1. Qadimgi qaysi davlatda xudolar hayvonlar siymosiga o’tib olib odamlar orasida yashaydi deb hisoblaganlar?
Misr
2. Qadimgi Misr podsholigining poytaxti Memfisning o’z xudosi bo’lgan.Bu xudoni aniqlang.
Ptax
3. Misrliklar e’tiqodicha qaysi xudo olamni yaratayotganida har bir narsaning nomini odamga o’rgatgan?
Ptax
4. Misrda Ptax degan xudoning Yer yuzidagi qiyofasi qanday aytilgan?
Apis
5. Misrda qaysi xudo peshanasi va belida oq qashqasi bo’lgan qora ho’kiz timsoldida tasavvur etilgan?
Apis
6. Misrda Quyosh xudosi qanday aytilgan?
Amon-Ra
7. Misrda quyosh xudosi qachondan fir’avnlarning bosh ilohi va homiysi hisoblangan?
mil.avv.2-mingyillik
8. Misrda Amon-Ra xudosining ibodatxonasi qayerda bo’lgan?
Geliopolda
9. Misrda fir’avnlar qaysi xudoning o’g’illari hisoblangan?
Quyosh xudosi
10. Misrda Nil xudosi – hayotning birlamchi manbai va posboni qaysi xudo bo’lgan?
Xapi
11. Misrda Osiris qanday xudo bo’lgan?
yerosti saltanati xudosi
12. Misrda qaysi xudo davlatning ilk podsholaridan biri bo’lib, o’z xalqini dehqonchilikka o’rgatgan?
Osiris
13. Misrda Osiris xudosinini o’ldirgan uning birodarini aniqlang.
Set
14. Misrda Osirisni mumiyolagan va qayta tiriltirgan uning xotini kim bo’lgan?
Isida
15. Misr xudosi Osirisning ibodatxonasi qaysi shaxarda hozirgacha saqlanib qolgan?
Abidos
16. Misrda Set qanday xudo bo’lgan?
baxtsizlik, cho’l va bo’ron xudosi
17. Misrdagi musiqa, go’zallik va muhabbat xudosini aniqlang.
Xatxor
18. Misrda Maat qanday xudo hisoblangan?
haqiqat, adolat va odillik xudosi
19. Misrda Anubis qanday xudo bo’lgan?
marhumlar, mumiyolanganlar xudosi va ko’milganlar rahnamosi
20. Misrdagi oy, donishmandlik va tabobat xudosini aniqlang.
Tot
21. Misrda xudolar va odamlar o’rtasida kimlar vositachi bo’lishgan?
kohinlar