87
“Bolaga ish buyur, ketidan o‘zing yugur”. Bu juda to‘g‘ri, hayotiy gap. Bolalarga biron
yumush buyurilganda, uni qanday bajarayotganliklaridan ko‘z-quloq bo‘lib turish kerak,
degan ma’noni bildiradi. Bolalarda xususan, kichik yoshdagi bog‘cha bolalarida hali
mehnat malakalari yo‘q, qo‘l muskullari yaxshi rivojlanmagan bo‘ladi. Ana shuning uchun
bolalar qasddan yoki anqovliklaridan - emas balki eplay olmasliklaridan biron narsani
tushirib sindirib yuborishlari mumkin. Ana shunday "falokat" yuz bergan paytda bolani
"anqov, ko‘zingga qarasang bo‘lmaydimi" deb urishish yoki koyish yaramaydi. Buning
o‘rniga bolaga shu mehnatni qanday qilib bajarishni ko‘rsatib berish lozim. Bog‘cha
yoshidagi bolalarni mehnatsevarlik ruhida tarbiyalashda ularni inoq jamoaga uyushtirish
katta ahamiyatga egadir. Jamoa bo‘lib mehnat qilishda tarbiyachi har bir bolaga ma’lum bir
mehnatni bajarishni buyuradi. Ana shu tariqa bolalar jips jamoa bo‘lib mehnat faoliyati bilan
shug‘ullanadilar. Masalan, katta guruh bolalari jamoa bo‘lib navbatchilik qiladilar. Bunda
bir bola stolga dasturxon yozib chiqsa, ikkinchisi qoshiq va vilkalarni qo‘yib chiqadi,
uchinchi bola esa stulchalarni qo‘yib chiqsa, to‘rtinchi bola stolga nonlarni qo‘yib chiqishi
mumkin. Bog‘chada navbatchilikka o‘rgangan bolalar oilada ham yordamlashadigan
bo‘ladilar. Umuman, o‘rta va katta yoshdagi bog‘cha bolalariga oilada kuchlari yetadigan
mehnat topshiriqlarini berish kerak. Bu ularni mehnatsevarlikka tarbiyalashda va ularda
ayrim mehnat malakalari hosil bo‘lishi uchun juda katta imkoniyatlar yaratadi. Ijtimoiy
foydali mehnatda ishtirok etmagan bolani keyinchalik mehnatga jalb qilish juda qiyin
bo‘ladi. Bog‘chada bolalar jalb qilinadigan mehnat faoliyatining turi juda xilma-xildir.
Masalan, tabiat burchagidagi jonivor yoki o‘simliklarni parvarish qilish, bog‘cha hovlisida
ishlash, oshxonada va guruhda navbatchilik qilish, kichkintoylarni kiyintirishga yordam
berish
va
boshqalar.
Shuni ham aytib o‘tish kerakki, kichik yoshdagi bog‘cha bolalari o‘zlarining mehnat
faoliyatlarini hali yo‘lga qo‘ya olmaydilar. Shuning uchun ular mehnatning juda sodda
turlari bilan, ya’ni o‘simliklarga suv qo‘yish, baliqlarga ovqat berish, hovliga suv sepish va
shu kabilar bilan shug‘ullanadilar.
O‘rta va katta guruh bolalari mehnat faoliyatini o‘yindan batamom farqlab unga nisbatan
jiddiy munosabatda bo‘la boshlaydilar. Ular mehnatdan kelib chiqadigan natijani, ya’ni
mehnatning ijtimoiy mohiyatini, kim uchun, nima uchun mehnat qilish lozimligini
88
tushunadilar. Ular kattalarning oiladagi uy-ro‘zgor ishlariga zo‘r
ishtiyoq bilan
yondashadilar
,
kichkintoylar uchun qog‘ozdan, kartondan, faner va plastilindan turli
o‘yinchoqlar yasaydilar. Pedagogik jihatdan to‘g‘ri tashkil qilingan mehnat faoliyati
bolalarning har tomonlama ya’ni ham jismoniy, ham psixik, ham estetik, ham axloqiy
tomondan barkamol rivojlanishlariga juda katta ta’sir qiladi. Bog‘cha bolalari biron o‘yin,
ta’lim yoki mehnat faoliyatlari bilan mashg‘ul bo‘lar ekanlar, ular harakatlarining asosida
ma’lum motivlar, ya’ni ularni harakatga soluvchi mayllar yotadi. Kichik bog‘cha yoshidagi
bolalarning xatti harakatlari ko‘proq shu xatti-harakatlar amalga oshirilayotgan sharoitga
bog‘liq bo‘ladi. Ular xatti-harakat motivlarini anglab ham yetmaydilar. Shuning uchun
ko‘pincha o‘zlariga mutlaqo hisobot bermay ma’lum bir vaziyatda u yoki bu xatti-harakatni
amalga oshira boshlaydilar.
Shunday qilib, butun bog`cha yoshi davrida mehnat va oʼyin oʼzaro bog`liq holda
kechadi, biroq har qanday holda ham bolalar mehnatini oʼyinga aylantirish, ularning farqini
yoqqa chiqarish noto`g`ri boʼlar edi. Tarbiyachilar va ota-onalar ta`sirida asta-sekin bolalar
mehnati oʼz vazifasi, mazmuni, metodi va tashkil etilishi bilan mustaqil faoliyat sifatida
ajratib boriladi.
Mehnatda uning beradigan samarasi faoliyatning majburiy, tarkibiy qismi hisoblanadi.
Аmmo bolalar bilan olib boriladigan tarbiyaviy ishda mehnat natijasiga bolalarda mehnatga
havas hissini tarbiyalash uchun yordam beradigan pedagogik omil deb qarash kerak.
Mehnatda natijaga erishishda mehnat malakalarini shakllantirishda pedagogning va bolalar
oʼrtoqlarining bahosi va oʼziga-oʼzi baho berishi katta ahamiyatga ega. Bolalar yasagan
buyumlar oʼyin va mashg`ulotlarda qoʼllanilsa, ular oʼzlari yasayotgan buyumlar yanada
sifatli boʼlishiga intiladilar. Maktabgacha tarbiya yoshi davrida bolalarning yoshi ulgayishi
bilan mehnat sabablari ham oʼzgarib boradi. Lekin biron ishni mustaqil bajarganlaridagina
oʼz mehnatlari boshqalar uchun foydali ekanligini ongli ravishda bilib oladilar.
Masalan, onalar va buvilar uchun 8 martga sovg`a tayyorlash, kichik guruh bolalari
maydonchasini yig`ishtirishga yordamlashish, yirtilgan kitoblarini yamab berish konsert va
teatr qoʼyib berish va boshqalar bolalarda mehnatning muayyan natijasiga intilish uyg`otadi,
faoliyatning ijtimoiy sabablarini anglatib, mehnatga havasini, ishni bajarishda bolalarning
oʼz oldilariga qoʼyadigan talablarini oshiradi.
|