8-sinf jahon tarixi



Yüklə 59,38 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/82
tarix26.12.2023
ölçüsü59,38 Kb.
#198528
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   82
6-sinf-TARIX-1024

 
 
20-O’zbekiston hududidagi ilk davlatlar (32)
 
Savollar va javobi 
1. Mil.avv.VII-VI asrlarda O’zbekiston hududida qaysi elatlar yashagan? 

hamma javoblar to’g’ri 
2. Zarafshon va Qashqadaryo vohasi «Avesto» kitobida qanday nomlangan? 

So’g’da 
3. Zarafshon va Qashqadaryo vohasi qaysi manbada «So’g’uda» deb nomlangan? 

Behistun bitiklarida 
4. Zarafshon va Qashqadaryo vohasi Arrian, Strabon asarlarida qanday nomlangan? 

So’g’diyona 
5. Mil.avv.VII-VI asrlarda Zarafshon va Qashqadaryo vohasida yashaydigan aholi qanday 
nomlangan? 

so’g’diylar 
6. Mil.avv.VII-VI asrlarda Amudaryoning quyi oqimida yashagan o’troq aholini aniqlang? 

xorazmliklar 
7. Mil.avv.VII-VI asrlarda xorazmliklar yashagan yurt «Avesto»da qanday nomlangan? 

Xvarizam 
8. Mil.avv.VII-VI asrlarda xorazmliklar yashagan yurt qaysi manbada «Xorasmiya» deb 
nomlangan? 

Arrian, Strabon asarlarida 
9. Mil.avv.VII-VI asrlarda xorazmliklar yashagan yurt Behistun bitiklarida qanday nomlanganligini 
aniqlang? 

Xvarazmish 
10. Mil.avv.VII-VI asrlarda baqtriyaliklarning yurti qayerda joylashgan edi? 

hamma javoblar to’g’ri 
11. Mil.avv.VII-VI asrlarda baqtriyaliklar yashagan yurt «Avesto»da qanday nomlangan? 



Baxdi 
12. Mil.avv.VII-VI asrlarda baqtriyaliklar yashagan yurt qaysi manbada Baqtrish deb nomlangan? 

Behistun yozuvlarida 
13. Mil.avv.VII-VI asrlarda baqtriyaliklar yashagan yurtni yunon-rim mualliflari qanday ataganlar? 

Baqtriana 
14. Mil.avv.VII-VI asrlarda cho’llar va Amudaryo bo’ylarida qaysi qabilalar yashagan? 

massagetlar 
15. Mil.avv.VII-VI asrlarda O’rta Osiyoning tog’lik, dasht, cho’l yerlarida asosiy mashg’uloti 
chorvachilik bo’lgan qaysi xalqlar istiqomat qilishar edi? 

saklar 
16. O’rta Osiyoda yashagan saklar qachon harbiy qabila ittifoqini tuzganlar? 

mil.avv.VI asrda 
17. Saklarning saka-tigra-xaudalar(o’tkir uchli kigiz qalpoq kiyib yuruvchi saklar) guruhi hozirgi 
qaysi hududda yashaganlar? 

Janubiy Qozog’istonda va Toshkent viloyati 
18. Qadimgi yunon-rim mualliflarining yozishlaricha O’rta Osiyoda yashovchi qaysi xalqlar uch 
guruhga bo’lingan edilar? 

saklar 
19. Saklarning saka-tiay-taradayya(daryoning narigi tomonida yashovchi saklar) guruhi qayerlarda 
yashaganlar? 

Sirdaryoning quyi oqimida va Orol dengi bo’ylarida 
20. Qaysi daryoning qadimgi nomi Yaksart deb atalgan edi? 

Sirdaryo daryosi 
21. Saklarning saka-xau-movarka deb ataluvchi guruhi qayerlarda yashagan edilar? 

Pomirning tog’li tumanlari va Farg’onada 
22. O’rta Osiyoda qachon qadimgi shaharlar rivojlangan? 

mil.avv.VII-VI asrlarda 
23. Mil.avv.VII-VI asrlarda mavjud bo’lgan Yerqo’rg’on va Uzunqir shaharlari qayerda bo’lgan? 

Qashqadaryo 
24. Mil.avv.VII-VI asrlarda rivojlangan Ko’zaliqir shahri qayerda bo’lgan? 

Xorazm 
25. Mil.avv.VII-VI asrlarda Qiziltepa shahri qayerda joylashgan edi? 

Surxondaryo 
26. O’rta Osiyo hududidagi qadimgi davlatlardan biri Qadimgi Baqtriya qachon tashkil topgan? 

mil.avv.VII asrda 
27. Mil.avv.VII-VI asrlarda Qadimgi Baqtriya ta’sirida bo’lgan hududlarni aniqlang? 

hamma javoblar to’gri 
28. Qadimgi Xorazm davlatining markazi qaysi shahar bo’lgan? 

Ko’zaliqir 
29. Qadimgi Xorazmda qaysi sohalar yuksak darajada rivojlangan edi? 1.kulolchilik 
2.hunarmandchilik 3.dexqonchilik 4.binokorlik 5.chorvachilik 6.savdo-sotiq 

2,4,6 
30. Afrosiyob shahriga qachon va qayerda asos solingan? 

mil.avv.VIII-VII asrlarda Samarqandda 
31. O’zbekistonda ilk temir asriga o’tish qachon boshlangan? 

mil.avv.IX-VIII asrda 
32. Qadimgi Afrosiyob shahri Samarqandning qaysi qismida bunyod etilgan edi? 

sharqida

Yüklə 59,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin