6 Sinf Tarix mavzulashtirilgan test 1042 ta Javoblari bilan
47-Rim respublikasining hayoti (28)
Testlar
1. Rimda shisha yoki tosh parchalaridan ishlangan suratlar qanday atalgan?
A) freska
B) miniatyura
C) mozaika
D) villa
2. Rimda shohona koshona – uy-joylar qanday atalgan?
A) akveduk
B) villa
C) amfora
D) mozaika
3. Rimda selgimagan(qurimagan) suvoqqa ishlangan rasmlar qanday nomlangan?
A) freska
B) mozaika
C) miniatyura
D) villa
4. Rimda shahar markazi qanday atalganligini aniqlang.
A) akveduk
B) altar
C) forum
D) agora
5. Rimda shaharlar markazidagi Forumda nimalar joylashgan edi?
A) markaziy ibodatxona
B) xalq yig’ilishi uchun joy
C) hamma javoblar to’g’ri
D) bozor maydoni
6. Rimda shaharga suv oqib keluvchi osma suv quvurlari qanday atalgan?
A) amfora
B) villa
C) altar
D) akveduk
7. Rim bozorlarida eng bozori chaqqon tovar nima bo’lgan?
A) g’alla
B) gazlama
C) qullar
D) metal
8. Rimda o’g’il bolalar necha yoshgacha pushti yo’lli toga kiyib yurishgan?
A) 7 yoshgacha
B) 14 yoshgacha
C) 12 yoshgacha
D) 10 yoshgacha
9. Rimda urush xudosini aniqlang.
A) Merkuriy
B) Mars
C) Ares
D) YUpiter
10. Rimda Merkuriy qanday xudo bo’lgan?
A) urush xudosi
B) savdo-sotiq xudosi
C) olov va temirchilur xudosi
D) chaqmoq xudosi
11. Rimning bosh xudosi, osmon, momaqaldiroq, yashin podshosini aniqlang.
A) Merkuriy
B) Ares
C) Mars
D) Yupiter
12. Rimda qaysi xudoni davlatning homiysi, xalqlar va davlatlar taqdirini boshqarib turadi deb hisoblashgan?
A) Mars
B) Vulkan
C) Poseydon
D) Yupiter
13. Rimda dengiz xudosini aniqlang.
A) Neptun
B) Morfey
C) YUpiter
D) Mars
14. Rimda Morfey qanday xudo hisoblangan?
A) ov xudosi
B) dengiz xudosi
C) urush xudosi
D) uyqu xudosi
15. Rimda ov xudosini aniqlang.
A) Vulkan
B) Diana
C) Neptun
D) Morfey
16. Rimda Vulkan qanday xudo deb hisoblangan?
A) urush xudosi
B) dengiz xudosi
C) uyqu xudosi
D) olov va temirchilar xudosi
17. Rimda bahor va sevgi xudosini aniqlang.
A) YUstitsiya
B) Merkuriy
C) Venera
D) Diana
18. Rimda Bahus qanday xudo bo’lganini aniqlang.
A) may xudosi
B) ov xudosi
C) bahor xudosi
D) uyqu xudosi
19. Rimda odil sudlov ilohasini aniqlang.
A) Diana
B) Merkuriy
C) Fortuna
D) Yustitsiya
20. Rimda qaysi iloha ko’zlari bog’langan ayol qiyofasida tasvirlangan?
A) Mars
B) Furiya
C) Yustitsiya
D) Fortuna
21. Rimda Fortuna qanday iloha hisoblangan?
A) taqdir ilohasi
B) may ilohasi
C) adliya ilohasi
D) sevgi ilohasi
22. Rimda qasos va intiqom ilohalari, yovuz, qasoskor ayollar siymosida tasvirlangan ilohani belgilang?
A) Diana
B) Furiya
C) Yustitsiya
D) Fortuna
23. Rimda ibodatxona yonida qurbonlik baxshida etiladigan ko’tarma joy qanday atalgan?
A) amfora
B) altar
C) vesta
D) akveduk
24. Rimda diniy marosimlarni o’tkazilishini nazorat qiluvchi kohinlar qanday atalar edi?
A) konsullar
B) avgurlar
C) pontifiklar
D) vestachi kohinalar
25. Rimda 5 nafardan 15 nafargacha ruhoniylar jamlangan pontifiklar hay’atiga kim rahbarlik qilar edi?
A) konsul
B) liktor
C) Buyuk pontifik
D) strateg
26. Rimda fol ochuvchi kohinlarni aniqlang.
A) pontifiklar
B) vestachi kohinalar
C) avgurlar
D) liktorlar
27. Rimda xonadon o’chog’i ilohasini aniqlang.
A) Vesta
B) Merkuriy
C) Furiya
D) Diana
28. Rimda ayol kohinlar majburiyati nimadan iborat bo’lgan?
A) muqaddas olovni saqlash
B) pontifiklar xizmatini qilish
C) pontifiklar ustidan nazorat qilish
D) diniy marosimlarni tartibli o’tkazish