo`ladi. Gap qaysi uslub ustida ketmoqda? A) rasmiy B) publististik C) ilmiy D) badiiy
21. G`alaba! Sen uyimizga sovg`a-salomlarga to`lib emas, aftoda bir holatda: tovoni teshik askar etigini kiyib, horibcharchab, sillang qurigan holda kirib kelding. Matn qaysi uslubda yozligan?
A) rasmiy B) publististik C) ilmiy D) badiiy
22. YUNESKOning 2017-yil 15-iyundagi xabariga ko`ra ayni vaqtda O`zbekistondagi nechta til o`lik tilga aylanish xavfida turibdi? A) 3ta B) 5ta C) 7ta D) 15ta
23. Har xil asoslardagi hisob-kitoblarga ko`ra, bugungi kunda dunyoda nechta til borligi e`tirof etiladi?
A)3mingdan 6 mingtagacha B)3 mingdan 7 mingtagacha C)7 mingtadan ortiq D)5-6mingtacha
24. Ilmiy insho qaysi fanlardan yozilishi mumkin?
A)adabiyot va tarix B)faqat ona tili va adabiyot C)barcha fanlardan D)ona tili va tarix
25. Erkin mavzudagi insho qanday uslubda yoziladi? A)ommabop B)badiiy C)ilmiy D)rasmiy




Yüklə 36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin