9 – laboratoriya ishi Uсh fаzаli uсhburсhаk ulаngаn zаnjirni tаdqiq qilish (аktiv yuklаmа). Ishning maqsadi



Yüklə 58,54 Kb.
səhifə2/2
tarix07.01.2024
ölçüsü58,54 Kb.
#205044
1   2
ЭЗН - ЛИ - 9

Dastlabki hisoblashlar
Istemolchi vazifasini bajaruvchi o‘zaro parallel ulangan quvvati 25 Vt va kuchlanishi 220 V bo‘lgan cho‘g’lanma lampalar va induktivligi 1,2 Gn bo‘lgan induktiv g’altak liniya kuchlanishi 220 V, chastotasi esa f=50 Gs bo‘lgan uch fazali manbaga uchburchak usulida ulangan. Simmetrik va nosimmetrik (bir faza uzilgan) rejimdagi faza va liniya toklarini hisoblang.
Tajriba qurilmasi
Tajriba qurilmasi uchburchak sxemasida ulangan uch fazali zanjirdan iborat. Yuklama 25 Vt li 9 ta cho‘g’lanma lampa, L1 induktiv g’altak va sig’imi C=16 mkФ bo‘lgan kondensatordan iborat. O‘lchashlarni bajarish uchun 3 ta 300 mA li va 3 ta 1 A li o‘zgaruvchan tok ampermetrlari, 1 ta 250 V li voltmetr va 2 ta vattmetrdan iborat.
Ishni bajarish tartibi
1. Laboratoriya qurilmasi bilan tanishing. O‘lchash asboblarining pasport ko‘rsatgichlarini yozib olib, ular shkalasining bo‘linma qiymatlarini (asboblar doimiyliklarini) aniqlang.
2. 12.2–rasmdagi zanjir sxemasini yig’ing va o‘qituvchi tekshirib bergandan keyin uni manbaga ulang.
3. Quyida ko‘rsatilgan rejimlarda o‘lchash asboblari ko‘rsatishlarini 12.1 - jadvalga yozib oling:
3.1. Simmetrik aktiv yuklamada (bunda cho‘g’lanma lampalar ulanadi);
3.2. Simmetrik aktiv yuklamada, bir faza uzilgan holda;
3.3. Nosimmetrik aktiv yuklamada;
3.4. Fazalardan biriga cho‘g’lanma lampa o‘rniga induktiv g’altak ulang;
3.5. Boshqa fazadagi cho‘g’lanma lampa o‘rniga sig’imi C=16 mkФ li kondensatorlar batareyasini ulang. Bunda induktiv g’altak o‘z joyida qoladi.
36. O‘lchash natijalarini 12.1 - jadvalga yozing.

12.2 - rasm. Uchburchak ulangan uch fazali zanjir sxemasi
12.1 – jadval



IA

IB

IC

Iав

Iвс

Iса

P1

P2

UAB

UBC

UCA

A

A

A

A

A

A

Vt

Vt

V

V

V













































































































12.1 – jadval(davomi)



Zав

Zвс

Zса

P

Sав

Sвс

Sса

S







Om

Om

Om

Vt

VA

VA





-

-

-















































































































Hisobot mazmuni
1. Tajribani bajarish tartibi va dastlabki hisoblash natijasi.
2. Tajribalar va hisoblangan kattaliklar jadvali.
3. Har bir tajriba ishi bo‘yicha o‘lchash va hisoblash natijalariga oid vektor diagrammalar.
4. Ish bo‘yicha qisqacha yozma xulosalar.


Mustaqil tayyorlanish uchun savollar
1. Ishning asosiy maqsadi nimadan iborat?
2. Qanday zanjirlar uch fazali zanjirlar deb ataladi?
3. Uchburchak ulangan uch fazali zanjirlar qayerlarda qo‘llaniladi?
4. Sxemadagi faza va liniya toklarini ko‘rsating.
5. Uchburchak ulangan uch fazali zanjirda liniya va faza kuchlanishlari qanday aniqlanadi?
6. Yuklamalar uchburchak ulangan simmetrik rejimda zanjir uchun faza va liniya toklari nisbatlari qanday bo‘ladi?
7. Nosimmetrik rejimda liniya toklari faza toklari orqali qanday aniqlanadi?
8. Liniya simi uzilgan holat uchun kuchlanish va toklarning vektor diagrammasini quring.
Yüklə 58,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin