6-SINF TARIX I - NAZORAT ISHI 1-variant Qadimgi bitiklarni o‘rganish bilan (1) ..., tangalarni tadqiq etish bilan esa (2) .... degan maxsus fanlar shug‘ullanadi.
Yer yuzida odam paydo bo‘lganidan to milodiy (3)... yilda g‘arbiy Rim imperiyasi qulaguniga qadar kechgan voqealar Qadimgi dunyo tarixini vujudga keltiradi.
O‘zbekiston tarixi bo‘yicha eng qadimgi manba, zardushtiylarning muqaddas kitobi (4) ... dir. Miloddan avvalgi V asrda qadimgi yunon tarixchisi (5) ... turli mamlakatlarga sayohat qilib, to‘qqiz kitobdan iborat (6)… asarini yozdi.
Dastlabki urug‘ jamoalari ayol – ona atrofida birlashgan. Insoniyat tarixidagi bu bosqich ona urug‘i davri – (7) …. deb atalgan. Boysun tog‘laridan topilgan (8) .... g‘ori o‘rta paleolit davri (mil. avv. 100–40-mingyillik) madaniyatining jahonga mashhur yodgorligi hisoblanadi.
Odamni o‘rab turgan muhitdagi har bir narsaning joni va ruhi borligiga ishonish (9) …. deb ataladi. Turarjoylar (boshpana) qurilishi (10) …. davri odamlarining muhim ixtirosi bo‘ldi. (11)…. davri oxirida inson hayvonlarni qo‘lga o‘rgata boshladi.
O‘rta Osiyoda neolit davri (12) …. ni o‘z ichiga oladi. Arxeologlar neolit davri boshlanishini (13) …. lar yasashning kashf etilishi bilan belgilaydilar.
(14) …. da qadimgi Sharqda ilk shaharlar va davlatlar vujudga kela boshladi
Bronza davrida odamlar (15)…. va … ni kashf etdilar
6-SINF TARIX I - NAZORAT ISHI 2-variant Yer yuzida odam paydo bo‘lganidan to milodiy 476-yilda g‘arbiy Rim imperiyasi qulaguniga qadar kechgan voqealar (1)......ni vujudga keltiradi. (2) .....lar qadim zamonlarda odamlar yashagan manzilgohlarda va turarjoylarda qazishma ishlarini amalga oshiradilar.
(3)... asrda yunon tarixchisi Arrian Makedoniyalik Aleksandrning O‘rta Osiyoga qilgan harbiy yurishlari haqida (4) ..... nomli asar yozgan.
Eng qadimgi odamlar dastlabki mehnat qurollarini toshlardan yasashgan, shunga ko‘ra arxeologlar insoniyat tarixining boshlanishini (5) ..... deb atashadi.
(6).... g‘oridan tosh qurollar va ularning parchalari, tog‘ echkisi, kiyik, yovvoyi ot, qoplon, quyon, mayda kemiruvchilar, shuningdek, qushlarning suyaklari topilgan.
Qadimgi odamlarning u yoki bu buyumlar omad keltirishiga yoxud balo-qazoni
daf qilishiga ishonishi (7) .... deb ataladi.
So’nggi paleolit davrida zamonaviy qiyofaga ega (8) …. odami yashagan.
Mezolit – o‘rta tosh davri (9) …. larni o‘z ichiga oladi. (10) …. davri boshlanishi bilan muzlik davri poyoniga yetdi, bu narsa iqlim ancha ilishiga va odamlar turmushida o‘zgarishlar bo‘lishiga olib keldi. O‘rta Osiyoda (11) … davri mil. avv. 6–4-mingyilliklarni o‘z ichiga oladi. Misdan yasalgan mehnat qurollarining tosh qurollar bilan birgalikda
ishlatilish davri eneolit – (12) …. asri deb ataladi.
Bronza davriga oid manzilgohlardan biri Zarafshon daryosi havzasidagi (13).... ko‘li yaqinidan topilgan.
O‘rta Osiyoda temirdan yasalgan ilk mehnat qurollari (14) …. asrlarga tegishli.
Temirdan birinchi bo‘lib Kichik Osiyodagi xettlar (15).…asrlarda foydalana boshlagan.