Sana:__________
2-mavzu: Yo‘l belgilari (servis va qo‘shimcha axborot belgilari) joylashuvi (Yo‘l harakati qoidalari).
Kun shiori:
“Yo`l belgilari”.
Maqsad:
O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, tabiatni avaylash o`zimizni avaylash degan hikmatni
uqtirish.
Natija:
O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Kommunikativ kompetensiya
— muloqotda muomala madaniyatiga amal qilishni, ijtimoiy
moslashuvchanlikni, hamkorlikda jamoada samarali ishlay olish layoqatlarini shakllantiradi
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi
—media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini
shakllantiradi
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar:
O`zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasi,Ma’naviyat qalbim
quyoshi, Ma’naviyat yulduzlari,Abdulla Oripov Adolat ko`zgusi, Pedagogika, shiorlar, plakatlar, devoriy
gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
Doskada:“Bilingki, dunyoning ko`zlari yoshlansa, uning boshiga g`am, kulfat tushgan bo`ladi. Odamlar,
daryodan mehringizni darig` tutmanglar!”
O`qituvchi:
Yoʻl belgilari
— haydovchilar, piyodalar, yoʻlovchilar, yoʻl taʼmirlovchilar, chorva mollarini haydab
boruvchilarning avtomobil yoʻllari va shahar koʻchalarida harakatlanishini tartibga solish,
ularni xavfli
uchastkalar haqida ogohlantirish uchun tegishli joylarga
osib qoʻyiladigan shartli belgilar. Yoʻllarda harakatlanishni
tartibga solishga ilgaridan harakat qilingan. Otaravalar va
izvoshlar oʻrnini avtomobillar va b. transport vositalari
egallay
borgan sari qoidalar, ulardagi belgilar ham
takomillashib bordi. Yoʻl belgilaridagi grafiklar, texnik
tafsilotlar 1968 y.da Venada oʻtkazilgan "Yoʻl belgilari va
signallari haqidagi konvensiya"
hamda bu konvensiyani
toʻldiruvchi Yevropa kelishuvi (1971, Jeneva) talablariga
koʻra ishlab chiqildi. Oʻzbekiston Respublikasida 2001 y.da
xalqaro meʼyorlar asosida, mahalliy sharoitlarni hisobga
olgan holda yangi "Yoʻl harakati qoidalari" ishlab chiqildi. Bu qoidalarga Y.b.ning quyidagi asosiy 4 ta:
ogohlantiruvchi, imtiyoz, taqiqlovchi, buyuruvchi guruhi va undan tashqari axborot-ishora, servis,
qo'shimcha axborot belgilari kiritilgan.
Ogohlantiruvchi belgilar — yoʻl harakati qatnashchilariga yoʻlning harakatlanishda
vaziyatga qarab chora
koʻrishni talab qiladigan xavfli qismlarining joylashuvi hamda ularning xususiyatlari toʻgʻrisida maʼlumot
berish uchun qoʻllaniladi. Imtiyoz belgilari — chorrahalarda, alohida joylashgan qatnov qismlari kesishgan
joylarda, shuningdek yoʻlning tor qismida yoʻl harakati qatnashchilarining harakatlanish navbatini belgilash
uchun qoʻllaniladi. Taqiqlovchi belgilar — yoʻl harakatiga maʼlum cheklashlar kiritish yoki ularni bekor
qilish uchun qoʻllaniladi. Buyuruvchi belgilar — transport vositalariga koʻrsatilgan yoʻnalishda yoki faqat
maʼlum yoʻnalishlarda harakatlanishlari lozimligini buyuradi. Axborot-ishora belgilari — harakat
qatnashchilariga yoʻldagi harakat tartibi xususiyatlari hamda aholi yashaydigan joylar va manzillarning
joylashuvi haqida maʼlumot berish uchun qoʻllaniladi. Servis belgilari — transport vositalari, yoʻlovchilar
va haydovchilarga xizmat koʻrsatish joylari xaqida maʼlumot berish uchun qoʻllaniladi. Qoʻshimcha axborot
belgilari — ular bilan birgalikda qoʻllanilgan belgilarga aniqlik kiritish yoki ularning taʼsirini
cheklash
uchun qoʻllaniladi.