3. Ko‘paytirish va bo‘lish komponentlari orasidagi bog‘lanishni aks ettiruvchi jadvallar bilan ishlash metodikasi. “Ko„p xonali sonlar” mavzusida arifmetik amallarni o„rganish
Bu mavzuni o’rganishda o’qituvchining asosiy vazifasi o’quvchilarning arifmetik amallar (qo’shish va ayirish, ko’paytirish va bo’lish) orasidagi o’zaro bog’lanishlarni umumlashtirish,yozma hisoblashlarning ongli va puxta ko’nikmalarini hosil qilishdan iborat. Jadvalda ko`paytirish va bo`lishni o’rganishda o`quvchilar ko`paytirish jadvalini bilibgina
qolmay, balki jadvalning tuzilish jarayonini ham bilishi muhimdir. Har bir son bilan
ko`paytirish va bo`lishning jadval hollari taxminan bir xil reja asosida o`rganiladi.
Ko`paytirish va bo`lish jadvalining har bir holini o`rganish ishi o`zgarmas birinchi
ko`paytuvchi bo`yicha jadval tuzishdan boshlanadi.
Bu holda jadval tuzishda har bir keyingi misolning natijasini oldingisidan
foydalanib hosil qilish oson. (Masalan, agar 3x2=6 bo`lsa, 3x3=3x2+3 bo`ladi).
Jadvalda tuzishda boshqa usullardan ham foydalaniladi:
1) Bir xil qo`shiluvchilarni topish 2x3=2+2+2
2) Ko`paytirishning qo`shishga nisbatan taqsimot xossasidan foydalanish:
4x5=4+4+4+4+4=4x3+4x2=12+8=20
3) O`rin almashtirish xossasidan foydalanish 4x5=5x4 2 sonini ko`paytirish jadvali
bilan tanishishda o`qituvchi taxta 2x2=4, 2x3=6, 2x4=8 yozuvini yozadi. O`quvchilar o`qishadi. «2 ni 2 ga ko`paytirish, 2 ni 3 ga ko`paytirish, 2 ni 4 ga ko`paytirish». O`qituvchi: “Biz bu misollarning natijalarini hisoblab, 2 ni ko`paytirish jadvalni
tuzamiz” 2x2=2+2=4, demak, 2 ni 2 ga ko`paytirilsa hosil bo`ladi, 2x2=4;
2x3=2+2+2=6 demak, 2 ni 3 ga ko`paytirilsa 6 hosil bo`ladi 2x3=6 bu natijani
oldingisidan foydalanib ham hosil qilish mumkin, ya'ni 2x2=4, 2x3=2x2=2+6,
2x4=2x3+2=8.
2 ni 5, 6, 7, 8, 9 ga ko`paytirish jadvalini tuzishda boshqa usullar ham ko`rsatiladi.
Natijada 2 ga ko`paytirishning to`liq jadvali hosil qilinadi:
2+2 2x2=
2+2+2 2x3=
2+2+2+2 2x4=
2+2+2+2+2 2x5=
2+2+2+2+2+2 2x6=
2+2+2+2+2+2+2 2x7=
2+2+2+2+2+2+2+2 2x8=
2+2+2+2+2+2+2+2+2 2x9=
3; 4; 5; 6; 7; 8; 9 ga ko`paytirish jadvalari ham shunga o`xshash tuziladi.