035-Amir Temur vorislari o'rtasida taxt uchun kurash (16)
Savollar va javobi
1. Amir Temur qachon va qayerda vafot etgan edi?
1405 yil 18 fevralda, O'trorda
2. Amir Temur vafotidan oldin kimni o'zining vorisi etib tayinlagan edi?
Pirmuhammadni
3. Qachon Xalil Sulton Samarqandda taxtni egallab o'zini Movarounnahrning oliy hukmdori deb e'lon qilgan edi?
1405 yil 18 martda
4. Taxtni noqonuniy yo'l bilan egallab olgan Xalil Sultonga qarshi kimlar birinchi bo'lib bosh ko'targan edilar?
Amir Xudoydot bilan Shayx Nuriddin
5. Xalil Sultonga qarshi chiqib, Amudaryoning chap sohilidagi viloyatlarda o'z hokimiyatini o'rnatishga qarshi chiqqan shaxsni aniglang.
Sulton Husayn Mirzo
6. Xalil Sultonga qarshi Amudaryodan kechib o'tib Nasafga tomon qo'shin tortgan kim edi?
Pirmuhammad
7. Amir Temur vafotidan keyin yuzaga kelgan boshboshdoqlik davrida G'arbiy Eron va Ozarbayjonda kimlar hokimi mutlaq bo'lib olgan edilar?
Umarshayx Mirzo va Abu Bakr Mirzo
8. Amir Temur vafotidan keyin yuzaga kelgan boshboshdoqlik davrida Turkiston, Sabron, O'tror va Sayramda kim hokimi mutlaq bo'lib olgan edilar?
Berdibek
9. Xalil Sulton Movarounnahrda hukmronlik qilayotgan davrda Xorazmni kim bosib oladi?
Idiku
10. 1407 yil 22 fevralda….
Pirmuhammad fitnachilar qo’lida o’ldirildi
11. Qachon Qoraquyunli turkmanlarning qabila boshlig'i Qora Yusuf bilan bo'lgan jangda Mironshoh halok bo'lgan edi?
1408 yil 22 aprelda
12. Mironshoh vafotidan keyin qaysi hududlar Temuriylar qo'l ostidan chiqib ketgan edi?
Ozarbayjon va Iroq
13. 1409 yilning bahorida kim O'ratepa va Shoxruxiya shaharlarni egallab, Samarqandga yurish qilgan edi?
Amir Xudoydot
14. Amir Xudoydot qayerda bo'lib o'tgan jangda Xalil Sultonni asirga olgan edi?
Sheroz yaqinida Zarafshon daryosi bo'yida
15. Besh yil davom etgan o’zaro kurash va isyonlardan keyin kim Temuriylar davlatida tinchlik o’rnatishga muvaffaq bo’lgan edi?
Shohrux
16. Qachon Shoxrux Mirzo Amudaryoni kechib o'tib, Samarqandni egallagan va Amir Temur davlatining ikkala qismida ham tinchlik o'rnatgan edi?
1409 yil 25 aprelda