9- bob. Raqamli kada


Kadastr kartalarini tuzish bo‘yicha kameral ishlarni texnologik sxemasi va ma’lumotlar bazasini yaratish



Yüklə 352,95 Kb.
səhifə3/5
tarix03.02.2023
ölçüsü352,95 Kb.
#82683
1   2   3   4   5
Kadastr kartalarini tuzish bo‘yicha kameral ishlarni texnologik sxemasi va ma’lumotlar bazasini yaratish

Har bir atributning o‘ziga hos ko‘rsatkichlar mavjud va ularni to‘g‘ri kiritishda bir necha masalalarga e’tibor berilgani lozim:
1. Ta’rifning turi qanday? (matn, raqam, son, sana va h.q.)
2. Ko‘rsatkichlarning eng katta va eng kichik miqdori nimaga barobar?
3. Birorta ko‘rsatkich ko‘rsatilmagan holda jadvalning tegishli katagida nima yoziladi? (ko‘pincha ma’lumot yo‘qligini -999 yozuv bildiradi)
4. Bir xil nomiga ega bo‘lgan ob’yektlarni qanday qilib ajratish mumkin?
5. Qaysi atribut orqali boshqa ma’lumotlar bilan bog‘lanish mumkin? (ID sanasi shu maqsad uchun jadvalda belgilanadi va shu sababli hamma atributlar o‘z o‘rnini egallaydi va yo‘qolib ketmaydi)
Shunga o‘xshash savollarga ma’lumotlar bazasi barpo etishda birinchi navbatida javob olinish zarur. Maxsus vositadan, ya’ni ma’lumotlarni ifodalash modulidan foydalanib atributlarning tartibi belgilanadi. Ayrim geoinformatsion tizimlarda bu ish juda osonlik bilan bajariladi. Ma’lumot kiritish moduli jarayonni nazorat qilishda yordam beradi va belgilangan qoidalarga rioya qilmagan ma’lumotlarni kiritishga yo‘l bermaydi. Tizim har bir kiritiladigan atributning ta`rifining turini va belgilangan miqdorlarga mosligini tekshirib turadi, ish bajarilishi qonunga rioya qilmagan holda albatta maxsus belgilar orqali ogohlantiradi. Hato vujudga kelishiga e`tiborni tortib tizim ushbu hatoni darqor yo‘qotishni ham talab qiladi.
Ma’lumotlarni kiritishning muhim bosqichi kiritilgan ma’lumotlarni tekshirish va taxrir qilish. Ayrim vaziyatda bu ishlar kiritishdan ko‘proq vaqtni talab qiladi. Hatolarni yo‘qotish yo‘llari birorta yozuvni yoki ma’lumotlarni umuman o‘chirishdan iborat. Demak, ma’lumotlar kiritish paytida hatolar vujudga kelishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim va chiziqlar va maydonlarni diqqat bilan kiritilishga e`tibor berilish kerak. Ma’lumotlarni kiritish paytida ekranda hosil bo‘lgan tasvirni diqqat bilan ko‘zatish maqsadga muvofiqdir. Ohirigacha chizilmagan chiziq yoki ochiq qolgan maydon hato borligini bildiradi.
Noto‘g‘ri parmetralarni o‘rnatish natijasida ham hatolar vujudga kelish mumkin va shunday hatolarni sistematik tabiati, ya`ni bir xil miqdor yoki tartibda taqrorlanishi tufayli aniqlash va to‘g‘rilash osondir. Shunday hatolarni tasvirning shakli buzilishi, misol uchun, masshtab noto‘g‘ri belgilash natijasida birorta yo‘nalishda shaklni cho‘zilib yoki kichrayib ketishi orqali aniqlash mumkin.
Tasodifiy hatolar esa texnikaviy vositaning yoki dasturning hatosi oqibatidir va shunday ayrim hosil bo‘lgan va tez-tez uchrab turadigan hatolar rasmlarda ko‘rsatilgan. Ko‘rinib turibdiki, haqiqiy koordinatalar o‘rniga 0 yoki juda katta miqdordagi ko‘rsatkich kompyuterning dasturi yoki vositasi hatosi tufayli kiritilsa shunday vaziyat hosil bo‘ladi . Ikki marta chiziq yoki nuqta taqqoslanib kiritilsa, chiziq ohiragacha etkazilmasa, nuqtalar birlashtirlmay qoldirilsa, paydo bo‘lgan hato operatorning hatosidir va ishni qayta bajarish lozimdir.
Xaritaning topologiyasi chiziqlarni birlashtirishini, ayrim shakllarni barpo etish va nuqtalarni maydonlar ichida joylashtirishini bildiradi. Dasturlar shunday ishlarni bajarish uchun mo‘ljallangan va bir biriga yaqin bo‘lgan nuqtalarni avtomatik yo‘l bilan birlashtirish haraqat qiladi. Agar nuqtalar noto‘g‘ri kiritilgan bo‘lsa, ortiqcha kichik shakldagi ―hatolik poligonlar barpo etiladi (9.3.1- rasm)Agar poligonlar soni ortib ketsa demak hato bor.

9.3.1- rasm. Haqiqiy va hato bilan o‘tkazilgan chiziqlar orasidagi tizimning dasturi yaratgan kichik ―hato poligonlari

Printer yoki plotterdan chiqarish yo‘l bilan hatolarni aniqlash ancha oson.


Boshqa tahrir qilish yo‘li tuzilayotgan shakllarga rang berish va rang orqali nuqtalarning joylashishini tekshirish va to‘g‘rilashdir.
Tahririyat ishlar faqat koordinatalarni tekshirishdan iborat emas. Atributlarni ham tekshirish ko‘p vaqt talab qiladi chunki jadvallarni qatorma qator ko‘zatib atributlarning nomlarini va ko‘rsatkichlarini solishtirish kerak. Geoinformatsion tizimlarda yozuvlarni maydon ichiga yoki chiziq enida joylashtirish funktsiyasi bor va u atributlardagi hatolarni aniqlashga yordam beradi.Yuqorida ko‘rsatil-gandek, atributlar va koordinatalar ma’lumotlari bir biriga bog‘liq va to‘g‘rilash bulardan bittasiga kiritilsa avtomatik ravishda ikkinchisiga ham kiritiladi.
Koordinata va atributlar to‘g‘ri kiritliganligini ularning mantiqaviy aloqadorligi orqali tekshirish lozimdir. Buni chiziqlar bo‘g‘in nuqtalarda birlashtirilganligi, chiziqlar tartibi to‘g‘riligi, tashqi va ichki maydonli shakllar bir biriga munosibligi kabi xaritaning geometriya elementlari yordamida tekshirish mumkin.
Ma’lumotlar aniqligi deb ularning fazoviy joylashishining aniqligini tushunish kerak, ya`ni xaritadagi ob’yektning joylashishi haqiqiy joylashishiga nisbatan tekshiriladi. Raqamli tarzga aylantirilgan xaritada albatta ―eng aniq xaritaga nisbatan hatolar mavjud. Tuzilayotgan xaritaga nisbatan aniqligi yuqori bo‘lgan xarita yoki dalada yuqori aniqlikdagi olingan ma’lumotlar bilan solishtirish yo‘li bilan fazoviy joylashish hatosini aniqlash mumkin.
Fazoviy aniqligidan tashqari ma`noviy aniqligini tekshirish va to‘g‘rilash ham talab qilinadi va raqamli xaritada ob’yektlarning nomlari, ularning ko‘rsatkichlari, toifalarga bo‘linish asoslari to‘g‘ri ko‘rsatilgani maqsadga muvofiq. Shunday tekshirishlar va to‘g‘rilashlarni avtomatik ravishda bajarish imkoni bor, chunki ma’lumotlar kompyuterning ma’lumotlar bazasiga kiritilgan va geografiya axborotni idora qiluvchi tizim shunday ishlarni bajarib bera oladi.
Albatta xaritaning muhim bo‘lgan matematik elementlari to‘g‘ri belgilangan xolda kompyuterga kiritilish kerak. Raqamli xaritaning aniqligi va sifati uni yaratish uchun manba` sifatida ishlatilgan xaritaning masshtabi va proektsiyaga, mazmunini tuzilish asoslariga bog‘liq holda bo‘lgani tufayli undan yaxshiroq bo‘la olmaydi. Xaritadagi elementlarini raqamli tarzga aylantirishda nuqtalar orasidagi masofa joydagi 10 metrdagi masofadan kam bo‘lmasa, shunday xaritadagi ma’lumotlardan foydalanib aniqligi yuqoriroq bo‘lgan xaritalar bilan solishtirish mantiqqa to‘g‘ri kelmaydi. Demak raqamli xaritalarda kog‘ozda chop etilgan xaritalardagi hatolarga o‘xshab hatolar mavjud, va ularning taqsimlanish tabiati va qonunlari bor. Raqamli xaritaning shu sababli imkoniyat va sifatlarini to‘g‘ri tasavvur qilgani maqsadga muvofiq.
Xaritani raqamli tarzga aylantirish jarayoni mobaynida taxririyatning imkoniyatlari chegaralgan. Hatolarni kamaytirish maksadida quyidagi ishlarni bajarish lozim:

  • Hamma bor chiziqlarni tutashtirilganini tekshirish

  • Hamma bor poligonlar yopilganini tekshirish

Tez-tez uchrab turadigan hatolarning misolllari: geografik ma`noga ega bo‘lmagan kichik poligonlar, «osilib turgan» nuqtalar, ohirigacha olib borilmagan chiziqlar. Shunday hatolarni aniqlab, ularni darqor tuzatish kerak.
Hatolarning tabiati bir necha guruxga bo‘linadi:

  • Operatorning hatolari;

  • Digitayzerda ishlash paytida noto‘g‘ri tanlangan parametrlari;

  • Dasturlashning xususiy hatolari.

Hatolarni qanday qilib topish mumkin?
Tajriba shuni ko‘rsatadi, raqamli tarzga aylantirishda oddiy shartlarga ko‘ra ish olib borilsa, hatolarni oldini olish mumkin, ya`ni:

  • poligonga rang berish;

  • printerdan chikarib manba` bilan solishtirsh

  • hamma bor ezuvlarni poligonlarga va chiziqlarga mos kelishini tekshirish.

Aniqlik va to‘g‘rilikni aniqlash yo‘llari quyidagilar:

  • Ob’yektlarning joylashishi yoki boshqacha aytgandek ularning koordinatalari yuqori aniqlikka ega bo‘lgan xarita bilan yoki GPS kuzatishlar natijalari bilan takkoslash yuli bilan tekshiriladi;

  • Atributlarinng to‘g‘riligini, ya`ni tegishli ob’yektlarga mosligini tekshirish yuli bilan aniqlanadi. Ma’lumotlar bazasida tekshirishni avtomatik ravishda xam bajarish mumkin.

  • Manbaning masshtabi ma’lumotlarning aniqligiga ta’sir qiladi.

Kartografik tasvir umumlashtirilgan tabiatga ega bo‘lgani sababli ob’yektlarning joylashishi va klassifikatsiyasi aniqlikka katta ta’sir ko‘rsatadi. Agarki mayda masshtabli manba`dan foydalanilgan bo‘lsa, xosil bo‘lgan raqamli ma’lumotlarni yirik masshtabli xarita bilan solishtirish noto‘g‘ri.
Geoinformatsion tizim ma’lumotlar bazasidagi hatolarning katta-kichikligini va ularning taqsimlanishini bilish kerak. Ko‘p hatolarning vujudga kelishining sababi raqamli tarzga aylantirish usullar va jarayonlardan noto‘g‘ri foydalanilgandan kelib chiqadi. Ayrim hatolar ma’lumotlarning qayta ishlash, saqlash, idora qilish va taxlil qilish paytida oshib boradi.
Fazoviy ma’lumotlarning aniqligini bildiradigan atamalar mavjud va ular quyidagilarni bildiradi:

  1. Fazoviy ma’lumotlar bazalarning aniqligi to‘g‘risida gap ketganda ma’lumotlarning o‘ziga xos aniqligi va ma’lumotlar bazaning aniqligini bir biridan ajratish lozim.

2. Ma’lumotlar aniqligi deb hisoblangan ko‘rsatkichlarining haqiqiy ko‘rsatgichlarga yaqinligi. Fazoviy ma’lumotlar ko‘pincha umumlashtirilgan va shu sababli ularning haqiqiy ko‘rsatkichlarini aniqlash oson emas. Amaliyotda ko‘zatilgan yoki o‘lchangan ko‘rsatkichlar haqiqiy deb faraz qilinadi. Misol uchun, raqamli ma’lumotlarga ko‘ra poligonning chegarasi uzunligini hisoblash vazifasida aniqlikni tekshirish maqsadida ushbu ko‘rsatkich man’ba` xaritadagi hisoblangan chegarasi bilan solishitiriladi. Shunday chegaralarni dalada tekshirish imkoni yo‘q, chunki ular haqiqatda yuk. Shundan kelib chiqadi, ma’lumotlar bazaning aniqligi va undagi ma’lumotlar asosida hisoblangan natijalar aniqligi bir xil emas. Misol uchun, joyning raqamli modeli asosida hisobalngan yonbagri qiyaligini aniqligi ushbu modelning balandliklarning aniqligiga teng emas va ko‘zatishlar aniqligiga boglik (aytaylik, km, m, sm, mm, 0,1 mm, 0,01 mm va x.k.). Shuni ko‘rsatib o‘tish kerakki, yuqori aniqlikdagi kuzatishlar ishonchligi katta bo‘lmasligi ham mumkin.
3.Geoinformatsion tizimning hisoblash aniqligi katta va u ma’lumotlar aniqligidan yuqori turadi. Hamma bor fazoviy ma’lumotlarining aniqligi geoinformatsion tizimning imkoniyatlariga ko‘ra pastrok turadi. Shu sababli quyidagi savollar paydo bo‘ladi:

  • Aniqlikni qanday qilib o‘lchash mumkin?

  • Hatolarning taqsimlanishini qanday qilib ko‘zatish mumkin?

  • Talab qilinadigan aniqlikni etarli va kerakli darajada qanday qilib ta`minlash mumkin?

  • Ma’lumotlarining sifatini nima bildiradi?

Raqamli ma’lumotlarni aniqligini izoxlaydigan standartlar mavjud va ushbu standartlar ma’lumotlar sifatini bir necha tomondan izoxlaydilar:

  • Joylashish aniqligi;

  • Atributlar aniqligini;

  • Mantikaviy mosligini;

  • To‘likligini;

  • Yaratish jarayonlarini;


  1. Yüklə 352,95 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin