8-sinf jahon tarixi



Yüklə 0,54 Mb.
səhifə49/71
tarix21.10.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#159399
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   71
7-Sinf O‘zbekiston tarixi mavzu.918

015-16-Somoniylar davrida ijtimoiy-iqtisodiy hayot Gaznaviylar davlati (55)

Savollar va javobi


1. Somoniylar davrida qaysi shaharda yuksak navli qog’oz ishlab chiqarilar edi?
 Samarqand
2. Somoniylar davrida qaysi voha ko’nchilik va charm mollari bilan mashhur bo’lgan?
 Shosh
3. Somoniylar davrida qaysi hududda qayiqsozlik taraqqiy qildi?
 Xorazm
4. X-XI asrlarda qaysi viloyat o’zining kumush va qo’rg’oshin konlari va kumush tanga chiqaradigan zarbxonasi bilan mashhur edi?
 Eloq
5. Sharqda mashxur "zandanachi" mallarang bo'zi qayerda ishlab chiqarilgan?
 Buxoro
6. Sharqda mashhur bo’lgan vadoriy matosi qayerda ishlab chiqarilar edi?
 Samarqand
7. X-XI asrlardayoq Movaraunnahrning qaysi viloyatidan toshko’mir va neft qazib olingan?
 Farg’ona
8. Somoniylar davrida ichki savdoda asosan qanday tangalar ishlatilgan?
 ikkita javob to'g'ri
9. Somoniylar davrida pul almashtirib beradigan shaxslarni qanday nomlashgan?
 sarroflar
10. Somoniylar davlatida qaysi yo'l orqali Janubiy Sibir va Mo'g'ulistonga Movarounnahrning qishloq va shaharlaridan kerakli mahsulotlar etkazib berilgan?
 Shimoliy yo'l orqali
11. VII-IX asrlarda Xitoy bilan savdoda muhim o'rin tutgan mahsulotlarni aniqlang.
 ot, choy, ipak mato, tuz
12. Xitoyda har bir otning bahosi choy bahosida qancha kg choyga teng bo'lgan?
 56 kg
13. Xitoyda har bir otning bahosi necha o'ram ipakka teng bo'lgan edi?
 50 o'ram
14. Xitoy o'lchov birliklaridan "jin" necha gramm bo'lgan?
 600 g
15. VII-VIII asrlarda asosiy import mahsulotlaridan biriga aylangan mahsulotni ayting.
 choy
16. O'rta Osiyoga qaysi hududdan qimmatbaho mo'ynalar, shamlar va cho'qqi qalpoqlar keltirilgan edi?
 Bulg'or va Xazardan
17. Somoniylar davlatining tashqi savdosida asosan qaysi tanga ishlatilgan?
 ismoiliy
18. Somoniylar davlatida kumush tangalar quyidagi qaysi shaharlardagi zarbxonalarda so'qilgan? 1.Marv 2.Samarqand 3.Gurganj 4.Balx 5.Poykand 6.Buxoro 7.Shosh
 1,2,6,7
19. Somoniylar davlatida necha xil yer egaligi mavjud bo’lgan?
 5 xil
20. Somoniylar davrida davlat yеrlari nima dеb yuritilgan?
 mulki sultoniy
21. Somoniylar davrida mulki xos yerlari kimlarga tegishli bo’lgan?
 oliy martabali ruhoniylar va sayyidlar
22. Somoniylar davrida mulki xos yerlaridan qanday soliq undirilgan edi?
 ushr
23. Qachondan boshlab yirik mansabdorlarga davlat oldidagi xizmatlari uchun yerlar in’om qilina boshlangan?
 X asrdan
24. Somoniylar davrida iqto yer egaligi to’g’risida berilgan fikrlardan qay biri noto’g’ri?
 iqto dastlab merosiy mulk qilib berilgan
25. Iqto yer egaligi dastlab kimlarga berilgan?
 amirzodalar va yirik mansabdorlarga
26. Qishloq jamoalari tasarrufida bo'lgan jamoa yerlari qanday yerlar bo'lgan?
 lalmikor va tog'oldi yerlari
27. IX-X asrlarda yerni ijaraga olib ishlovchilar qanday nomlanar edi?
 barzikorlar
28. Agar qo'shchining o'z qo'shi va urug'liki bo'lsa qancha miqdorda hosildan ulushga ega bo'lgan?
 1/3, 1/4 yoki 1/5
29. Agar qo'shchining o'z qo'shi va urug'liki bo'lmasa qancha miqdorda hosildan ulushga ega bo'lgan?
 1/10 yoki 1/12
30. Buxoroda aholidan ikki marta soliq undirib olingan yilni aniqlang.
 942 yil
31. 947 yilda Nuh ibn Nasrning amakisi Ibrohim kimning yordamida taxtni egallab oladi?
 Abu Ali Chag’oniy
32. Somoniy hukmdorlardan Nuh II hukmronlik qilgan yillarni aniqlang.
 976-997 yillar
33. Somoniy hukmdorlardan Nuh hukmronlik qilgan yillarni aniqlang.
 943-954 yillar
34. 952 yilda kim avval Chag'oniyonga, keyinchalik Xurosonga hokim etib tayinlangan edi?
 Abu Ali Chag'oniy
35. 961 yilda qaysi hududda askarlarning g’alayoni ko’tarilgan edi?
 Buxoroda
36. G’aznaviylar davlatining asoschisi kim hisoblanadi?
 Alptegin
37. G'aznaviylardan qaysi hukmdor davrida ularning nufuzi somoniylar tomonidan e'tirof etilgan edi?
 Sabuqtakin
38. G'aznaviylar davlati sharqda qaysi hududlarga yoyilgan edi?
 Shimoliy Hindistondan Janubiy Balujistongacha
39. G'aznaviy hukmdorlardan Sabuqtakin hukmronlik qilgan yillarni aniqlang.
 977-997 yillar
40. G’aznaviylar davlati kimning davrida Sharqning yirik davlatlaridan biriga aylangan edi?
 Mahmud G’aznaviy
41. Mahmud G'aznaviy qachon Xorazmni bo'ysundirgan edi?
 1017 yilda
42. G'aznaviy hukmdorlardan Ma'sud G'aznaviy hukmronlik qilgan yillarni aniqlang.
 1030-1041 yillar
43. G’aznaviylar davlati qachon barham topdi?
 1186 yil
44. G’aznaviylar davlatida shahar hokimi nima deb atalgan?
 rais
45. G'aznaviy davlatida viloyat hukmdori qanday nomlangan edi?
 voliy
46. G'aznaviy davlatida viloyat boshqaruv ishlari kim tomonidan olib borilgan edi?
 amid
47. G'aznaviy davlatida shahar boshqaruv ishlari kim tomonidan amalga oshirilar edi?
 kutvol
48. G'aznaviy davlatida bosh vazir tizimida qanday devonlar faoliyat yuritgan edi? 1.harbiy 2.moliya 3.elchilik va rasmiy tadbirlar 4.xabar-pochta 5.davlat mulklari
 1,2,3,4
49. G'aznaviy davlatida bosh qo'mondon qanday atalar edi?
 sipohsolor
50. G'aznaviylar davlatida harbiy qismlar boshlig'i nima deb atalgan?
 sarxang
51. G'aznaviylar davlatida lashkarboshi nima deb atalgan?
 solor
52. Quyidagi o'rta asr davlatida hattoki daryo va dengiz floti ham mavjud bo'lgan.Gap qaysi davlat haqida ketmoqda?
 G'aznaviylar davlatida
53. G'aznaviylar hukmdori Mahmud G'aznaviy o'z ona-tili bilan bir qatorda yana qanday tillarni bilgan?
 fors, arab va pahlaviy
54. Tarixchi Bayhaqiyning sulton Ma'sudga bag'ishlab yozgan asarini aniqlang.
 “Tarixi Mas’udiy”
55. Beruniyning Sulton Mas’udga bag’ishlangan asarini aniqlang.
 “Qonuni Mas’udiy”



Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin