1-mavzu: Mustaqil O’zbekiston farzandlarimiz !
Maqsad:
Mustaqillik kunini nima uchun eng ulug`, eng
aziz ayyom sifatida bayram
qilinishi,hayotimizdagi bugungi imkoniyatlar qanday paydo bo`lganligi, sobiq mustabid tuzum davrida xalqimiz
qanday qiyinchiliklarni boshidan kechirganligi, Yurtimizda yoshlarning bilim olishi uchun qanday qulay imkoniyatlar
yaratilganligi, dunyoda qanday gunoh kechirilmasligi haqidagi tushunchalar shakllantiriladi.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi
— jamiyatda bo‘layotgan voqea,
hodisa va jarayonlarga
daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya
qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini
shakllantirish.
Milliy va umummadaniy kompetensiya
— vatanga sadoqatli, insonlarga
mehr-oqibatli hamda
umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish,
madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirish.
Natija:
O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar:
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning:
“Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz”, “Erkin
va farovon, demokratik
O’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz”,“Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash-yurt
taraqqiyoti va xalq farovonligini garovi”, Ma’naviyat
yulduzlari, Abdulla Oripov Adolat ko`zgusi,
Pedagogika, shiorlar,
plakatlar, devoriy gazetalar,
slaydlar, tarqatma materiallar.
Dostları ilə paylaş: