041-Madaniy hayot (17)
Savollar va javobi
1. Mashhur nasta'liq xatini kashf qilgan shaxsni aniqlang.
Mirali Tabriziy
2. Husayn Boyqaroning "Bog'i Jahonoro" bog'idagi saroy devoridagi bitiklarni chizgan mashhur
xattot kim bo'lgan edi?
Sultonali Mashhadiy
3. "Sulton ul-xattotin", "Qiblat ul-quttob" nomlari bilan shuhrat qozongan shaxsni aniqlang.
Sultonali Mashhadiy
4. Temuriylar davrida qaysi shaharlarda maxsus saroy kutubxonalari tashkil qilingan edi?
Samarqand va Hirotda
5. Temuriylar davrida kutubxona ishlariga boshchilik qilgan shaxsni aniqlang.
kitobdor
6. 1429 yilda Hirotda qaysi asar qayta ko'chirilib, 20 ta turli mazmun va manzarali rangdor
miniaturalar bilan bezatilgan edi?
"Shohnoma"
7. Temuriylar davrida Hirotda kim ajoyib kutubxona yaratib unga boshchilik qilgan edi?
Boysung'ur mirzo
8. Alisher Navoiyning hassaga tayangan va o'ychan holda tasvirini yaratib qoldirgan rassomni
aniqlang.
Mahmud Muzahhib
9. XV asrda musavvirlikning Hirot maktabiga asos solgan shaxsni aniqlang.
Kamolliddin Behzod
10. Temuriylar davrini yoritgan "Zafarnoma" asarining muallifi kim edi?
Sharafiddin Ali Yazdiy
11. O'z zamondoshlari tomonidan Moniyi Soniy deb ulug'langan musavvirni aniqlang.
Kamolliddin Behzod
12. Quyidagi kuylardan qay biri Ulug'bek tomonidan yaratilmagan?
Isfahoniy
13. "Isfahoniy" kuyini kim ijod qilgan edi?
Alisher Navoiy
14. Musiqa nazariyasiga oid asarlar yaratgan allomalarni aniqlang.
Jomiy va Binoiy
15. Temuriylar davrida lavha yasovchi usta qanday nomlangan?
lavvoh
16. Temuriylar davrida muqovasozlik qanday nomlangan?
sahhoflik
17. Arab mumtoz xati uslublaridan biri bo'lgan va 5/6 qismi egri, 1/6 qismi to'g'ri chiziqlar bilan
yoziladigan yozuvni aniqlang.
nasta'liq
Dostları ilə paylaş: