9- bob. Raqamli kada


Raqamli kadastr kartalarni tuzishning asosiy texnologik jarayonlari, ularni mazmuni va xususyatlari



Yüklə 352,95 Kb.
səhifə2/5
tarix03.02.2023
ölçüsü352,95 Kb.
#82683
1   2   3   4   5
Raqamli kadastr kartalarni tuzishning asosiy texnologik jarayonlari, ularni mazmuni va xususyatlari

Aerofotosyom kamateriallarini fotogrammetrik qayta ishlash, ortofotoplanlarni tuzish, ob’yektlar konturini syomka qilish bo‘yicha fotogrammetrik ishlar, raqamli kartalarni olish maqsadlari uchun GIT vositasida raqamli kartografik ma’lumotlarni qayta ishlash bo‘yicha ishlar, vektorlash ishlari. Rasmda zamonaviy metodlar va GITni qo‘llash yordamida kartografik mahsulotlarni ishlab chiqarishning umumlashtirilgan texnologik sxemasi ko‘rsatilgan.
Bu texnologik sxemani batafsil qarab chiqamiz va ayrim texnologik jarayonlar mazmunini tahlil qilamiz. Kameral ishlardagi texnologik jarayonlarni amalga oshirish uchun Intergraph firmasi ishlab chiqargan dasturiy va texnik vositalar kompleksini o‘zida mujassamlashtirgan kadastr kartografiyasining avtomatlashtirilgan sistemasi qo‘llaniladi.
Rasmda kadastr kartografiyasining avtomatlashtirilgan sistemasi vositasida kadastr kartalari va ortofotoplanlarni tuzish bo‘yicha kameral ishlarning texnologik sxemasi ko‘rsatilgan.
Unda ma’lumotlar bazasini yaratish, GIT dasturi (MGE) vositasida ma`ulmotlar bazasining interfeysini yozish va ish ob’yekti uchun MGE loyihasini tayyorlash kabi tayyorgarlik ishlari muhim o‘rin egallaydi. Tayyorgarlik ishlari ikki bosqichdan iborat.
Tayyorgarlik ishlarining birinchi bosqichi o‘z ichiga:

  • Ma’lumotlar bazasini (MB) yaratish;

  • RIS – sxemalar tuzish;

  • MGE loyihani tuzish.

Bu jarayonlar yakunlangach, relefning raqamli modelini yaratish, ortofototranformirlash, ortofotoplanlarni montaj qilish kabi fotogrammetrik ishlar bajariladi. Birinchi bosqich ishlari bilan bir vaqtda fotogrammetrik loyiha, aerofotosurat va fototriangulyatsiyalarni skanerlashni ham bajarish mumkin.
Ma’lumotlar bazasi (MB) sistema administratori tomonidan tuziladi. Ishning har bir loyihasida foydalanuvchining MB si ko‘rsatiladi va MB ning kerak bo‘ladigan fayllariyaratiladi, foydalanuvchining nomi va huquqlari belgilanadi.
Bundan tashqari, sistema administratori quyidagi resurs fayllarni ta’minlaydi:

  • shartli belgilar bibliotekasi;

  • shriftlar bibliotekasi;

  • chiziqlar shakli bibliotekasi;

  • ranglar jadvali;

  • sozlash fayllari.

Loyihaning RIS-sxemasi MB foydalanuvchisiga tegishli, MB ni GIT dagi MGE ning maxsus dasturiy vositasi (RIS) bilan aloqasini ta`minlovchi sistemali jadvallarni o‘zida mujassamlashtiradi. RIS-sxema tuzilayotganda sxemaning nomi, paroli, kom’pyuterning tarmoqdagi raqami, MB dan foydalanuvchining nomi va paroli, operatsion sistema tipi, foydalanilayotgan Ma’lumotlar bazasini sistemali boshqarish (SUBD) tipi, yaratilgan MB ning nomi va boshqa ayrim parametrlar ko‘rsatiladi.
Birinchi bosqichdagi sanab o‘tilgan tayyorgarlik ishlaridan asosiy e’tiborni MGE loyihaga qaratish lozim.
MGE loyiha – bu katologlar, fayllar, MB ko‘rsatkichlari, MB jadvallari kabi qaysidir hududning kartasini GIT MGE vositasida tuzish bo‘yicha zarur bo‘lgan barcha kompleks ishlarni bajarishning tashkiliy strukturasidir.
MGE loyiha ikkita alohida usulda tuzilishi mumkin. Ulardan birinchisi ―toza varaq loyihasini tuzishdan boshlanadi. Unda quyidagilarni bajarish zarur:

  • to‘ldirilmagan loyihani yaratish (bo‘sh jadval va fayllar bilan);

  • koordinatalar sistemasi, kartografik proektsiyalar, ishning o‘lchov birliklari kabi zaruriy parametrlari bo‘lagan grafik fayl-prototiplarni yaratish;

  • loyihani sozlashlari va resurslarini yozish;

  • ob’yektlar jadvalini tuzish va uni to‘ldirish;

  • metkalarni yozish (atributlar);

  • ob’yekt atributlari jadvalini tuzish (bo‘sh holda);

  • atributlar mazmunini chegaralanganligini yozish.

MGE loyihani yaratishning boshqacha yoki ikkinchi yo‘li ―to‘ldirilmagan loyihani yaratishni o‘z ichiga oladi va keyin arxivlangan loyiha-prototipdan zaruriy minimum axborotdan iborat ma’lumot olinadi. Ma’lumot olingandan so‘ng, aniq talablarga mos keluvchi loyiha ma’lumotlari redaktsiyasi bajarilishi mumkin.
MGE loyiha tushunchasi haqida gapirilganda kadastr kartografiyasining avtomatlashgan sistemasiga ushbu texnologiyaning o‘ziga xos xususiyatlarini ko‘rsatib o‘tish lozim. Bunda ishlab chiqarish ishining eng avvalidan boshlab barcha texnologik jarayonlar GIT ning bitta umumiy loyihasiga birlashtirilgan va GIT MGE bilan aloqadorlikda bajariladi. Bu birinchi navbatda barcha ish o‘rinlaridagi bajaruvchilar grafik fayl-prototiplarda umumiy o‘rnatilgan koordinatalar sistemasi va o‘lchov birliklaridan foydalanishda ko‘rinadi.
Tayyorgarlik ishlarining ikkinchi bosqichi o‘z ichiga:

  • ob’yektlar va atributlarning jadvallarini tuzish yoki loyihalash;

  • varaq ramkasini tayyorlash va ramka chetlarini jihozlashni oladi.

Ob’yektlar jadvali – bu kadastr kartografiyasi ob’yektlarining klassifikatorini sistemali amalga oshirishni o‘zida mujassamlashtirgan MGE ning standart jadvalidir. Ular ob’yektlar va kodlarini nomlari, DGN faylidagi grafik ob’yektlarning tiplarini yozish (nuqta, chiziq, poligonning chegarasi, tsentroid, belgi), ob’yektlar bilan aloqada bo‘lgan grafik atributlar, MicroStation komandalari, atributlar jadvallariga mos keluvchi ssilkalarni o‘z ichiga oladi. Kartani bosishga tayyorlayotgan vaqtda shartli belgilarni zaruriy grafik parametrlarini to‘liqroq, aniqroq va ta’sirliroq qilish imkoniyati mavjud.
Kartada ko‘rsatilishi kerak bo‘lgan boshqa ob’yektlar kartaning passport ma’lumotlaridan tuzilgan atributlar jadvali bilan bog‘lanadi. Grafik faylda bu ob’yekt karta varag‘ining ramkasiga yoki hudud chegarasiga mos kelishi kerak.
Tayyorlangan jadval vektorlash yoki stereoskopik syomkalar bajariladigan barcha joylarda ishlatilishi mumkin. Bu esa butun loyiha uchun yagona kod va ob’yektlar nomi, grafik atributlar, koordinatalar sistemasini o‘rnatish hamda ishchi o‘lchov birliklarini qabul qilish imkonini beradi.
Atributlar jadvali – bu ob’yektlar tavsifidan iborat bo‘lgan foydalanuvchi ma’lumotlar bazasi jadvalidir. Atributlar jadvali kadastr kartografiyasi ob’yektlari klassifikatorida kartalashtirilayotgan ob’yektlar tavsifini yozish imkonini beradi. Har bir tanlab olingan tavsif uchun alohida atributlar jadvali tuziladi. Masalan, ―yer uchastkasi ob’yekti uchun yer uchastkasining barcha zarur bo‘lgan tavsiflari berilgan jadval tayyorlanadi. Har bir atributlar jadvali qaytarilmas nomga ega bo‘ladi va tanlab olingan tavsif aniq formatda kolonkalarda keltiriladi.
Varaq ramkasini tayyorlash va ramka chetlarini jihozlash bo‘yicha tayyorgarlik ishlari yakunlanadi. Kiruvchi ma’lumot bo‘lib, kartalashtirilayotgan joy chegaralarining burilish nuqtalarining koordinatalari sanaladi, masalan, aholi punktlari. Natija har bir varaq uchun ramka chetlarini jihozlashda grafik fayllarni tanlab olish orqali ko‘rsatiladi.
Shunday qilib, tayyorgarlik ishlarining asosiy natijalari bo‘lib: grafik fayl-prototiplar; ma’lumotlar bazasi jadvali; grafik fayl razgrafka; ramka chetini jihozlashning grafik fayllari; resurs fayllar; sozlash fayllari kiradi.
Grafik fayl-prototiplar amalda skanerlash va fototriangulyatsiyadan boshqa hamma jarayonlarda ishlatiladi. Ob’yektlar va atributlar jadvali stereosyomka, ortofotoplan va kartalarni vektorlashda, ularni ishjoylariga uzatishda foydalaniladi. Razgrafka fayllari esa stereosyomka, vektorlash va ortofotoplanlarni tuzishda ishlatiladi.
Barcha tayyorgarlik ishlarini yakunlab, stereosyomka, ortofotoplanli syomka va kartalarni vektorlash ishlarini boshlash mumkin. Syomka qilish yoki vektorlash jarayonida operator grafikli ob’yektlar bilan ob’yektlar jadvalini aloqasini o‘rnatishi va ob’yekt xususiyatlari haqidagi ma’lumotni kiritishi mumkin. Ma’lumotlarni to‘plash yakunlangach, o‘rnatilgan aloqa va yozilgan atributlar avtomatik tarzda MB ning MGE loyihasi jadvalida ko‘rinadi. Vektorlash va konturlarning vektorli modelini stereosyomkalarini DGN grafik fayllari shaklida olish jarayonida MB bilan aloqadorlikda GIT dasturiy vositalari yordamida qayta ishlanib, natijada raqamli kartalar olinadi.


    1. Yüklə 352,95 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin