14-Old Osiyo davlatlari va ularning qo'shnilari (46)
Testlar
1. Old Osiyo hududida qachondan ilk davlatlar vujudga kela boshlagan?
A) mil.avv.1 -mingyillikda
B) mil.avv.4 -mingyillikda
C) mil.avv.3 -mingyillikda
D) mil.avv.2 -mingyillikda
2. Kichik Osiyo markazida xettlar qachon o’z davlatiga asos solganlar?
A) mil.avv.XVIII asrda
B) mil.avv.XIII asrda
C) mil.avv.XX asrda
D) mil.avv.XIV asrda
3. Xett podsholigi hozirgi qaysi davlat hududida joylashgan edi?
A) Turkiya
B) Iroq
C) Suriya
D) Misr
4. Xett podsholigining markazi qaysi shaxar bo’lgan?
A) Nineviya
B) Xattusa
C) Fiva
D) Tushpa
5. Xett podsholigida aholining asosiy mashg’uloti nima bo’lgan?
A) dehqonchilik va savdo-sotiq
B) dehqonchilik va hunarmandchilik
C) dehqonchilik va yog’ochsozlik
D) dehqonchilik va chorvachilik
6. Xett podsholigi qaysi hududlarni bosib olgan va talon- taroj qilgan edi?
A) Falastin va Finikiyani
B) Suriya va Bobilni
C) Mitanni va Midiyani
D) Misr va Ossuriyani
7. «Taran»- qadimda qanday qurol bo’lgan?
A) uzun dastali oybolta
B) dushmanni uzoqdan nishonga oladigan o’q-yoy
C) mayda tosh qurol
D) devorni buzishda qo’llaniladigan qurol
8. Hozirgi Suriya davlati hududida qadimda qaysi podsholik vujudga kelganligini aniqlang.
A) Bobil podsholigi
B) Ossuriya podsholigi
C) Xett podsholigi
D) Mitanni podsholigi
9. Qaysi davlat Xett davlatining xavfli raqibi bo’lgan?
A) Urartu podsholigi
B) Ossuriya podsholigi
C) Mitanni podsholigi
D) Bobil podsholigi
10. Xettlar podsholigi qachon ikkinchi marta kuchaya boshlagan?
A) mil.avv.XVIII asr boshlarida
B) mil.avv.XV asr boshlarida
C) mil.avv.XIV asr boshlarida
D) mil.avv.XVII asr boshlarida
11. Xett podsholigi Ossuriya tahdidiga qarshi qaysi davlat bilan sulh tuzgan edi?
A) Misr davlati
B) Yahudiya podsholigi
C) Bobil podsholigi
D) Urartu davlati
12. Xett podsholigini noma’lum xalqlar(«dengiz xalqlari») qachon bosib olganlar?
A) mil.avv.XVIII asr oxirida
B) mil.avv.XIII asr oxirida
C) mil.avv.XIV asr oxirida
D) mil.avv.XX asr oxirida
13. Qadimda ossuriyaliklar qaysi hududda yashagan edilar?
A) hamma javoblar to’g’ri
B) Nil vodiysidagi hududda
C) Frot daryosi quyi oqimidagi hududda
D) Dajla daryosi yuqori oqimidagi hududda
14. Ossuriya podsholigining dastlabki poytaxti qaysi shahar bo’lgan?
A) Tushpa
B) Nineviya
C) Xattusa
D) Oshshur
15. Ossuriya podsholigi aholisining asosiy mashg’uloti nima bo’lgan?
A) dehqonchilik va yog’ochsozlik
B) dehqonchilik va savdo-sotiq
C) dehqonchilik va hunarmandchilik
D) dehqonchilik va chorvachilik
16. Ossuriya podsholigi qachon vujudga kelgan?
A) mil.avv.XIV asrda
B) mil.avv.XVIII asrda
C) mil.avv.XX asrda
D) mil.avv.XIII asrda
17. Ossuriya podsholigi qachon va qaysi podsho davrida o’z ravnaqining yuqori cho’qqisiga
erishgan?
A) mil.avv.XX asrda Salmanasar va Oshshurbanapal davrida
B) mil.avv.XIII asrda Salmanasar davrida
C) mil.avv.XVIII asr Navuxodosor II davrida
D) mil.avv.XIV asrda Oshshurbanapal davrida
18. Ossuriya podsholigi mil.avv.VIII-VII asrlarda qayerni bosib olgan?
A) Tir, Sidonni, Falastinning bir qismi
B) Bobil,Bibl, Tir, Sidon va Falastinning bir qismini
C) Ugarit, Urukni
D) Bobil,Biblni
19. Qadimda qaysi shaharni «qonga botgan shahar» yoki «sherlar darasi» deya tariflashgan?
A) Xattusa
B) Nineviya
C) Oshshur
D) Tushpa
20. Qaysi hukmdor davrida Nineviyada Old Osiyodagi eng yirik sopol taxtachalardan iborat
bo’lgan kutubxona jamlangan edi?
A) Salmanasar
B) Sagon I
C) Oshshurbanapal
D) Menua
21. Ossuriya podsholigidan Bobil va Midiya davlatlari qachon ajralib chiqishgan?
A) mil.avv.672-yilda
B) mil.avv.627-yilda
C) mil.avv.605-yilda
D) mil.avv.525-yilda
22. Qachon Bobil va Midiya davlatlari birlashib Oshshur va Nineviyani zabt etishgan?
A) mil.avv.612-yilda
B) mil.avv.704-yilda
C) mil.avv.605-yilda
D) mil.avv.627-yilda
23. Ossuriya davlati qachon zavolga yuz tutib tarix sahnasidan ketgan?
A) mil.avv.627-yil
B) mil.avv.590-yil
C) mil.avv.612-yil
D) mil.avv.605-yil
24. Kavkazortida Van, Urmiya, Sevan ko’llari oralig’ida joylashgan davlatni aniqlang.
A) Finikiya
B) Falastin
C) Urartu
D) Ossuriya
25. Urartu podsholigi qo’shinlari janglarda qanday taktikaga amal qilganlar?
A) shiddat bilan hujum qilish
B) qurshovga olib taslim qilish
C) qo’shin orqasidan aylanib o’tib hujum qilish.
D) to’g’ridan-to’g’ri janglarga kirmaslik
26. Urartu podsholigi qaysi hukmdorlar davrida va qachon gullab-yashnagan edi?
A) mil.avv.IX-VIII asrlarda Sardur I va Menua davrida
B) mil.avv.X-VII asrlarda Salmanasar va Oshshurbanapal davrida
C) mil.avv.VIII-VII asrlarda Sardur I va Menua davrida
D) mil.avv.X-IX asrlarda Sardur I va Salmanasar davrida
27. Urartu podsholigining poytaxti qaysi shaxar bo’lgan?
A) Oshshur
B) Teyshebaini
C) Quddus
D) Tushpa
28. Qachon Ossuriyaliklar qo’shini Urartu armiyasini tor-mor qilib tashlagan?
A) mil.avv.704-yil
B) mil.avv.605-yil
C) mil.avv.612-yil
D) mil.avv.590-yil
29. Ossuriyaliklar Urartu podsholigida vayron qilib tashlagan qal’a qaysi shahar bo’lganini
aniqlang.
A) Oshshur
B) Tushpa
C) Teyshebaini
D) Nineviya
30. Ossuriya bosqinidan so’ng Urartu podsholigi qaysi davlatga tobe’ bo’lgan?
A) ko’chmanchi skif qabilalariga
B) Midiya podsholigiga
C) ko'chmanchi skiflar va Midiya podsholigiga
D) ko’chmanchi oriy qabilalariga
31. Urartu podsholigi qachon zavolga yuz tutib tarix sahnasidan ketgan?
A) mil.v.509-yil
B) mil.avv.704-yil
C) mil.avv.690-yil
D) mil.avv.590-yil
32. Qadimda O’rtayer dengizning sharqiy qirg’og’i bo’ylab hozirgi Livan va Suriyaning bir
qismida joylashgan davlatni aniqlang.
A) Finikiya
B) Ossuriya
C) Falastin
D) Urartu
33. Finikiyada o’sadigan kedr yog’ochining smolasi qaysi davlatga keltirilar edi?
A) Misrga
B) Ossuriyaga
C) Urartuga
D) Mesopotamiyaga
34. Finikiyaliklar savdoda qo’shnilariga qanday mahsulotlar sotardilar?
A) fil suyagi, nodir navli yog’och, hunarmandlar yasagan buyumlar
B) yog’och, metall, gazlamalar
C) kedr smolasi, metall
D) temir, sopol buyumlar, chorva mollari
35. Qadimda Tir, Sidon, Ugarit kabi dengiz bo’yi shaharlari qayerda vujudga kelgan?
A) Qora dengiz sohilida
B) O’rtayer dengizi sohilida
C) Dajla va Frot daryolari sohilida
D) Fors ko’rfazida
36. Finikiyaliklar qachon Kipr oroli va Kichik Osiyo sohillarida koloniyalarga asos solganlar?
A) mil.avv.2 -mingyillikda
B) mil.avv.1 -mingyillikda
C) mil.avv.4 -mingyillikda
D) mil.avv.3 -mingyillikda
37. Mil.avv.X-IX asrlarda Finikiyada vujudga kelgan podsholikni aniqlang.
A) Elam podsholigi
B) Isroil podsholigi
C) Tir-Sidon podsholigi
D) Yahudiya podsholigi
38. Ossuriya davlati Tir-Sidon podsholigini qachon bosib olgan?
A) mil.avv.VII asrda
B) mil.avv.IX asrda
C) mil.avv.XIII asrda
D) mil.avv.VIII asrda
39. Finikiyada qachon 22 undosh harfdan iborat bo’lgan alifbo yaratilgan?
A) mil.avv.X asrda
B) mil.avv.IX asrda
C) mil.avv.VIII asrda
D) mil.avv.VII asrda
40. Finikiyaliklarning undosh harflardan iborat bo’lgan alifbosiga qaysi xalq unli harflarni qo’shgan
edi?
A) misrliklar
B) ossuriyaliklar
C) yunonlar
D) yahudiylar
41. Falastin hududiga qadimgi yahudiy qabilalari qachon ko’chib kelib joylashgan edilar?
A) mil.avv.1 -mingyillik boshlarida
B) mil.avv.4 -mingyillik boshlarida
C) mil.avv.2 -mingyillik o’rtalarida
D) mil.avv.3 -mingyillik o’rtalarida
42. Falastin hududida Isroil podsholigi qachon vujudga kelgan?
A) mil.av X-IX asrda
B) mil.avv.IX asrda
C) mil.avv.XI asrda
D) mil.avv.X asrda
43. Isroil podsholigi qaysi xalq zarbasidan keyin parchalanib ketgan edi?
A) ossuriya xalqi
B) yahudiy xalqi
C) bobilliklar
D) skif xalqi
44. Yahudiya podsholigi qachon Bobil podsholigi tomonidan bosib olingan?
A) mil.avv.586-yil
B) mil.avv.612-yil
C) mil.avv.590-yil
D) mil.avv.704-yil
45. «Bibliya» so’zi qanday ma’noni bildiradi?
A) «kitob» ma’nosini
B) «afsona» ma’nosini
C) hamma javoblar to’g’ri
D) «rivoyat» ma’nosini
46. Qadimiy yahudiylarning afsonalari to’plangan kitoblar to’plami qanday nomlangan?
A) «Panchatantra»
B) «Injil»
C) «Rigveda»
D) «Bibliya»
Dostları ilə paylaş: |