Sinf soatlar o‘quvchilarda shakllangan tayanch kompetensiyalarni amaliyotga tadbiq etish maydoni
hisoblanadi. To‘g‘ri tashkil etilgan Sinf soatlar o‘quvchilarda fanlar orqali shakllangan tayanch
kompetensiyalarni ijtimoiy hayotda tadbiq eta olishlari uchun imkoniyat yaratib beradi.
O‘quvchilarda hulq-odob
madaniyatiga rioya qilish, fikrini erkin ifodalash,
notiqlik qobiliyatini
yuksaltirish, axborotlardan to‘g‘ri va samarali foydalanish, shu bilan birga bu boradagi xalqaro hamda milliy
qonunchilik qoidalariga rioya qilishni tarbiyalash Sinf soatlarning asosiy maqsadlaridan birdir. SHuningdek,
Sinf soatlar orqali o‘quvchilarda to‘g‘ri kasb tanlash, kitobxonlik madaniyatini shakllantirish, bo‘sh vaqtini
to‘g‘ri taqsimlash, o‘z iqtidorini rivojlantirish uchun turli to‘garaklarni to‘g‘ri tanlash, tayyor ish joylarida
ishlash emas, balki o‘zi ish joylarni yaratishi kabi qobiliyatlar shakllantiriladi.
Sinf soat dasturlari oddiydan murakkablikka tamoyili asosida shakllantirilgan bo‘lib, quyidagi
yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi. Vatanparvarlik; axloqiy, huquqiy, jismoniy, gigienik, ekologik hamda estetik
tarbiya shuningdek, o‘quvchilarni to‘g‘ri kasb tanlashga yo‘naltiradi. Sinf soatlarning mazkur yo‘nalishlari
O‘zbekiston Respublikasida ta’limning uzluksizligi, uzviyligi, o‘quvchi shaxsi va qiziqishlari ustuvorligidan
kelib chiqib, ularda yosh xususiyatlariga mos ravishda quyidagi tayanch kompetensiyalar shakllantiriladi.
Dostları ilə paylaş: